Hayrat ul-Abror (I- qism) Alisher Navoiy


Hayrat ul-Abror (I- qism)



Download 2,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/284
Sana07.11.2022
Hajmi2,19 Mb.
#861979
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   284
Bog'liq
P1Sc2c25ncmcoy0YEGie3G62VmWZWcMg (1)

Hayrat ul-Abror (I- qism) 
Alisher Navoiy 
21 
http://ziyonet.uz/ 
VI - Toʻrtunchi Munojot 
Karam daryosi vasfidakim, inoyat nasimidin mavjgʻa kirsa, isyon xasu xoshokin 
qirogʻlargʻa iturur va koʻhi gunohdin langar solgʻonlarning garonjonliq kemasin bir pari 
kohdek maqsud sohiligʻa etkurur 
Ey karaming ollida koʻhi gunoh,
Elga uchub oʻylaki bir parri koh.
Nechaki jam’ oʻlsa somon koʻh-koʻh,
El qoshida anga ne boʻlgʻay shukuh.
Jumla jahon ahli xato qilsalar,
Jurm bilan noma qaro qilsalar,
Nomani oq aylamak oson sanga,
Kim yoʻq oʻshul amrda nuqson sanga.
Tunki tuzub shu’bada xangomasin,
Qildi qaro ahli jahon nomasin.
Lutf quyoshigʻa chu berding zuhur,
Mehr ila qilding bori zulmatni nur.
Chun saname ayladi el kinidan,
Gulni nihon sunbuli mushkinidin.
Elni qilib chobuki burqa’raboy,
Kecha savodida ayon qilding oy.
Afv charogʻi qachon oʻlgʻay yoruq,
Qilmasa isyon tuni osiy yozuq?
Jurm oʻtigʻa boʻlmasa gar shu’la tez,
Abri karam qayda boʻlur qatrarez?
Qilmasa oluda etak xirqapoʻsh,
Hojat emas bahri inoyatqa joʻsh.
Yiqmasa may aylabon elni asir,
Lutf iligi kimga boʻlur dastgir?


Hayrat ul-Abror (I- qism) 
Alisher Navoiy 
22 
http://ziyonet.uz/ 
Zuhd ila qavmeki vara’ qildilar,
Qilgʻon uchun muzd tama’ qildilar.
Har amalekim kishi xayr aylagay,
Komi bukim ravzada sayr aylagay.
Aylamagan may bila oluda lab,
Tongla qilur bodai kavsar talab,
Munda jamil istamagan hech kas,
Anda qilur hur jamolin havas.
Goʻshai vayronani qilgʻon panoh,
Qasri murassa’ tilar oromgoh.
Har kishi bir qat’i tamattu’ qilur,
Muzdini yuz oncha tavaqqu’ qilur.
Ahli vara’ gar bori muzd olsalar,
Nomasiyah xayl boqib qolsalar,
Aylamaging afvi xato bas qani?
Bahri karam birla ato bas qani?
Lutfu karam bahri labolab turub,
Bir necha labtashnaning ogʻzi qurub.
Barchalarin tashnalab oʻlturmaging,
"Yo bu tengiz tegrasidin surmaging,
Mumkin erurmu yekin oyo bu ish?
Aylagasen sen har ish, illo bu ish!
Har kishi osiyu gunahkorroq,
Afv ila rahmaiqa sazovorroq.
Ahli vara’ ajri boʻlub gar bihisht,
Kuysa tomugʻ oʻtigʻa isyonsirisht.
Ul topibon ravzani yetsa farogʻ,
Doʻzax aro boʻlsa munga dardu dogʻ.
Lutfu karam ganjini netkung durur?



Download 2,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish