Qo`shilgan qiymat solig’i bo’yicha hisob kitoblarni takdim etish va tulash muddatlari.
Soliq tulovchi qo`shilgan qiymat solig’i bo’yicha tasdiklangan shalkdagi hisob kitoblarni
yuritib boruvchi yakun bilan soliq yuzasidan ruyxatdan utgan joyidagi soliq organlariga har oyda
hisobot oydan keyingi oyning 15-kunidan kechiktirmay va yil yakunlari bo’yicha yillik moliyaviy
hisobotni tekshirish muddatida takdim etadi.
Tomom bulgan oyda soliq bo’yicha tulov summasi eng kam ish xakkining 50 baravaridan
oshib ketgan soliq tulovchi oxirgi oylik hisob-kitob bo’yicha byudjetga tulanishi lozim bulgan soliq
summasining 1/3 kismi mikdorida 15-,25- va 5-sanalarda keyingi oy uchun avans tulaydilar.
Qo`shilgan qiymat solig’i mikdori 50 minimal ish xakidan kam bulsa har oyda keyingi oyning
15-sanasidan kechiktirmasdan byudjetga tulanishi lozim har bir kechiktirilgan kun uchun tulanmay
kolgan soliq summasining 0,07% mikdorida tovon hisoblanib byudjetga tulanadi.
Bajarilgan ishlar, xizmatlar dalili tasdiklangan kundagi Markaziy bank kursi bo`yicha kayta
hisoblangan ishlar, xizmatlar kiymatidan kelib chikkan xolda amalda ishlar bajarilganini, xizmatlar
ko`rsatilganini tasdiklaydigan xujjatlar asosida import kilinadigan ishlar va xizmatlar bo`yicha
ko`shilgan kiymat solig’i milliy valyuta (so`m)da hisoblab chikariladi.
Montaj kilish, ishga tushirish, sozlash, maslaxatlar, o`kitish va boshka ishlar, xizmatlarga doir
import kilinadigan ishlar va xizmatlarga, olib kelinadigan uskunalarga doir xizmatlarga ko`shilgan
kiymat solig’i tuzilgan shartnomalar (kontraktlar)ga muvofiq belgilangan mazkur ishlar, xizmatlarning
kiymati asosida hisoblab chikariladi.
Import kilinadigan ishlar, xizmatlar bo`yicha ko`shilgan kiymat solig’i to`lovi ana shu ishlar,
xizmatlarni import kiluvchi shaxs yozib bergan hamda unda "import kilinadigan ishlar, xizmatlar
bo`yicha ko`shilgan kiymat solig’i summasi to`lovi" degan yozuv bitilgan to`lov topshiriknomasi
asosida amalga oshiriladi.
Import kilinadigan ishlar, xizmatlar bo`yicha ko`shilgan kiymat solig’i amalda ishlar, xizmatlar
bajarilgan kundan boshlab 5 kun ichida byudjetga to`lanadi.
Ko`shilgan kiymat solig’i fakatgina milliy valyuta - so`mda to`lanadi.
Import kilinadigan ishlar, xizmatlarga ko`shilgan kiymat solig’i hisob-kitobi ishlar, xizmatlar
importi amalga oshirilgan hisobot oyidan keyingi oyning 15-sanasidan kechiktirmasdan, ilovaga
muvofiq shaklda oylar bo`yicha ro`yxatdan o`tkazilgan joydagi soliq organiga takdim etiladi.
Ko`shilgan kiymat solig’ini to`gri hisoblab chikarilgani va o`z vaktida to`lanishi bo`yicha
javobgarlik soliq to`lovchining zimmasiga yuklanadi.
Ko`shilgan kiymat solig’i to`lanmagan takdirda belgilangan tartibga muvofiq to`lanishi lozim
bo`lgan to`lovlar summasi soliq konun xujjatlarida belgilangan mikdorda penya hisoblangan xolda
soliq organlari tomonidan undiriladi.
Ko`shilgan kiymat solig’ini to`gri hisoblab chikarish va byudjetga to`lash ustidan nazoratni soliq organi
soliqka oid konun xujjatlariga hamda mazkur
Do'stlaringiz bilan baham: |