Hayrat ul-Abror (I- qism) Alisher Navoiy


Hayrat ul-Abror (I- qism)



Download 2,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/284
Sana07.11.2022
Hajmi2,19 Mb.
#861979
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   284
Bog'liq
P1Sc2c25ncmcoy0YEGie3G62VmWZWcMg (1)

Hayrat ul-Abror (I- qism) 
Alisher Navoiy 
139 
http://ziyonet.uz/ 
Behki, birov minnati birla kuloch.
Kunduz oʻkush ranj ila muzdurluq,
Kulbagʻa bermak kecha ma’murluq
Behki tama’ toqini tortib baland,
Aylasa muzdurligʻin yuz najand.
Ey xush, ul oyini fano koʻzlagan,
Mulki qanoatda saro koʻzlagan.
Koʻngli agar bogʻ tamanno qilib,
Gulshani axzarni tamosho qilib.
Gunbad anga gunbadi nilufariy,
Ravzasi saxni falaki axzariy.
Toqi muallo anga gardon sipehr,
Shamsasi ul toq uza raxshanda mehr.
Kun boʻlubon vardi guliston anga,
Oy boʻlubon sham’i shabiston anga.
Anjumi shabgardgʻa boimay qaror.
Sham’ aning atrofida parvonavor.
Charxu shafaq bazmida fonusi ol,
Oʻylaki minqosh anga jirmi hilol.
Boʻyla xayolot ila qoni’ boʻlub,
Istaridin nafsigʻa moni’ boʻlub.
Qilsa tasavvur bila xursandliq,
Yodi bila etsa barumandliq.
Gar xud oʻlub himmatining raxshi tez,
Qilsa biyik poʻya qilurgʻa sitez.
Boʻlsa biyik charx ila axtar anga,
Toʻda kul ichra necha axgar anga.
Koʻrsa jahonni bir ovuch xokcha,
Toʻbi ila sidrani xoshokcha.


Hayrat ul-Abror (I- qism) 
Alisher Navoiy 
140 
http://ziyonet.uz/ 
Bermasa koʻk qasrigʻa vayronini,
Toqi falakka yiquq ayvonini.
Pora yurak qoni boʻlub qut anga,
Balki farax kasbigʻa yoqut anga.
Xoru qamishning tubidin luqmahoʻr,
Lek berib ta’m anga gulshakar.
Boʻlsa toboni dagʻi har sori chok,
Yer yuziga ibrat uchun xandanok.
Xirqasining choklarin bilsa ul,
Gulshani tavfiq nasimigʻa yoʻl.
Pastini a’lo bila teng qilmasa,
Sholini debo bila teng qilmasa,
Kulbasi oy sham’idin oʻlsa yoruq,
Eshigi yel ilgidin oʻlsa ochuq.
Oq yamogʻu egnida koʻk xirqasi
Xushroq anga subhu falakdin base.
Har sori vayronida boʻlsa shikof,
Satr uchun oʻrgamchi anga pardabof.
Rohat uchun boshki qoʻyub tosh uza,
Fari humoy istamay ul bosh uza.
Qish kuni yetkursa sovuq tob anga,
Daf igʻa gulxan kux sinjob anga.
Yoz topa olmay chu isigʻdin panoh,
Soya uchun koʻpruk anga xobgoh.
Faqr berib mahzani Qorun anga,
Foqa boʻlub mulki Faridun anga.
Aylabon oyini qanoat ani,
Dahrda mustagʻni ulusdin gʻani.
Chun bu jahon ichra tama’korliq,



Download 2,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish