Toshkent davlat sharqshunoslik instituti tarjimashunoslik



Download 1,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet107/160
Sana29.12.2021
Hajmi1,56 Mb.
#85375
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   160
Bog'liq
tarjimashunoslik

Adekvat  tarjima  –  har  jihatdan  mos,  aynan  teng,  asl  nusxaga  mazmun  va  shakl  jihatdan  muvofiq 

tarjima (Lotincha “adekvatus” – “tenglashtirilgan, teng, muvofiq, aynan”). 



“Erkin tarjima bu asl nusxaning g‘oyaviy mazmuni va badiiy xususiyatlarini o‘zgartiruvchi, uni har 

jihatdan  boshqa  izga  solib  yuboruvchi  tarjima  prinsipidir.  Bundan  tarjimalarda  muallif  uslubi  emas,  balki 



tarjimon  uslubi  ustun  turadi.  Erkin  tarjimaning  ham  turli  xillari  mavjud.  Sharq klassik  she’riy  tarjimasiga 

kelganda,  erkin tarjima shunda ko‘rinadiki, bu usulni qo‘llagan tarjimon aksariyat hollarda, asosiy mavzu 

va g‘oyadan chetga chiqmagan holda, muallifning bayon tarzida she’riy san’atlardan foydalanish, ifoda va 

tasvirlarini chetlab o‘tib, ular o‘rniga o‘zi ijod qilgan san’atlar va ifodalarni taqdim etadi. Bunday tarjimon 

asl nusxa panohida o‘z she’rini taqdim etgan, o‘zining ijodiy manerasini ko‘rsatgan bo‘ladi. 

Masalan,  Sayfi  Saroyi  tarjimasidagi  Sa’diy  Sheroziyning  “Guliston”,  Qutb  Xorazmiy  tarjimasidagi 

Nizomiy Ganjaviyning “Xusrav va Shirin” asarlari. “Kalila va Dimna” tarjimalari ham.  

Ijodiy  tarjima  esa  asar  g‘oyasi  va  badiiy  o‘ziga  xosligini  o‘zgartirishni  emas,  balki  unga  ijodiy 

munosabatda  bo‘lish  orqali  mazmuni,  intonatsiyasi,  uslubini  yangi  tilda  tiklash  demakdir.  Ijodiy  tarjima 

so‘zma-so‘z  tarjimaga  ham,  o‘zgartiruvchi  erkin  tarjimaga  ham  zid  tushunchadir.  Ijodiy  tarjima  orqali 

kitobxonga  manzur  bo‘ladigan  so‘z  san’ati  namunasi hosil  qilinadi.  Shuning  uchun  badiiy  adekvat  tarjima 

ijodiy  tarjima  hisoblanib,  bu  asl  nusxaga  sodiq  qolishni”

32

  taqozo  etadi.  Masalan,  A.Oripov  tarjimasidagi 



Qaysin  Qulievning  “Hayrat”  she’ri.  E.Vohidov  tarjimasidagi  Sergey  Yesenin  she’rlari.  Xurshidning 

Hofizdan qilgan tarjimalari. 

“Guliston” besh marta tarjima qilingan (Sayfi Saroyi, Ogahiy, Mulla Murodxo‘ja, Ahmad Jalil, G‘afur 

G‘ulom – Sh.Shomuhamedov – R.Komilov). Ularni qiyosiy o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, “tarjimaga bo‘lgan 

talab zamonlar o‘tishi bilan o‘zgarib turgan. Agar Abu Rayhon Beruniy erkin tarjimani tanqid qilib, original 

ruhini  boshqa  tilda  aniq  qayta  yaratishni  talab  qilsa,  Muhammad  Temur  erkin  tarjima  tarafdori  sifatida 

maydonga chiqadi. Ogahiy ijodiy erkin tarjima prinsipiga amal qilsa, Murodxo‘ja tarixiy-lingvistik aniqlikka 

intilib, so‘zma-so‘z tarjima aqoidlariga sodiq bo‘lib qoladi”

33



                                                 



32

 К о м и л о в    Н. Бу қадимий санъат // Таржима санъати (Мақолалар тўплами). 3-китоб. – Тошкент, 1976. 75-76-бетлар. 

33

 Ўша ерда. 89-бет. 




 Tarjimashunoslik 


Download 1,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish