Qutb Xorazmi. Xorazmlik shoir Qutb 1340 yilda Nizomiy Ganjaviyning «Xisrav va Shirin» asarini
o‘zbek tiliga tarjima qildi. Qutbning bu tarjima asari X asrdan to asrgacha bo‘lgan badiiy tarjima asarlari
ichida eng fun.gamental va eng yuksak badiiy mahorat bilan tarjima qchlingan birdan-bir asardir.
Badiiy tarjima sohasidagi durdona asari sifatida mashhur bo‘ldi. Tarjima tarixi yozilar ekan, Qutb
Xorazmiy nomi. alohida tilga olinib, zo‘r faxr bilan eslanadi. U ulug‘ shoir Nizomiy Ganjaviyning asarini
o’zbek tiliga. Tarjima etar ekan, o‘zbek tilining kuch-qudratini ko‘rsata bildi.
Qutb Xorazmiy o‘z zamonasining,ilg‘or va kuchli shoiri, klassik adabiyotning atoqli
namoyandalaridan biridir. Uning boshqa tarjimalari haqida bizning zamonamizgacha biron ma’lumot yetib-
kelmagan.
«Xisrav va Shirin» tarjimasining qo‘l yozmasi Parijda «Nasional bibliotek»da saqlanadi. Bu asarning
fotokopiyasini Navoiy komiteti tashabbusi bilan Parijdan oldirilgan edi. 1940 yilda uni Navoiy komitetining
xodimi, taniqli adabiyotshunos olim Hodi Zarifov nashrga tayyorlagan va ushbu satrlarni yozuvchi tahrir
qilgan edi, ammo bu asar urush boshlanishi bilan chiqmay qoldi. Hozir nashrga tayyorlangan nusxa
O’zbekiston Fanlar akademiyasi, A. S. Pushkin nomli Til va adabiyot institutida saqlanmoqda. «O’zbek
adabiyoti» xrestomatiyasining 1-tomida bu asardan ayrim, parchalar bosilgan.
Qutbning tarjimai holi, qachon tug‘ilib, qachon vafot et-ganligi haqida aniq ma’lumotlar yo‘q. Qutb
Oltin Urda xoyalaridan O’zbekxonning o‘g‘li davrida yashagan. O’zbekxon 1312—1340 yillarda xonlik
qiladi. Uning Tinibek degan o‘g‘li bo‘lib, shoir-tarjimon Qutb o‘z asarini shunga va uning xotini Malikaga
bag‘ishlagan. Shoir «Xisrav va Shirin»ni masnaviy tarzida aruzning «hazaj musaddas maqsur» vaznida
tarjima etar ekan, originalning ma’nosi, syujeti, obrazlarini saqlaydi.
Nizomiy Ganjaviy (1141-1203) ozarboyjon xalqining ulug‘ shoiri bo‘libgina qolmay, dunyo
adabiyoti xazinasiga kirgan ulug‘ siymolardan biri. U kuchli iste’dodga ega bo‘lib, o‘z zamonasinki: «Ilg‘or
fikrlarini talqin qilgan mutafakkir, donishmand va muarrix edi. Nizomiy Ganjaviy (Ozarboyjonning Ganja
shahrida tug‘ilgani uchun Ganjaviy nomi bilan mashhur bo‘lgan) devon tartib berdi va «Xamsa»ni yozdi.
«Xamsa»ning ichiga besh dostoy: «Maxzanul-aror» (Sirlar xazinasi), «Xisrav va Shirin», «Layli va
Majnun», «Haft paykar» (Yetti go‘zal) va «Iskandarnoma», ya’ni besh xazina kiradi. U fors-tojik
adabiyotiga, turkiy xalqlarning, jumladan o’zbek xalqining adabiyotiga va hatto xind adabiyotiga katta ta’sir
qildi. U yaratgan «Xamsa» xalqlar dilidan joy oldi. Shunday qilib, Nizomiy «Xamsa» yaratish tradisiyasini
boshlab berdi.
Nizomiy Ganjaviyning uch dostoni o’zbek tiliga tarjima etilgan: «Xisrav va Shirin» (Qutb Xorazmiy
tarjimasi), «Maxzanul-asror» (Haydar Xorazmiy tarjimasi) va «Haft iaykar» (Ogahiy tarjimasi). Uchchala
shoir-tarjimon ham Xorazmdan chiqqan. Ularning har biri o‘zbek xalqiga ozarboyjon xalqining o‘lmas
adabiy yodgorligini tuhfa qilib qoldirdi va bu bilan buyuk yozuvchiga bo‘lgan samimiy hurmatni izhor qildi.
Uchchala shoir-tarjimon ham Nizomiy Ganjaviy asarlarini o’zbek tiliga o‘girar ekanlar, har qaysisi
dostonga o‘zidan kirish so‘zi yozadi. Unda genial shoirga bo‘lgan muhabbat hurmatlar izhor qilinib,
o‘zlarining orzu-umidlarini bayon qiladilar va ayni dostonni nima uchun tarjima qilayotganliklarining
sababini aytadilar.
Qutb Xorazmiy asarning boshida: «Kitob nazm qilmoqqa sabab bayon ayur» degan 34 baytdan
iborat muqaddima yozadi.
Qutb Xorazmiy «Xisrav va Shirin»ni tarjima etar ekan, undagi asosiy obrazlar: Shirin, Xisrav,
Farhod, Ma-hinbonu, Shopur, Sheruyalarning xarakter, xususiyatlarini o‘zbek tilida originalning aynan
o‘ziday berishga tirishadi, voqea va syujet liniyasini to‘laligi bilan saqlashga harakat qiladi.
Tarjimashunoslik
Do'stlaringiz bilan baham: |