3.5. Avtotraktorlarning yordamchi va qo’shimCha jihozlari
HaydovChi mehnat sharoitini yaxshilash uchun xizmat qiladi, u barcha
uskunalar bilan jihozlangan kabinadan iboratdir. Yuk avtomashinasining kabinasi
yaxlit metalldan yasalib, shamollatish, isitish va oldingi oynasini puflash va yuvish
moslamalari bilan ta’minlangan. Isitish uchun radiatordan silindrlar golovkasiga
yuboriladigan issiq suvdan foydalaniladi. Tashqi havo ventilyatsiya kanali orqali
kiradi, isitilgan havo oldingi oynaga va kabinadagilar oyoqlariga yo’naltiriladi.
Kabinada yumshoq o’rindiq va suyanChiq hamda orqani ko’rsatadigan oyna bor.
Traktorning kabinasi (MTZ-80 misolida) geometrik shakl qilib yasalgan Ichki
qoplamasi issiq va shovqinni o’tkazmaydigan materialdan ishlangan, titrashni
so’ndiradigan rezinka amortizatorga o’rnatilgan. Kabina karkasi traktor
ag’darilganda traktorChini saqlab qoladigan darajada mustahkam qilingan.
O’rindig’ini traktorChining bo’yicha va vazniga moslash mumkin. SHamollatish
uchun kabinaning yuqori tomoni va orqa oynasi oChiladigan, kabina eshiklari
qulflab qo’yiladi. Kabinada: ikkita oyna tozalagiCh, uchta ko’zgu, apteChka,
termos, kiyim iladigan ilmoq va h. k. lar bor.
Traktorning qo’shimCha uskunalari: dvigatelni yurgazib yuborishdagi isitish
moslamasi, traktorni sekin yurgizgiCh, yonlama QOV, yuritma shkiv, oldingi va
ketingi g’ildiraklarga o’rnatiladigan ballast yuklardan iborat.
Avtomobilning qo’shimCha uskunalari: shatakka olish moslamasi, Tayanch
ilgak qurilmasi lebedka va o’tag’onligini oshirish moslamasi. Pritseplarni va boshqa
avtomobillarni shatakka olish uchun yuk avtomobil ramasiga shatakka olish
moslamasi o’rnatiladi va to’rtkilarni yumshatish uchun prujinalar o’rnatiladi.
Avtomobillarda pritseplarni sharnirli ulash uchun Tayanch ilgak qurilmasi
o’rnatiladi. Uning tuzilishi Tayanch ilgak pritsepning avtomatik ulanishini
ta’minlaydi.
Lebedka: yuklarni siljitish, avtomobilь tiqilib qolganda uning o’zini o’zi tortib
Chiqarish i uchun mo’ljallangan. Lebedka: tros, tormozli baraban, reduktor hamda
yuritmadan iborat. Avtomobillarning o’tag’onligini oshirish uchun sirpanChiq
yo’llarda yurishda g’ildiraklarga mayda bo’g’inli zanjir o’rnatiladi.
Nazorat savollari
1.
Traktorlarning ish uskunalari deb nimaga aytiladi?
2.
Gidravlik o’rnatish sistemasining vazifasi nimadan iborat?
3.
O’rnatma mashinalarning tirkama mashinalardan afzalliklari nimadan
iborat?
4.
qanday qishloq xo’jalik mashinalari traktorning o’rnatish mexanizmiga 2 va
3 nuqtali sxemada ulanadi?
5.
quvvat olish valining vazifasi va turlari?
6.
Traktor va avtomobillarning qo’shimCha uskunalariga nimalar kiradi ?
Adabiyotlar:
Asosiy 1,2,3 qo’shimCha 1,2,3,4
Do'stlaringiz bilan baham: |