42
Audiovizual metod audiolingval metodning rivojlangan ko'rinishidir. "Audio - vizual"
tushunchasi ikki lotin so'zining qo'shilishidan hosil bo'lgan. Lotincha audire -
tinglamoq, videre - ko'rmoq. Ularni o'zbek tiliga tarjima qilinsa "tinglash- ko'rish
metodi" ma'nosini anglatadi.
Amerika Qo'shma Shtatlarida audiolingval metodning rivojlanishi bilan bir davrda
Fransiyada audiovizual metod shakllandi. Bu metodga AQSHda rivojlangan metod
ta'sir o'tkazmadi.
Adiovizual kurs deganda chet ta'limining boshlang'ich bosqichida qo'llaniladigan Peter
Guberniya tomonidan asos solingan usullar nazarda tutiladi va bu 1954-56- yillarda
CREDIF( Centrede recherche et d'etude pour la diffusion du francais) tomonidan
birinchi marta fransuz tili kursi shaklida Voix et Images de France bo'lib amalda tadbiq
qilindi. Guberinaning o'zi ushbu terminni global - struktural metod deb nomlagan.
(Sract, 1937,9)
Tilni imkoni boricha ko'proq optik ko'rgazmalilik bilan bog'lash audiovizual
metodning bosh prinsipi hisoblanadi. Bu shundan iboratki, o'quvchiga avval nutq
vaziyati haqida vizual vositalar orqali ma'lumot beriladi va undan keyin shu vaziyatga
oid ifoda shakllari beriladi. Demak, taqdimot tartibi audiolingval metodga qaraganda
boshqacha tarzda o'tadi. U metodda avval til hodisalarining shakli (tinglash takrorlash
) va undan keyin uni mazmuni tushuntiriladi. (Real, 1984, 33,34).
Rasmlar va rasmlar qatoridan til materiali taqdimoti jarayonida faqat ma'noni ochish
uchungina emas, balki til materialini mashq qilish va amalda qo'llash jarayonida ham
unumli foydalaniladi.
AVMning dars texnologiyalari
1. Dars rasm yoki rasmlar qatori (film strip) va magnit tasmadagi diolog taqdimoti
bilan boshlanadi.Ko'rish va eshitish qo'zg'ovchilari (vizual va akustik stimul)
birgalikda ma'no (semantik) birligini tashkil qiladi .
43
2. Darsning ikkinchi bosqichida suhbat birliklari, ma'noni aniqlash, qayta eshittirish,
savol-javoblar orqali tushuntiriladi.
3. Uchinchi bosqichda rasm va matnlarning ko'p marta takrorlash yo'li bilan dialoglar
yod olinadi.
4. Mazkur bosqichda o'quvchilar asta-sekin vizuval-akustik tayanchlardan
uzoqlashtiriladi. Ulardan rasmga o'z dialoglarini tuzish yoki sahna ko'rinishiga oid
rollarni ijro etish talab qilinadi.
5. Har bir darsda dialogda berilgan grmmatik hodisalarga oid namuna gap mashqlari
(pattern drills) bajariladi.
6. Yozish vao'qish malakalariga e'tibor kurs yakuniga borib kuchaytiriladi.
Darsning bu asosda tashkil qilinishi bixerioristik ta'lim qonuniyatlariga xos hisoblandi.
Ta'lim jarayoni stimul (rasm) va reaksiya (tilga oid ifoda) qonuniyati asosida tashkil
qilinadi.
AVMda metodda rasm va ovoz birgalikda ko'pincha rasm va rasmlar qatori
(diaprayektor)va magnetafondagi (til laboratoriyasidagi) og'zaki matn qoshib
qo'llanadi. Audiolingval va Audiovizual metodlarga hos bo'lgan usullarni qiyoslash
ularni yaqqolroqtasavvur qilish imkonini beradi.
AVMning ALMdan farqilanuvchi asosiy hususiyati akustik va vizual materialning
barobar qo'llanishadadir. Bu dialog ustida ishlash jarayonida ham katta ta'sir o'tkazadi.
Asliy nutq vaziyatlari (orginal sruatsiya) ma'noni ochish , xotiraning vivual tayanchi,
nutq vaziyatiga xos mashqlar tildan amalda foydalanishda mamlakatshunoslikka oid
ko'rgazmalarni qo'llash taniqli metodist Volter (1963,63) tomonidan AVMning o'ziga
xos xususiyati deb topildi.
AVM tanqidi
44
Audiovizual metodning ko'pgina prinsiplari chet til o'qitish jarayonida o'zgartirib
yuborildi. Audiovizual yoki global-struktural metodning "sofligi" faqat Fransiyadagina
saqlanib qolindi.
Tanqidchilar quyidagilarni bu metodga xos bo'lgan kamchiliklardan deb hisoblaydilar.
Furges, 1975: Vielau 1976).
- O'quvchilarning istiqbolli aqliy va amaliy faoliyati retseptiv va reproduktv nutqiy
ta'limiy harakatlarni talab qilish tufayli o'qituvchi tomonidan bo'g'ib qo'yildi.
- Chet til ta'limi jarayoni bixeviorizm yo'nalishga (xulq psixologiyasi orqali tilga xos
bo'lgan odatlarni shakllantirish va tarbiyalashga )qaratildi (moslashtirildi.
- Dars va uning bosqichlarini bir qolipga solib qo'yilgan o'zgarmas sxemada tashkil
qilindi.
- O'qituvchiga texnika vositalari mutaxassisi roli berildi, natijada uning pedagogik
imkoniyatlari cheklab qo'yildi.
- Ta'lim jarayonida, bir tomondan, asosiy e'tibor og'zaki nutqqa qaratildi, nutqning
situativligi va originalligiga bo'lgan talab kuchaytirildi, ikkinchi tomondan, tilning
shakl xususiyatlari hamda taqsimotidagi tartibni saqlab qolishga bo'lgan talablar
qo'yildi. Bu holat ma'lum qrama -qarshiliklarni keltirib chiqaradi.
- O'quv materiali taqsimotida, darsni rejalashtirish va tashkil qilishda ona tili butunlay
hisobga olinmadi.
Do'stlaringiz bilan baham: