Internetning rivojlanish tarixi. Unga quyidagilarni keltirish mumkin:
1960 asosi ARPAnet (Advanced Research Projects Agency –Network, Ilg’or loyihalar agentligi tarmog’i) loyihasi amalga oshirilgan.
1972 yilda E-mail xizmati ishga tushirildi.
1989 yilga kelib ARPAnet ga ulangan kompyuterlar soni 100 000 taga
yetgan.
1989 yilda World Wide Web (WWW) standarti ish boshladi. Uning ixtirochisi va asoschisi sifatida Tim Berners Leye (Tim Berners Lee) tan olindi.
1990 yilda ARPAnet tarmog’i kengaydi va u Inter-Network ko’rinishida Internet deb atala boshlandi.
1993 yilda Mark Anderson tomonidan birinchi Mosaik brauzeri yaratildi.
1994 yil kelib Mosaik brauzeridan foydalanuvchilar soni 340% ga o’sdi.
tushunchasi. WWW (World Wide Web) – butun jahon o’rgamchak to’ri deb nomlanuvchi tarmoq. WWW – bu Internetga ulangan turli kompyuterlarda joylashgan o’zaro bog’langan hujjatlarga murojaat qilishni ta’minlab beruvchi tarqoq tizimdir. Aynan mana shu xizmat Internetdan foydalanishni soddalashtirdi va ommaviylashtirdi.
Internet provayder – Internet tarmog’i xizmatlarini taqdim etuvchi tashkilotdir.
Internet provayderlarining ikki turi mavjud: Internetga ulanish va ulanish kanallarini taqdim etuvchi provayder va Internet xizmatlarini taqdim etuvchi provayder
Internet xizmatlarini taqdim etuvchi provayderlar tomonidan www, elektron pochta, xosting (veb resurslarni joylashtirish) kabi Internet xizmatlari ko’rsatilmoqda.
Xozirgi kunda O’zbekiston Respublikasi bir qancha Internet provayderlari xizmat ko’rsatmoqda, bular:
UzNet,
Sarkor Telecom,
Sharq Telecom,
TPS,
ARS Inform,
Cron Telecom va boshqalar
• WWW Internet resurslarini tashkil etish
E-mail Elektron pochta xizmati
Web hosting Shaxsiy veb saytlarni Internetga joylashtirish
Internet conference Internet orqali video muloqot
Searching Internet qidiruv tizimlaridan foydalanish
FTP fayllarni almashish protokoli
IPTV Internet tarmog’i orqali raqamli televideniya
Internet Haritası.IP telefoniya Internet tarmog’i orqali telefon so’zlashuvlar Intranet (Intranet) – lokal yoki hududiy taqsimlangan tashkilotning
shaxsiy tarmog’i, u joriy qilingan xavfsizlik mexanizimi bilan xarakterlanadi.
Bu tarmoq Internet texnologiyalariga asoslanib quriladi. Intranet atamasi 1995 yilda yuzaga keldi va keng qo’llanila boshlandi. Intranet atamasi biror bir kompaniyaning Internet texnologiyalarini o’z lokal tarmog’ini ichida (intra-) qo’lashini anglatadi.
Intranet tarmoqlarni qo’llashni afzallik tomonlari: kompaniyaning barcha xodimlarini ularni kompyuterlari qayerda joylashishidan qa’tiy nazar ish jarayonida axborotlar bilan ishlashda mavjud dastur-apparat vositalariga kirish imkoniyatidan foydalanishidir. Tijorat korxonalarda Intranet axborotlarni yig’ish, qayta ishlash, boshqarish va taqdim qilish uchun zarur bo’ladi.
Sayt (Site). Internetda serverlarning joylashgan manzili.
Internetda elektron biznes bilan shug’ullanadigan korporasiyalar ko’p hollarda, aralash tarmoqlarni shakllantiradilar, qaysikim bu yerda korporasiyalarning ichki uzellarini qismto’plami Intranetni shakllantiradi, ularning Internet bilan ulangan tashqi uzellari Ekstranet (Extranet) deb nomlanadi.
Intranetda asosan Internetning Web ilovalari qo’llaniladi:
HTML formatidagi gipermatnlar;
http gipermatni uzatish protokoli;
CGI server ilovalarini interfeysini.
Bundan tashqari Intranetga tarkibiga axborotlarni statistik va dinamik taqdim (e’lon) qilishni Web-serverlari, gipermatnlarni ko’rish va interpretasiya qilishni Web-brauzerlari. Intranet-ilovalarini barcha yechimlarini asosi ma’lumotlar bazasi bilan o’zaro aloqasi tashkil qiladigan mijoz-server arxitekturasi hisoblanadi.
Intratarmoqlarga ega bo’lgan tarmoqlar ko’yidagi imkoniyatlarga ega bo’ladilar:
1)Intranet tarmog’ida har bir foydalanuvchi sozlangan ishchi stansiyasidan turib, Web-serverda joylashtirilgan hujjatlarga kirish imkoniyatiga ega bo’ladi. Bu qo’plab vositalarni tajashni ta’minlaydi;
2)Intranet tarmog’idagi hujjatlar avtomatik qayta yangilanadi. Bundan tashqari xodimlarning Web-serverda e’lon qilingan xujjatlarga necha marotaba murojaat qilganliklarinini ham hisobga olib borish imkoniyatini beradi;
Aksariyat kompaniyalar Web-brauzer bilan bevosita murojaat qilish mumkin bo’lgan ilova (dastur)larni tanlaydilar;
Web-serverda e’lon qilingan konfidensial hujjatlarga Internet orqali kirish parol orqali amalga oshiriladi.
2.Internetga bog’lanish usullari
Do'stlaringiz bilan baham: |