507
uning rivojlanishini o’rganib chiqish diqqatga sazovordir. Ushbu g’oya asosida
pul muomalasining markazlashmagan usuli taklif qilingan va u amaliyotga tadbiq
etilgan. Bunday pul aylanish modelida komissiyalar minimal bo’ladi yoki umuman
bo’lmaydi. Unda ikki kelishuvchi tomon xohishisiz hech qanday uchinchi tomon
ularga halaqit ham bera olmaydi, o’z pullik hizmatlarini taklif ham eta olmaydi,
kelishuvni to’xtata ham olmaydi hamda birovlarning mulkini musodara qila ham
olmaydi. Bu tizimda pul emissiyasi miqdori oldindan dasturlab qo’yilgan va bu
siyosiy manipulyatsiyalarni hamda pul chiqarilishi bilan bog’liq bo’lgan
qalbakichiliklarning oldini oladi. Tizim birorta nozik tomoni bo’lmagan trasmilliy
tizim bo’lib, hech kim uni foydalanuvchilarning roziligisiz boshqara olmaydi.
Tizim qandaydir darajadagi ishonchni ham talab qilmaydi – uning to’g’ri ishlashi
aniq matematik formulalar va kriptografiya usullari bilan to’liq kafolatlanadi. Bu
esa inson tomonidan boshqarilishi mumkin bo’lgan xuquqiy
kelishuvlarni chetga
surib qo’yib, insoniy faktorni yo’qqa chiqaradi. Bitkoin kriptovalyutasi
blokcheynga asoslangan tizimlar ishlatilishining birinchi amaliy isboti bo’ldi.
Ammo, blokcheyn texnologiyasi kriptovalyutalarga nisbatan ancha keng
miqyoslidir, chunki uning yordamida istalgan turdagi taqsimlangan hisob
tizimlarini yaratish mumkin. Masalan, yer maydonlari reestrlari, notarial servislar,
shahsni tasdiqlash tizimlari, aktsiyalarni hisobga olish tizimlari,
depozitariylar va
boshalar. Ishonchi taqsimlangan ma’lumotlar bazalaridan tashqari, blokcheyn
texnologiyasi avtomatik tarzda bajariladigan smart-kontraktlarni yaratish imkonini
ham beradi, kontraktlarga esa multiimzolar qo’yishga yordam beradi. Albatta,
yangi imkoniyatlar yangi turdagi tavakkalchiliklarga ham sabab bo’ladi.
Anonimlilik, istalgan miqdordagi pul mablag’larini dunyoning istalgan joyiga
o’tkazish imkoniyati, hisob raqamlarini blokirovka qilish mumkin emasligi va
kriptovalyutalarning boshqa xususiyatlari davlat organlari
oldiga jinoyatchilik
bilan kurashish, terrorizmga qarshi turish va noqonuniy pul oborotiga qarshi
kurashish bo’yicha yangidan-yangi masala va muammolarni hal qilish masalasini
qo’yadi. Shuning uchun ham davlat organlari oldida bu muammolarni qanday hal
qilish yo’llarini topish, yangi kriptovalyuta va blokcheyn texnologiyalarini qanday
508
ishlatish, uning ijobiy va salbiy tomonlarini bilgan xolda tavakkalchilik miqdorini
minimallashtirish va qanday qilib bu yangi texnologiyalarni joriy moliyaviy
tizimga optimal ravishda joylashtirish masalalari ko’ndalang bo’lib turibdi. Bu
texnologiyalarni butunlay rad qilish yoki ularga to’liq ruxsat berish javobgarlikdan
qochish kabi tushunilishi mumkin. Biror bir mamlakatda bu texnologiyalarni to’liq
boshqarish mexanizmi hali-xamon kuzatilmagan va shuning uchun ham
kimlardandir nusha olish imkoniyati ham yo’q darajada. Barcha ijobiy va salbiy
fikrlarga qaramasdan, kriptovalyutalar va blokcheynlar texnologiyasi mavjud va u
baholi-qudrat ishlab turibdi. Boshqacha so’zlar
bilan aytganda, kriptovalyuta jini
Aloviddining sehrli chiroqchasidan allaqachon chiqib ketgan va uzoq vaqt
davomida bu jin hali ham ko’za ichida deb o’zimizni ovuntirishimiz maqsadga
ham, aqlga ham muvofiq emas. Biznes esa kriptovalyutalarni ish jarayoniga tadbiq
qilish uchun tayyor bo’lib bo’lgan, dunyo miqyosidagi katta-katta halqaro banklar
esa kriptovalyutalarni va blokcheyn texnologiyalarni qanday qilib ishlatishni faol
o’rganmoqdalar. Moliyaviy texnologiya (
Fintex
) industriyasi blokcheynni
zamonaviy iqtisodiyotning eng perspektiv trendlaridan
biri deb hisoblashgacha
bordi. Faqat bu texnologiyalarning huquqiy jihatdan aniqlamaganligi ularga keng
miqyosda rivojlanishga imkon bermayapti. O’z navbatida, blokcheyn hamjamiyati
barcha istovchilarga bu yangi tizimlarni o’rganishga yordam berishga tayyordir
(
adabiyotlar ruyhatidagi saytlar ruyhatiga qarang
). Biz ham sizni bu
jarayonlarning passiv kuzatuvchisi emas, balki aktiv ishtirokchisi bo’lishga
chaqirib, dunyoni yaxshi tomonga o’zgartirish tarafdorimiz.
Blokcheyndan foydalanishning yana
bir imkoniyati sifatida
Do'stlaringiz bilan baham: