3.2. XIX ASRDA QO‘QONDA YOZILGAN QO‘LYOZMA
ASARLARNING TAHLILI
Qo‘qon xonligida Norbo‘tabiy davrida boshlangan iqtisodiy yuksalish va
Umarxon davridagi madaniy taraqqiyot natijasida ko‘plab odamlarning poytaxtga
ko‘chib kelishlari ortib borgan. Umarxon davrida ilm ahliga bo‘lgan homiylikning
ortishi Qo‘qonda ko‘plab ijodkorlarning jam bo‘lishiga imkoniyat yaratgan. Bu
jarayonlar o‘z navbatida ijod namunalarining ko‘plab yaratilishiga olib keldi.
Shoirlar, tarixchilar, xattotlar, musavvirlar albatta o‘z ijod namunalarini qog‘ozga
bitgan holda, kitob shakliga keltirib, kitobxonlarga taqdim etar edi. Bu jarayonlar
natijasida Qo‘qon xonligida bir qator ilmiy maktablar yaratildi. Xususan Qo‘qon
tarixnavislik maktabi alohida ahamiyatga molikdir. Qo‘qonlik tarixchilar tomonidan
bitilgan asarlar xonlik kitobat san‘atining yuksak namunalari edi.
Husnixat ustasi - kotib kitobning eng asosiy ijrochisi va yaratuvchisidir.
Buyurtma qilinayotgan kitob haqida barcha muzokara kotib bilan olib borilgan. U
kitobning bor matnini ko'chiribgina qolmay, uning tuzilishi bilan bogMiq barcha
unsurlarni rejalashtirgan. Bezak va miniatyuralar uchun ochiq joylar va sahifalar
ajratgan. Umuman, musavvir va lavvohning kitobni tayyorlashdagi ishlarini oldindan
belgilab bergan. Kotib kitobning mazmuni va maqsadiga muvofiq u yoki bu xat
xilini tanlagan. Sahifalar bo'ylab ustunlar va qatorlar sonini belgilagan. She'riyat
matniarini kitob betlarida badiiy did bilan joylashtirish kabi vazifalarni bajargan.
Masalan. yirik hajmli she'riy doston sahifada g‗azal, mustazod. musaddas va boshqa
kichik janrlardan farqli joylashtirilgan. Ruboiy, tuyuq, chiston, fard kabilar ham har
birasarni ajratibko'rsatishga mo'ljallab bezaklar vositasida joylashtirilgan. Masnaviy.
qasida. soqiynoma kabi poetik asarlar ham o'ziga xos kompozitsiya talablariga
muvofiq o‗rin topgan.
Yana xattotlar Turonzaminda keng tarqalgan nasx, nasta'liq va suls xat turlarini
mukammal bilmog'i sharl hisoblangan. Nasx xatida odatda Qur'on oyatlari, hadislar,
hadislardan parchalar yozilgan. Nasta'liq xati bilan ko‘proq badiiy adabiyot va tarixiy
asarlar ko"chinlgan. Suls xatidan esa ilmiy asarlarni ko'chirishda. badiiy asarlar
namunalarinmg sarlavhalarini. bo'lim nomlarini, bob va ruknlarini ajratishda
foydalanilgan. Bulardan tashqari Turon xattotlari tomonidan nasriy qissalar. yilnoma
kabi asarlarni ko'chirish uchun rayhoni xatiga murojaat etilgan. Ba‘zan badiiy-adabiy
asarlar uchun shikasta, Qur‘on parchalari va diniy-ahloqiy mazmunli asarlar uchun
muhaqqaq. qonunchilik hujjatlari, farmon va buyruqlar uchun tavqi. kundalik ish
yuritish yozishmalari va maktub-munshaot uchun riq‘o kabi xat turlaridan
foydalanilgan.
Sharq, shu jumladan, Turonzamin kitobat ishi negizida badiiy-tasviriy
vaemotsional-obrazli
o'ziga
xoslikvao'qishgaqulayliktalablarmi
hamda
kitob
boyligini ko'paytirish va bilim tarqatishga xizmat qiluvchi insonnina litimoiv-amaliv
faoliyati sohasini o'zida mujassamlashtirgan kitobat san'atining mustaqil tarmog‘iga
aylangan xattotlik san'ati ma'naviy madaniyatning muhim tarkibiy qismi hisoblanar
edi. Miniatyura san'ati. qo'lyozmalarni bezash san'ati, sahhoflik va lavvohlik san‘ati
singari xattotlik san'ati va mehnati ham eng nufuzli sarTatlar va kasblar qatoriga
kirardi. Kitob ustalari san‘atining ildizlari xalq amaliy ijodiga borib taqaladi.
Umuman olganda, bu san'atni kitobat ishining qadimgi tarixiy an'analari davomi deb
atash mumkin.
Xattotdan keyin qo'lyozma tayyorlash jarayonining navbatdagi ishiga musavvir.
naqqosh kasbidagi san'atkor kirishgan. Ijodiy faoliyati asosan serbezak asarlarda aks
etsa ham, naqqoshu musavvirlar kitobat ishida alohida o'rin tutganlar. Mo"jaz surat
(miniatyura) dastlab ingichka, nozik ochilgan qalam uchidaqora bo'yoq bilan boiajak
rasmchizgilarini, uning ishtirokchilari qiyofasini. kiyim. imorat, manzara, ko'plab
turmush, hayot lavhalarini xomaki chizib olishdan boshlanadi.
XVIII asrda yuz bergan iqtisodiy va madaniy tanazzul qishloq va
shaharlar hayotida chuqur tushkunlik paydo qildi. Bu hoi miniatyura
rassomchiligiga ham ta‘sir etdi. Go'zal san'at o'z ixlosmanlarini yo'qotib
qo'ydi. Faqatgina XIX asrga kelib shahar madaniy hayotining jonlanishi
munosabati bilan kitobat va kitob mo‖jaz suratchiligi (miniatyurachilik) yana
qayta uyg'onib. jonlana boshladi. Ijro uslubi va tamoyillariga ko‗ra qo'qonlik
rassom Mirzo Kosoniy Munshiyning Alisher Navoiy «Xamsa»siga chizgan
miniatyuralari alohida ajralib turadi. Bu kitob 1824 yilda Qo'qonda
ko'chirilgan va hozir O'zbekiston FA Abu Rayhon Beruniy nomidagi
Sharqshunoslik institutida asralmoqda.
Kotib ko'chirgan kitob rassom miniatyuralarining varaqalari bilan birga
lavvoh qo'liga tekkan. Lavvoh kitob tuzuvchi san'atkor bo'lib varaqlarni
birlashtirish, daftarlash, tikib yig'ish bilan kitob jildiga tayyorlagan.
Lavvohning san'ati yaxlit holda kitob bilan bog'liq bo'lgan. Bu kasb ustasi
ijodining mahsuli barcha sahifalar yuzasi, hoshiyalar. sahifa matni orasida
maxsus qoldirilgan bo'shliqlar. ba'zan kotib zarvaraq uchun qoldirgan juft
varaqlar. unvon. sarlavha. oraliq lavhalar. lugallanmalar uchun qoldirilgan
joylarda to'la-to'kis yuzaga chiqqan.
Lavvoh odatda birinchi galda qo'lyozma sahifalarini, ba'zan matn
ustunlarini rangli chiziqlarda ishlanadigan jadval ichiga olgan. Hoshiyalar
rangli bo'lishi lozim bo'lgan hollarda lavvoh avval oq qog'oz sahifasidagi
matnni jadvalga olgan. so'ngra kerakli rangli hoshiyani tanlab ohista
yopishtirib chiqqan. Hoshiya bilan matn jadvali orasida hosil bo‘lgan chok
ustidan chiroyli qo‗sh chiziqli chilvir tasvir chizilgan va yagona rang -
barangto'g'ri to'rtburchak matn maydoni va sahifa bo'lib shakllangan.
Qo‘lyozma kitobni yaratish va badiiy bezash jarayonini muqovasoz-
sahhof yakunlagan. Bu kasb egasi kitob varaqlarini yig'ib sahifalagan.
birlashtirib tikkan va muqovaga olgan. Muqovaning bi r necha unsurlari,
qismlari boigan: ustki va ostki qopqog'i. qobirg'asi bo'lgan. Qobirg‗a qismi
kitob to'plamini birlashtirib qopqoqlari orasiga siqib turgan. Muqovaning asl
maqsadi undagi matnni, qolaversa, kitob materiali - charm. qog‗oz va
bosliqalarni namdan va turli buzilishlardan asrashga qaratilgan. Muqova
qopqogMari yog‗och taxtachadan, pape- mashedan yasalib, ustidan charm yoki
mato qoplangan.
Yuqoridagi keltirib o‘tilgan kitob tayyorlash texnikasi Qo‘qon xonligida
ham shu shaklda amalga oshirilgan bo‘lib, qo‘qonlik mohir kitobat san‘ati
vakillarining say-harakatlari natijasida yuksak taraqqiy etib brogan. Quyida
anashunday san‘at asarlarining bir qismini tahlil etib ko‘rsak.
Qo‗qon xonligida yozilgan eng birinchi tarixiy asar SHermuhammad Akmal
Xo‗qandiyning «
Do'stlaringiz bilan baham: |