Qo‘qon xonligida kitobat va kutubxonachilik tarixi bob. Qo‘qon xonligida ijtimoiy-siyosiy va madaniy jarayonlar


Mirzo Mir Mahmudiy Xo‘qandiy Mirzo Muhammad o‘g‘li



Download 0,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/28
Sana07.11.2022
Hajmi0,86 Mb.
#861755
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   28
Bog'liq
QO‘QON XONLIGIDA KITOBAT VA KUTUBXONACHILIK TARIXI

Mirzo Mir Mahmudiy Xo‘qandiy Mirzo Muhammad o‘g‘li
50

Qo‗qon 
xattotlarining eng xushxatlaridan biri. 1821 yilda Buxoroda tavallud topib, sobiq 
Fathullo Qushbegi mahallasidagi madrasada tahsil olgan. O‗sha zamonlarda amir 
Nasrulloning zulm va istibdodi haddan tashqari avj olgan paytlar edi. SHu tufayli Mir 
Mahmud 1853 yilda o‗z vatani Buxoroni tashlab, Xo‗qandga ko‗chib kelgan. 1855 
yilda Baxmalbof mahallasidan hovli olib, muttavatan bo‗lgan, shu mahalladan 
uylangan. Mirzo Mir Mahmud bilimli va san‘atkor xattotlardan edi. Xo‗qand shahri 
obidalaridan Xudoyorxon o‗rdasi peshtoqidagi jali qalam bilan bitilgan tarixiy ikki 
turli yozuv bu buyuk binoga ziynat berib turadi. O‗rda peshtoqining chap tomonidagi 
nasta‘liq bilan yozilgan jali xat Mirzo Mir Mahmud qalamiga mansubdir. Mazkur 
xatning nozikligi va chapandozligi Mirzo Mir Mahmudning o‗z qalami bilan yozib 
qoldirgan bir qancha qit‘a varuboiylariga aynan o‗xshaydi. Mirzo Mir Mahmud 1882 
yilda Xo‗qandda vafot etgan.
Mirzo SHarif Dabir Istravshaniy – Xo‘qandiy
51

Xo‗qandning eng buyuk 
xattotlaridanbiri, badiiy ko‗chirishdaQo‗qonmaktabining ustodidir.Mirzo SHarifjon 
Dabir O‗ratepa o‗zbeklaridan bo‗lib, yoshliklarida ilm istab Xo‗qandga kelib 
qolganlar. Madrasani tugatib, saroyga xizmatga kirganlar. Amir Umarxonga dabir, 
ya‘ni, xos, ishonchli kotib bo‗lganlar. Ilmlari ham o‗tkir edi. Xo‗qandning eng zo‗r 
xattotlaridandurlar. SHaxmatga oid ―Ta‘limoti askariya‖ nomli asar yozganlar. 1250 
hijriyda (1834) Xo‗qandda vafot etganlar. Ravzalari Katta qabristonda. Amir 
Umarxon g‗azaliga payrov sifatida mana bu g‗azalni yozganlar: 
Mavsimi bahor o‘ldi toza ru gulistonlar 
Sabza xurramu xandon sahni bog‘u bo‘stonlar
Gulshani iram ichra rashki hur alliyini 
Jilvagar bo‘lub anda necha huru g‘ilmonlar 
Qaddi to‘bi shamshodu sarvi qomati ozod
Sayr etar chaman ichra xush xirom o‘g‘lonlar 
Ko‘zi kofiri tarso zulfi anbari soro 
50
Murodov A. O‘rta Osiyo xattotlik san‘ati tarixidan. Toshkent: 1971. 195-b. 
51
Isaboyeva G.S. XIX asrda Qo‘qon xonligida madaniy hayot: Tarix fan. nomz…diss. – Toshkent: O‘zMU, 2010. 97-b 


Orazi guli zebo xatti holi rayhonlar 
Nozanin zulm ijod kofiri faranggi zod
Ahli dinimi barbod qildi ey musulmonlar 
SHohi xo‘rdadon tab’i safha uzra dur sochdi 
Etmagay bu so‘zlarni ma’nisiga nodonlar 
Ayladim Dabir insho bir g‘azal bu ma’noda
SHoh so‘ziga tobe’dur zumrai suhandonlar. 
Mirzo Sharif Dabir mashhur Mir Imod ravishida kitobat qiluvchi xat ustasi edi. 
Dabir 1836 yilda Muhammad Alixonning buyrug‗i bilan Fuzuliy devonininasta‘liq 
xatida nihoyatda go‗zal tarzda ko‗chirgan. 1837 yilda esa, mazkur Muhammad ibn 
Sulaymon Fuzuliy ijodiga mansub saylanma g‗azallarni ham juda ihtimom bilan zebo 
nasta‘liq xatida ko‗chirgan. Ko‗chirilgan har ikki sahifadagi g‗azallar bir doira ichiga 
joylashgan. Doirani quyosh rasmiga o‗xshatib, nurafshon gullar bilan bezatilgan, 
oltin hal bilan ziynatlangan. 

Download 0,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish