Hayrat ul-Abror (I- qism) Alisher Navoiy


Hayrat ul-Abror (I- qism)



Download 2,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/284
Sana07.11.2022
Hajmi2,19 Mb.
#861979
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   284
Bog'liq
P1Sc2c25ncmcoy0YEGie3G62VmWZWcMg (1)

Hayrat ul-Abror (I- qism) 
Alisher Navoiy 
195 
http://ziyonet.uz/ 
Jazmki, el yaxshisi noxush durur.
Boʻldi chu el qilgʻonigʻa aybjoʻy,
Mumkin emas boʻlmomogʻi aybgoʻy.
Ayb koʻzi chunki boʻlur tezbin,
Zaxr koʻrar garchi erur angubin.
Ulki xayoli bori fosid durur,
Borcha saloh ahligʻa xosid durur.
La’l hisobida tutar xorani,
Inju sonar borcha sadafporani.
Ham koʻrinur igna sinoncha anga,
Ham bilinur rishta yiloncha anga,
Koʻrsa birov xonida qursi fatir,
Der ani koʻk saxnida badri munir.
El kafida obiladin tob yer,
Oni xasaddin duri serob der.
Tun qorasin subhi safo sogʻinur,
Bum parin parri humo sogʻinur.
El mayini la’li ravoncha tutar,
Turfa bukim, xasratidin qon yutar.
Koʻrsa birov koʻz yoshini durri nob,
Rishta kibi gʻamdin urar pechu tob.
Topsa muzaxxab birov ayvonini,
Kuydurur ul oʻt bila vayronini.
Har kishi gul islasa, xor ul chekar,
Boda birov cheksa, xumor ul chekar.
Elga nishot oʻlsa, anga dard erur,
Dard aning jonigʻa darxurd erur.
Yaxshigʻadur ahli xasad zahmati,
Naqdning oʻgʻridin erur ofati.


Hayrat ul-Abror (I- qism) 
Alisher Navoiy 
196 
http://ziyonet.uz/ 
Gulgaki yuz husnu latofat durur,
Atri jual jonigʻa ofat durur.
Xizrdin iblis erur a’mo kibi,
Rost zumurrad bila af o kibi.
Mehrki ravshanliq etar fosh ani,
Kimga gunax koʻrmasa xuffosh ani.
Suvki, berur elga oʻlumdin amon,
Tira qilur oʻtgʻa yetishgan zamon.
Gʻulki, ma’vosi biyobon erur,
Gulshan aning koʻziga zindon erur.
Lek quyosh javhari chun keldi pok,
Boʻlsa bulut nurigʻa moni’ ne bok.
Tushsa xazaf ostigʻa raxshon guhar,
Qayda guhar qadrigʻa andin zarar.
Kavnni yorutti rasuli arab,
Netgay oʻzin tira qilib Bu Laxab.
Eyki nabi qavli bila shod sen,
Elga zarar xavfidin ozod sen.
Haqki, falak toqi bino ayladi,
Javfida bu dayri fano ayladi.
Gulshani davrongʻa berib zebu far.
Har gulini ayladi tobanda xur.
Bu chaman oʻlmogʻida mavjud anga,
Bor edi inson guli maqsud anga.
Zumrai inson aro ham komili,
Keldi mashaqqat yukining xomili.
Ulki kamol ahlidin akmal durur,
Shohi rusul Ahmadi mursal durur.
Mehri nubuvvat bu kamoli bila,



Download 2,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish