3
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Uchinchi ming yillikning boshlanishi ikki muhim tendentsiya
bilan baholanmoqda. Birinchidan, hozirgi tsivilizatsiya global ekologik muammolarga duch keldi
(iqlim o
’zgarishi, ozon qatlami buzilishi, ichimlik suvining tanqisligi va ifloslanishi, yer va
o
’rmonlar tanazzuli, bioxilma-xillikning kisqarishi, ortiqa chiqindilarning hosil bo’lishi hamda
ularni utilizatsyalash muammosi va hokazo), Ikkinchidan, dunyo jadal sur
’atlar bilan o’zgarib
bormoqda. SHuning uchun kechagi mezonlar bilan hozirgi vaziyatni ob
’ektiv baholab
bo
’lmaydi.
Darhaqiqat, davr o
’zgargan sari undagi voqelik va hodisalarni oqilona baholash ham
mukammal va murakkablashib boradi. Mintaqamizning noyob tabiiy muhitini asrab-avaylashda
ko
’pincha turfa xil va yangi uslublarni qo’llash, avval ishlab chiqilgan an’anaviy yondashuvlarni
chuqur taxlil etgan holda takomillashtirish ustuvor vazifalardan hisoblanadi.
Davr shiddat bilan
olg
’a ketmoqda. Darhaqiqat, davr o’zgargan sari undagi voqelik va hodisalarni oqilona baholash
ham mukammal va murakkablashib boradi. So
’nggi yillarda butun dunyoda tabiiy muhit holatini
baholashda ekologik mezon (indikator)Lar faol qo
’llanilmoqda. Mazkur majmuaviy mezon
(indikator)lar maxsus ishlab chiqilgan bo
’lib, ular tabiiy muhitning muayan holatini hamda
xo
’jalik yuritish faoliyatining atrof-muhitga ta’sir darajasini o’zida ifoda etadi. Tabiiy muhitning
ko
’rilayotgan chora-tadbirlarga nisbatan hozirjavobligini tezkorlik va daqiqlik bilan hisobga
olish imkoniyati ekologik mezon (indikator)larning o
’ziga hos afzalligi hisoblanadi. Bu esa
monitoring faoliyatini jadallashtirish va mazkur yo
’nalishdagi muammolarni hal etish yo’llarini
asoslash imkonini beradi. SHu bilan birga mezon (indikator)lar qotib qolgan aqida emas. Mazkur
mezon (indikator)Lar doimiy ravishda yangilanib, takomillashtirib boriladi. SHu boisdan
e
’tiboringizga havola etilayotgan BMIda bu boradagi ilk bor umumlashtirilgan tahliliy material
ko
’rinishidagi ishdir. Atmosfera, suv resurslari, tuproq, aholi salomatligi, o’simlik va hayvonot
olami holati va tabiiy omillar hamda xo
’jalik yuritish faoliyatining ularga ko’rsatayotgan ta’siri
maxsus ishlab chiqilgan va yagona bazada to
’plangan ekologik mezon (indikator)lar
ma
’lumotlari bo’yicha kuzatib borilmoqda. Ushbu ma’lumotlar O’zbekistondagi tabiiy muhit
holati, antropogen omillarning unga ta
’siri hamda mavjud ta’sirlarga o’z vaqtida hozirjavobligi
darajasini o
’zida ifoda etadi. Bu, o’z navbatida, yuzaga keladigan muammolarni tezkorlik bilan
aniqlash bilan birga, ularni bartaraf etishning maqbul yo
’llarini ishlab chiqish imkonini beradi.
Ekologik mezon (indikator)lar tahlili shundan dalolat bermoqdaki, o
’simlik va hayvonot olami
genofondiga jiddiy ta
’sir ko’rsatayotgan Orol va Orolbo’yi muammosi kabi global ekologik
muammoni hal etishda barcha qulay uslublardan foydalanish zarur. Orol dengizining qurigan
tubida daraxtzorlar barpo etish, vetlandlarni qayta tiklash, aholini ichimlik suvi bilan ta
’minlash
va boshqa ko
’plab tadbirlar shular jumlasidandir. Ularni amalga oshirish uchun esa donorlar va
jahon hamjamiyati ko
’magi hamda sa’y-harakati talab etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: