4-ma’ruza. Tarmoq standartlarini tartibga soluvchi qo’mita



Download 392,06 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana04.11.2022
Hajmi392,06 Kb.
#860096
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
4-MA\'RUZA



4-MA’RUZA. Tarmoq standartlarini tartibga soluvchi qo’mita

Tarmoq 
topologiyalari (mesh, star, tree, bus, ring ва 3-D torus). 
Lokal va global tarmoqlarning umumiy ta’rifi.
Tarmoq – maxsus vosita 
yordamida bib-biriga ulangan va ular orasidagi ma‘lumot almashinuvini 
ta‘minlovchi kompyuterlar guruhidir. Ikki kompyuter orasidagi ulanish, bevosita 
(ikkinuqtali ulanish) yoki qo‗shimcha aloqa qismlari bilan ulangan bo‗lishi 
mumkin. Kompyuter tarmoqlari asosiy qo‗llanishi axborot almashinuvi bo‗lgan 
logik va fizik, bosqich yoki tarkibidan tashkil topgan magistral axborot 
tuzilmalarini ko‗rsatadi. Fizikaviy sathda kompyuterlar orasidagi fizik ulanishini 
ta‘minlovchi tarmoq komponentlari bilan ko‗rsatilgan. Bunday komponentlar 
asosan: tarmoq interfeysi (tarmoq xaritasi yoki tarmoq adapteri platasi, standart 
yoki kengaytirilgan kommunikatsion yoki parallel port yoki multiport plata), 
ma‘lumot jo‗natishning tarmoq muhiti (koaksial, ikkisimli kabel, mis para yoki 
optik tola) va bog‘lama elementlari (marshrutizatorlar, konsentratorlar, 
qaytargichlar (takrorlagich- repiterlar, xablar(hub)), o‗chirib yoqgichlar (switch) va 
ohirlovchi elementlari (terminatorlar, konnektorlar, razyomlar, zaglushkalar). 
Mantiqiy sath – bu tarmoqdagi mavjud fizik komponentlardan foydalanish 
imkonini beruvchi xilma-xil dasturiy ta‘minotdir. Ko‗pgina DT ichidan bir nechta 
turini: operatsion sistemalar tarmoq protokollari demon-jarayonlari va drayverlari, 
server-dasturlar va tarmoq servislar yoki xizmat mijozlarini ajratish mumkin. 
Hozirgi kunda kompyuter tarmoqlari sanoati, rivojlanishining yuqori 
cho‗qqisini bosib o‗tmoqda va bir muncha tarixga ham ega. Personal kompyuterlar 
orasidagi tarmoq o‗zaro munosabatlari erasi, ikki xil arxitekturaga, protsessor va 
albatta operatsion sistemaga (masalan, VMS va IBM-PC/XT) ega bo‘lgan
kompyuterlar kommunikatsiya portlari (COM:) bo‗yicha, axborot jo‗natish tezligi 
sekundiga atigi 1K bo‗lib, boshqaruv qo‗lda sinxronlashtiriladigan maxsus 
tayyorlangan dastur yordamida oddiy ma‘lumot jo‗natishdan boshlangan. Hozir 
esa, 20 yildan so‗ng, biz tarmoqlarni aniq lokal va globalga tuzilganini 
kuzatishimiz mumkin, integratsiya jarayonida, bir necha yuzta kompyuterli 
tarmoqlar haligacha lokal tarmoq hisoblanadi, global tarmoq esa, o‗n mingta 
ulangan kompyuter sistemalarini o‗z ichiga oladi. Ma‘lumot almashinuvi tezligi 
200 Mbit/s, 10 Mbit/s esa, boshlang‗ich bazali va past baholi konfiguratsiya 
hisoblanadi. Endilikda kompyuter tarmoqlari ma‘lumotlarni nafaqat qabul qila, 
yoki jo‗nata oladilar, balki to‗plami tobora kengayib borayotgan ko‗pgina servis 
imkoniyatlarni yaratyapti. Bu o‗chirilgan ma‘muriyatchilik, elektron pochta, 
o‗chirilgan pechat, taqsimlangan ma‘lumotlar bazasi, o‗chirilgan kirish sistemalari 
va taqsimlangan boshqaruv sistemalari, qidirish sistemalari, telekonferensiya va b. 
Yuqorida aytib o‘tilganidek, tarmoqlar lokal va globalga bo‗linadi, lekin faqat bu 
ularning yagona klassifikatsiyasi emas. Ular birrangli va ko‗prangli, birmartali va 
ko‗pmartali, ochiq va yopiq va b. bo‗linadi. Klassifikatsiyaning ko‗p xilligidan eng 
muhim va ko‗p ishlatiladiganlari ko‗rib chiqiladi. Tarmoqlarni kategoriya va turga 
ajratishning ko‗pgina klassifikatsion prinsiplari, dasturiy ta‘minotning turi va 
xiliga asoslangan. Boshqacha qilib aytganda, birgina jismoniy asosda bir necha xil, 
tur va sinf tarmoqlarini shakllantirish mumkin. Tarmoqqa ulangan kompyuter ish 


stansiyasi (Workstation) deb nomlanadi. Qoida bo‗yicha bu kompyuterda inson 
ishlaydi. Tarmoqda shunday kompyuterlar borki, ularda hech kim ishlamaydi. 
Ulardan tarmoqdagi boshqaruv markazi va axborot yig‗uvchi sifatida 
foydalaniladi. Bunday kompyuterlar server deb nomlanadi. Agar kompyuterlar bir-
biridan nisbatan yaqinda joylashgan va yuqori tezlikdagi tarmoq adapterlari 
(axborot jo‗natish tezligi 10-100Mbit/s) yordamida ulangan bo‗lsa, bu tarmoqlar 
lokal deb nomlanadi. Lokal tarmoqlardan foydalanishda, kompyuterlar odatda, bir 
xona, bino yoki yaqin joylashgan uylarda joylashgan bo‗lishi kerak. Lokal 
kompyuter tarmoqlari, odatda, ishlatish va dasturiy ta‘minot xarakteri bo‗yicha 
korporativ xarakterga ega bo‗ladi va biror bitta tizimga taalluqli yuzdan ortiq 
kompyuter sistemalarini birlashtiradi. O‗z tarkibida ko‗pgina kompyuterlarni 
integratsiyalaydigan va (asosiysi) ma‘lum masofada joylashgan turli arxitektura 
bazasi va dasturiy ta‘minotga ega bo‗lgan kompyuterlarni ulash uchun 
mo‗ljallangan tarmoq va tarmoq teznologiyalarida qo‗llaniladigan, zamonaviy 
talablarga javob beradigan kompyuter tarmog‗i global hisoblanadi. Bir-biridan 
ma‘lum masofada joylashgan kompyuterlar yoki butun lokal tarmoqlarni ulash 
uchun modemlar, hamda, ajratilgan yoki sun‘iy yo‗ldoshli aloqa kanallari 
qo‗llaniladi. Odatda, bu tarmoqlardagi axborot jo‘natish tezligi, lokalga qaraganda 
sezilarli darajada pastroq bo‗ladi. Hozirgi vaqtda bir nechta global kompyuter 
tarmoqlari va ularning protokollari mavjud, masalan, RelCom, CompuServ, 
Internet va b. Bunday tarmoqlarning ko‗pi mingtacha server va o‗ntalab, 
yuzmingtalab foydalanuvchilarga ega va xalqaro maqomini olgan, chunki, har xil 
mamlakat va qit‘alarning kompyuter sistemalarini bog‗laydi. Lokal va global 
kompyuter tizmilari dasturiy ta‘minot protokollari va tashkil etish prinsiplari har 
xil va bir xil ya‘ni o‗xshash bo‗lishi mumkin. Shuning uchun tarmoqni faqat 
tarmoq o‗zaro harakati, turi, belgisi va bazali dasturiy ta‘minoti bo‗yicha lokal yoki 
global deb bo‗lmaydi. Misol tariqasida 4.1.-rasmda tarmoq tuzilishi keltirilgan. 
4.1.-rasm. Tarmoq tuzulishiga misol. 
Barcha tarmoqlar, shu jumladan, globallar ham tijorat tarmog‗iga bo‗linadi – 
bunda ularga kirish va servis xizmatlari pullik va notijorat – ya‘ni ―shartli bepul‖. 
Shartli chunki tarmoq xizmatlariga ulanish va foydalanish, hamda aloqa 
tizimlaridan foydalanish uchun foydalanuvchi qandaydir qismini to‗laydi, lekin 
uning bahosi tijorat tarmog‗idan ancha kam va servis darajasi ham shunga 
yarashadir. Tijorat tarmoqlari tarmoq xizmatlarini taqdim etuvchi professional 
tashkilotlar tomonidan qo‗llab-quvvatlanadi va yuqori darajali tijorat tarmoq 
servisini taqdim etish maqsadida faoliyat yuritadi. Notijorat tarmoqlar esa, 
ko‗ngilli jamiyat va axborot tuzilmalari hamda jamoat tashkilotlari tomonidan 


qo‗llanadi va aniq tarkibga, boshqaruv, maqsadli tarkib va rivojlanish 
strategiyasiga ega bo‗lmaydi[1]. 

Download 392,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish