93
chala ishlayotgan xolatlarda ham tizim o’z faoliyatini davom ettira olishi
tushuniladi. Bunday rad qilishga bardoshli tizimni sovuq urush davrida harbiylar
murakkab tizimlarning (
masalan DARPA - Defense Advanced Research Projects
Agency tarmog’i
) to’xtovsiz ishlashini ta’minlab berish uchun ishlab chiqqanlar.
Shunday qilib, taqsimlangan hisob-kitoblar va blokcheynlar sohalarida tizimning
ishdan chiqmasligini
Paxos
(
ma'lumotlarni ikki bosqichli kommunikatsiya orqali
uzatib, taqsimlangan tizimlarda konsensusga erishishga imkon beradigan
algoritm
) va
Tandermint
(
vizantiya generallari muammosini yengishga yordam
beradigan yana bir consensus algoritmi
)lari ta’minlab bera oladilar. Bu
algoritmlarni yoki protokollarni ishonchli bo’lmagan tugunlarga ega bo’lgan
tarmoqlarda konsensusga erishishga yordam beradigan algoritmlar deyish mumkin.
Shunday qilib, blokcheyn texnologiyasida asosiy urg’u bir rangli tarmoqlar va
haqiqiylikning kriptografik aniqlanuviga qaratiladi. Texnologiyaning nomi esa
informatsiyani bloklarga guruhlashdan kelib chiqqan desak to’g’ri bo’ladi. Bloklar
zanjirining har bir bloki esa oldingi blokning kriptografik xeshini (
xesh algoritm
yordamida hosil qilingan
) o’z tarkibiga oladi.
Istalgan inson mayner bo’lishi mumkin, ammo tranzaktsiyalar juda ham
ko’payib ketganda elektr energiya narxi past bo’lgan xududlardagina mayning
qilish maqsadga muvofiq bo’ladi. Bitkoin blokcheynida
har bir blok bir
megabaytdan kam bo’lgan o’lchamli mingta tranzaktsiyadan iborat. 2009 yil
yanvaridan ishga tushirigan bitkoin blokcheynida blok yechimini topganlik uchun
mukofot ellik bitkoin bo’lgan va bu qiymat har 210 ming blokda ikki marta
kamaytirilgan. Hozirgi paytda maynerlar bitta blok uchun 12,5 bitkoin oladilar,
2021 yildan boshlab esa bu kattalik 6,75 BTC ga tushadi. Hozirgi davrda GHASH,
IO, Ant-Pool, BW.COM, F2Pool… larga o’xshash bir
qancha megapullar bitkoin
topish
(
mayning
)ga
monopoliyaga
egadirlar.
Buni
tushunish
uchun
Blockchain.info
saytidagi “
peredanocherez
” ustuniga qarash kifoya. Agarda biror
bir inson, kompaniya yoki insonlar guruhi hisoblash quvvatlarining yarmidan
ko’prog’ini nazorat qilishga erishsalar, buni tarmoqqa bo’lgan 51% li
hujum deb
ataladi. Chunki bu holatda u yoki ularning amallarni monopol ravishda tasdiqlashi
94
yoki rad etishi mumkin bo’lib qoladi. Bundan tashqari, ular o’z bitkoinlarini bir
vaqtning o’zida ikki oluvchiga sotishlari ham mumkin bo’ladi.
Bu ikki amalning
qaysi biri tasdiqlanishi va qonuniy (
legitim
) bo’lishini mayning va blokcheyn
tarmoq konsensusi yordamida aniqlanadi. Hozirgi paytda mayningga ajratilgan eng
ko’p miqdordagi hisoblash quvvati
Do'stlaringiz bilan baham: