441
Jug’rofiy segmantatsiya
–maqsadli auditoriyani geografik printsip bo’yicha,
istiqonat qilish joylari bo‘yicha guruxlantiriladi. Geolokatsiyaga asoslangan
zamonaviy mobil ilovalar xuddi shi jug’rofiy segmentataiyadan foydalanadilar.
Masalan, mehmonxonalarni bron qiladigan yangi servislar iste’molchilarning
qaerda turganlarini hisobga olgan holda ularga hizmatlar ko’rsatadilar. Masalan,
potentsial
iste‘molchilarga
mehmonxanalar,
restoranlar,
parkovkalar
joylashganligini ko’rsatadigan xaritalar taklif qiladilar. Ushbu jug’rofiy
segmentatsiya internet-segmentatsiyaning eng tez
rivojlanayotgan va ommabop
turidir.
Demografik segmentatsiya
– bunda iste’molchilar yoshi, jinsi va ma’lumot
darajasi bo’yicha bo’lib chiqiladilar. Bunda marketologlar turli xildagi usullar
yordamida potentsial va real mijozlarning qiziqisharini o’rganadilar.
Psixografik segmantatsiya
– iste’molchilari shxslar turi bo’yicha va iste’mol
modellari bo;yicha guruxlantiriladi.
Bozorlarni segmentlashtirishning
ahamiyati shundaki, bu orqali marketologlar
kerakli guruhdagi iste’molchilarga nisbatan ularga mos bolgan reklama tadbirlarini
amalga oshiradilar.
Internetda ma’lumot tarqatishning quyidagi kanallarini farqlash mumkin:
To’g’ridan-tog’ri kanal (direct channel)
– bunda ma’lumotlar ishlab
chiqaruvchidan iste’molchiga bevosita jo‘natiladi;
Bilvosita kanal
– ishlab-chiqaruvchi va iste’molchi orasidagi munosabat amalga
oshirilganda orada
vositachining mavjudligi;
Aralash kanal
– bir qancha ishlab chiqaruvchilar va ularning vositachilarining
birgalikdagi say’i-harakatlari asosida ma’lumot tarqatilishi.
Kompaniyalar internetda ko’p kanalli usuldan foydalanadilar va bunda
vositachilar ham ishtirok etadilar. Bunda an’anaviy ma’lumot
tarqatish usullari
ham, elaktron kanallar ham birgalikda ishlatiladi. Offlayn kompaniyalar ham sotuv
hajmini oshirish uchun onlayn kanallardan foydalanadilar. Keyingi yillarda
vositachi-kompaniyalarning agregator deb atalgan yangi turlari paydo bo’lgan va
ular iste’molchilarga tez va arzon hizmat ko’rsatish uchun ishlab chiqaruvchi
hamda hizmat ko’rsatuvchi kompaniyalarni birlashtiradilar.
Zamonaviy biznesda
agregatorlar muhim rol o’ynaydilar va ular ishlab chiqaruvchilar hamda
iste’molchilar orasidagi aloqalarni yaxshilaydilar,
narxlarni pasaytiradilar va
bozordagi raqobatni mukammallashtiradilar. Misol sifatida on-line travel transport
442
bozoridagi quyidagi agregatorlarni keltirishimiz mumkin:
Uber, Yandex.Taxi,
GettTaxi, booking.com, TripAdvisor, parter.ru
va boshqalar.
Internetdagi eng ommabop reklama turiga
Do'stlaringiz bilan baham: