Amaliyotda shunday holatni kuzatish mumkinki, unda o'qituvchi "yangi metod"ni
yaxshi ishlata olmaydi, Chet til ta'limi jarayonida bu metod usullaridan foydalanib,
samara va muvaffaqiyatga erisha olmaydi, natijada u yangi metodning ayrim
prinsiplarigina qo'llash bilan cheklanib qoladi . Shunday bo'lishi ham mumkinki, yangi
metod ayrim olingan bir guruh ehtiyojlari va imkoniyatlari uchun yaratiladi va shu
45
Agar bu metod boshqa ehtiyoj va mo'ljal bilan tashkil qilingan guruhlarda qo'llanilsa,
yaxshi natija bermaydi. Bunday holatga uni o'zgartirish va jarayonga moslashtirishga
tog'ri keladi.
Uzoq vaqt mobaynida, agar chet tillarni o'rganish jarayoni intensiv va ilmiy jihatdan
yetarli darajada tadqiq qilinsa hamma kishilar uchun foydalanish qulay bo'lgan "yangi
metod"ning yaratilganligi haqida so'z yuritish mumkin, deb ishonib kelingan edi.
Ilmiy asoslanganva universal xarakterga ega bo'lgan ta'lim metodi nihoyat audiovizual
metod bo'lib dunyoga keldi.( Lado 1964)
Kommunikativ va madanyatlararo chet til ta'limi metodlari haqida baxs yuritilganda
yana yuqoridagi masalaga qaytiladi, chunki chet til o'qitish didaktikasi va
metodikasida audiovizual metodning hal qiluvchi rol o'ynaganligi ma'lum.
Munozarada shu narsa ayon bo'ldiki, o'rganish va o'rgatish tushunchalarini bir biridan
farqlash muhim ahamyatga ega.
Inson xotirasi shunday tuzilganki, hamma kishiarda ilm olish jarayoni bir xil tarzda
kechadi (ya'ni, idrok qilish, esda saqlash, o'quv materialini o'zgartirish), garchi biz
haqda ko'p narsa bilmasakda, chet tillarni barcha kihilar yaxshi o'rganib olishlari
mumkin bo'lgan ta'lim metodlarini yaratish, umuman olganda, mumkin va arzirli
ekanligiga shubhalanmasa ham bo'ladi.
Grammatika-tarjima
metodi
va
Audiolingva
metodlarning
elementlari
va
prinsiplaribirlashib, chet til ta'lim tarixiga Bilvosita metod bo'lib kirgan metod
misolida oydinlik kiritmoqchimiz.
1955-yilda D.Schulz va H. Griesbachlarning nemis tilini chet til sifatida o'qitish
borasida tezda bosh rolni egallab olgan va bugungi kunga qadar o'z qadrini to'qotmay,
amaliyotda keng tarqalgan "Nemis tili chet elliklar uchun" nomli darsligi paydo bo'ldi .
"Nemis tili chet elliklar uchun " kitobi mutaxassislikka oid adabiyotlarda Grammatika-
tarjima metodi asosida yaratilgan darslik sifatida keltiriladi (Funk va Konik 1991)
Buning sabablari:
46
- Darslikda Grammatika - tarjima metodning muhim elementlari oldingi qatordan o'rin
olganligi yaqqol ko'rinib turibdi. Bunga grammatikaga alohida o'rin berilganligi
yoqqol misol bo'la oladi. Grammatika (grammatik tana) o'quv materiali taqsimoti va
darslar tuzilishini belgilaydi.
- Nemis tilini tabiiy sharoitda o'rganish bo'yicha GTM sohasida bunday keng tarqalgan
darslik hali mavjud emas.
Do'stlaringiz bilan baham: