59
alohida bir sektorida ushlanib qoladi. Bunday hollarda bozor mexanizmi samarasiz
ishlay boshlaydi va iqtisodiy tanglik davrida iqtisodiyotni barqarorlashtirishda bozor
mexanizmi sust qatnashadi. Shuning uchun, iqtisodiyotni tartiblovchi qo‗shimcha
mexanizmlarni ishlab chiqish ehtiyoji tug‗iladi. Ana shunday mexanizmlardan biri –
bu davlatning iqtisodiyotni tartiblovchi unsurlari – dastak va vositalaridir.
Ana shu
dastak va vositalar ichida davlat byudjeti asosiy o‗rinni egallaydi. Davlat byudjeti
davlatning qo‗lidagi iqtisodiyot va ijtimoiy jarayonlarni boshqarish va tartibga solish
quroli bo‗lish bilan birga, iqtisodiy kategoriya sifatida muayyan iqtisodiy
munosabatlar yig‗indisini tashkil etadi, bu munosabatlarni boshqarish davlat
byudjetini va, umuman, mamlakat byudjet tizimini boshqarishda namoyon bo‗ladi.
Byudjet tizimini boshqarish quyidagilarni nazarda tutadi:
byudjet tizimining asosiy tamoyillariga
amal qilgan holda byudjet
munosabatlarini boshqarish;
barcha darajadagi byudjetlarni shakllantirish, ko‗rib chiqish, qabul qilish, ijro
etish jarayonlarini boshqarish;
byudjet jarayonida ishtirok etuvchi subyektlar, organlar va byudjet
mablag‗larini oluvchilar faoliyatini boshqarish.
Byudjet tizimini boshqarish ham boshqarish kategoriyasining barcha
funksiyalarini
bajaradi, ular orqali
byudjet tizimini boshqarish oldidagi
maqsad va vazifalar amalga oshiriladi.
Bu funksiyalar: rejalashtirish, tashkil
etish, muvofiqlashtirish,
nazorat va
rag‗batlantirish.
Byudjet
tizimini
boshqarish
tushunchasi subyektiv tushuncha bo‗lib,
u alohida vakolatli organlar tomonidan
amalga oshiriladi, ularning vakolatlari
O‗zbekiston Respublikasi Byudjet
Kodeksi, tegishli boshqaruv organlari
Nizomlari va boshqa me‘yoriy-huquqiy hujjatlar bilan belgilab berilgan.
Byudjet
tizimini boshqarish
obyektlari
bo‗lib byudjet munosabatlari,
byudjetning daromadlar bo‗yicha shakllanishi va xarajatlar bo‗yicha bajarilishi,
byudjetlararo munosabatlar va shu kabi ijtimoiy-iqtisodiy pul munosabatlari,
shuningdek, byudjet tashkilotlarining byudjetdan ajratilgan mablag‗laridan
foydalanish asosidagi xo‗jalik-moliyaviy faoliyati hisoblanadi. Byudjet tizimini
boshqarish subyektlari
esa bevosita
shu munosabatlarni boshqarish, tashkil etish,
muvofiqlashtirish va nazorat qilishda ishtirok etuvchi muayyan vakolatlarga ega
bo‗lgan davlatning qonunchilik-ijroiya institutlari –
boshqaruv organlaridir.
Byudjet
tizimini boshqarish subyektlarini, byudjet tizimini boshqarishdagi vakolatlariga ko‗ra,
quyidagicha guruhlash mumkin: