Ekinlar unumdorligi. O
’zbekistonda qishloq xo’jaligi ekinlari tuzilmasida asosan texnik
va boshoqli ekinlar ko
’pchilikni tashkil qiladi. Keyingi o’n yilda boshoqli ekinlar uchun
ajratilgan maydon 1,9 baravar ko
’paydi. Asosiy don ekini bug’doy hisoblanadi. Paxta esa asosiy
texnik ekin bo
’lib qolmoqda. So’nggi yillarda, ushbu ekin yetishtiriladigan maydonlar ancha
kamaydi (4.7-rasm). So
’nggi o’n yilda ozuqa ekinlari uchun ajratilgan maydonlar ikki
baravardan ortiq kamaytirilgani ham tashvishlanarli hol ekanini qayd etish lozim. Qishloq
xo
’jalik korxonalari (asosan davlatga qarashli) asosiy paxta (94%) va g’alla (78%) yetishtiruvchi
hisoblanadi. Ular, shuningdek, ozuqaning 76, mevaning 47, tuxumning 30, junning 27, sabzavot,
poliz ekinlari va kartoshkaning 20 foizini, 7-8 foiz go
’sht va sut ishlab chiqaradi. 1994-2006
yillarda bug
’doy hosildorligi respublika bo’yicha o’rtacha 2 baravarga – gektaridan 20,8
tsentnerdan 42,7 tsentnerga ko
’paydi. Ko’pchilik viloyatlarda hosildorlik ijobiy sur’atda oshgani
kuzatildi (Sirdaryo viloyati bundan mustasno, negaki bu yerda o
’sish sur’ati deyarli barqaror
saqlanib turibdi, Surxondaryo viloyatida esa 1999 yilda hosildorlik kasallik tufayli keskin tushib
ketdi). Aksariyat viloyatlarda hosildorlikning barqaror o
’sishining asosiy sababi ushbu ekinni
yetishtirish texnologiyasining takomillashtirilgani va bu borada boy tajriba to
’planganidandir.
Bug
’doydan eng yuqori hosil Andijon viloyatida yetishtirilgan bo’lsa, eng past hosildorlik
33
Sirdaryo, Jizzax viloyatlari va Qoraqalpog
’iston Respublikasiga to’g’ri keladi. 1995 - 2003
yillarda paxtaning o
’rtacha hosildorligi pasaygani kuzatildi. Bu ko’rsatkich 1995 yilda
gektaridan 26,4 tsentnerdan 2003 yilda 20,6 tsentnerga kamaydi. Paxta hosildorligining u yoki
bu darajada pasayishi barcha viloyatlarda kuzatilmoqda. Hosildorlikning eng ko
’p pasayishi
Qoraqalpog
’istonda (38%), Sirdaryo (35%), Namangan (30%) , Toshkent (23%), Farg’ona va
Xorazm viloyatlariga (26%) to
’g’ri keladi. So’nggi yillarda esa paxta hosildorligi oshmoqda.
Yalpi ishlab chiqarishni zamonaviy darajada saqlash uchun paxta hosildorligini respublika
bo
’yicha gektaridan 24 tsentner darajada saqlash talab etiladi. 2005 yilda bu ko’rsatkich
gektaridan 25 tsentnerni tashkil etdi. Qishloq xo
’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishda dehqon
xo
’jaliklari alohida o’rin tutadi. Ular jami ekin maydonlarining 10 foizdan ortig’ida dehqonchilik
qilgan holda, yalpi qishloq xo
’jaligi oziq-ovqat mahsulotining 49,0 foizini ishlab chiqaradi. Bu
go
’sht 92, sut 91, sabzavotlar, poliz ekinlari kartoshka 78, tuxum 70, mevalar 50, shuningdek,
g
’alla va ozuqa ekinlarining 16 foizi, dekmakdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |