240
e’lonlar doskalarida, forumlarda,
maxsus saytlarda, sizga jo’natilgan elektron
pochta ma’lumotlarida va boshqalarda bo’lishi mumkin. Firibgarlar o’z manzillari
sifatida faqatgina internetdagi adreslarini ko’rsatishgan bo’ladi xolos. Sizdan
rozilik
olganlaridan sung, ko’rsatilgan manzilda qayd qilinish uchun yoki
keyinchalik qaytirish sharti bilan qandaydir kattalikdagi registratsion vznos,
ishingiz uchun xomashyo sifatidagi detallar sotib
olishga yoxud kafolat uchun
qandaydir pul summasi junatishingizni so’raydilar. Pul junatganingizdan so’ng,
firibgarlar siz xaqingizda batamom unutadilar yoki yana qandaydir bir laqillatish
usulini o’ylab topadilar. Bunday firibgarliklarni tekshirish uchun kompaniyani
qayd qilinishi bo’yicha xujjatlarni, aloqa telefonlarni, kompaniya manzilini so’rash
mumkin. Bular bo’yicha javob berilmaydi va bu xolda
siz bilan aloqalar xam
darxol tugatiladi.
FOREKS tizimida ishlashdagi firibgarliklar
Valyuta almashtirish bo’yicha turli xildagi ishlarni amalga oshiruvchi
FOREKS tizimida ishlashni boshlaganlar uchun bu ish avvalida ancha murakkab
bo’lgani uchun ular ishonch bo’yicha boshqaruvchilarni (
trast management)
qidira
boshlaydilar. Ya’ni ular tajribali treyderlarni topib, valyuta korzinasi kapitallarini
boshqarishni va bu orqali yaxshigina pul
ishlab olishni nazarda tutib, ularga
shartnoma asosida qandaydir vazifalar topshirishga urinadilar. Ammo bu yerda
xam barcha soxalarda bo’lgani singari, aldov va firibgarlik elementlari mavjud.
Ushbu tizimda ishonchli va tajribali treyderlardan tashqari, investorlarni aldab, pul
topishga urinadiganlar yetarlicha miqdorda topiladi. Bu tizimda ishlashda investor
bilan treydur orasidagi shartnoma olingan foydani qandaydir
nisbatda yoki teng
ikkiga bo’lish shartlari orqali amalga oshiriladi. Agarda zarar ko’rilsa, u xolda
zararning maksimal miqdori foizi xam shartnomada ko’rsatilib o’tiladi. Zarar
miqdori shundan oshib ketsa, treyder o’z faoliyatini to’xtatadi. Shunday qilib, eng
boshdanoq treyder biroz noqulay xolatga tushib qoladi. Chunki agar
foyda olinsa, u
foydani treyder bilan birgalikda bo’lishadi, ammo agarda zararga duch kelinsa,
treyder buning uchun javobgar bo’lmaydi. Shuning uchun ishonch vositasida
boshqaruvchda investor uchun eng yomon xolat – o’z pulining ma’lum bir qismini
241
yo’qotish, treyder uchun eng yomon xolat esa – o’z ishi uchun pul ola-olmaslikdir.
FOREKS da ishlashda firibgarlik sxemasi quyidagicha bo’lishi mumkin:
Firibgar
bir qancha investorlarni topadi va ularning pullarini boshqarish uchun qabul qiladi.
U biror bir investorning hisobraqamida boshqalar uchun savdo olib boradi va ular
bilan ishlangan pulni bo’lishadi. Qolgan investorlar esa bunday qilinayotganini
bilmaydilar xam. Zarar miqdori shartnomada kelishilgan kattalikka yetganida
ushbu hisobraqami bilan ish tugatiladi. Foyda olingan hisobraqamidagi mablag’dan
esa treyder o’ziga tegishli foyda bo’lagini bemalol olaveradi.
Do'stlaringiz bilan baham: