75
uchun taqdim etiladigan axborot hamda hisob-kitoblar tumanlar va shaharlar
hokimlari yoki ularning birinchi o‗rinbosarlari tomonidan imzolanadi.
Qoraqalpog‗iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va tegishli hokimliklarning,
davlat maqsadli jamg‗armasini taqsimlovchi organ rahbarining so‗rovini ko‗rib
chiqish natijalari bo‗yicha besh ish kuni ichida quyidagilardan:
O‗zbekiston Respublikasining respublika budjetidan budjet ssudasini berish
to‗g‗risidagi qaror — O‗zbekiston Respublikasi moliya vaziri tomonidan;
Qoraqalpog‗iston Respublikasining respublika budjetidan, viloyatlarning
viloyat budjetlaridan, Toshkent shahrining shahar budjetidan budjet ssudasini berish
to‗g‗risidagi qaror — tegishincha Qoraqalpog‗iston Respublikasi moliya vaziri,
viloyatlar va Toshkent shahar moliya boshqarmalari boshliqlari tomonidan qabul
qilinadi.
Budjet ssudasini ajratish budjet ssudasini berayotgan moliya organi va budjet
ssudasini oluvchi moliya organi (davlat maqsadli jamg‗armalarini taqsimlovchi
organ) o‗rtasida tuziladigan budjet ssudasini ajratish to‗g‗risidagi shartnoma bilan
rasmiylashtiriladi.
Budjet ssudasini qaytarish muddatlarini uzaytirish budjet ssudasini oluvchida
uni belgilangan muddatlarda o‗z vaqtida to‗lash imkoniyatini istisno etadigan
moliyaviy qiyinchiliklar yuzaga kelgan hollarda amalga oshiriladi.
Budjet ssudasini qaytarish muddatlarini uzaytirish budjet ssudasini berish
uchun ushbu moddada belgilangan tartibda va shartlarda amalga oshiriladi.
Budjet ssudalarini qaytarish muddatlari kelgusi moliya yiliga uzaytirilganda,
budjet ssudalarining qaytarilmagan qismidan yillik ikki foiz miqdorida to‗lov
belgilanadi va budjet ssudalari qaysi tegishli budjetlardan berilgan bo‗lsa, o‗sha
budjetlarga yo‗naltiriladi.
Budjet ssudasini oluvchi tegishli moliya organiga budjet ssudasini to‗lash
muddatini uzaytirish to‗g‗risidagi so‗rov bilan uni to‗lash muddati tugashidan kamida
besh ish kuni oldin murojaat qiladi.
Budjet ssudasini to‗lash budjet ssudasini ajratish to‗g‗risidagi shartnomada
belgilangan muddatlarda:
mablag‗larni o‗tkazish;
quyi turuvchi budjetlarga va davlat maqsadli jamg‗armalariga o‗tkazilishi
lozim bo‗lgan budjetlararo transfertlar evaziga o‗zaro hisobga olish;
ish haqini to‗lash, ijtimoiy ehtiyojlarga ajratmalar, stipendiyalar, pensiyalar,
kam ta‘minlangan oilalarga moddiy yordam, kompensatsiya to‗lovlari va nafaqalar
to‗lash xarajatlari qoplanganidan keyin quyi turuvchi budjetlarning hamda davlat
maqsadli jamg‗armalari budjetlarining shaxsiy g‗azna hisobvaraqlaridan mablag‗larni
so‗zsiz undirib olish yo‗li bilan amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: