25-rasm. Yevropa opsionida pozitsiyalar boʻyicha opsion egasi toʻlovlar:
a) uzun opsion koll; b) qisqa opsion koll; c) uzun opsion put; d) qisqa opsion
put
Opsion shartnomalarida bazaviy aktivlar sifatida aksiyalar, valyutalar, fond
indekslari, fyucherslar olinadi.
Aksiyalar boʻyicha opsionlar
yoki
fond opsionlari
(
stock options
) Chikago
opsion birjasida, Filadelfiya fond birjasida (
www.fhlx.com
), Amerika fond
birjasida (
www.amex.com
), Tinch okeani fond birjasi (
www.pasifex.com
) va
Xalqaro qimmatli qogʻozlar birjasida (
www.iseoptions.com
) kotirovkalanadi.
Opsionlar 1000 dan ortiq turli xil aksiyalar boʻyicha tuziladi. Bitta kontrakt uning
egasiga 100 ta aksiyani belgilangan ijro etilish bahosi boʻyicha sotish yoki sotib
olish huquqini beradi. Bunday shartnoma miqdori aksiyalarning oʻzi uchun ham
qulay, qoidaga koʻra 100 dona aksiya boʻyicha lotlar sotiladi.
Xorijiy valyutalar boʻyicha opsionlar
ning katta qismi Filadelfiya fond
birjasida kotirovkalanadi. U yerda turli xil xorijiy valyutalarni oldi-sotdisi boʻyicha
yevropa va amerika opsionlari kotirovkalanadi. Bitta shartnoma miqdori valyuta
turiga bogʻliq. Masalan, Britaniya funt sterlingi boʻyicha bitta opsion shartnomasi
uning egasiga 31250 funt sterling sotib olish yoki sotish huquqini beradi. Yapon
ieni boʻyicha bitta opsion shartnomasi esa 6,25 million ien sotib olish yoki sotish
huquqini taqdim etadi.
Butun dunyo boʻyicha turli xil
fond indekslariga opsionlar
yoki
indeksli
opsionlar (index option)
kotirovkalanadi. Ulardan keng tarqalganlari sifatida S&P
500 (SPX), S&P 100 (OEX), Nasdaq 100 (NDX) va Dou-Jons (DJX) indekslariga
opsion shartnomalarini keltirish mumkin. Fond indekslari boʻyicha opsionlar ham
yevropa va amerika opsionlariga boʻlinadi. Masalan, S&P 500 (SPX) boʻyicha
opsion yevropa opsioni, S&P 100 (OEX) boʻyicha opsion esa amerika opsioni
hisoblanadi. Bitta shartnoma uning egasiga indeksning 100 baravari miqdoridagi
aktivni oldindan kelishilgan ijro etilish bahosi boʻyicha sotish yoki sotib olish
huquqini beradi. Hisob-kitoblar har doim naqd pulda amalga oshiriladi. Masalan,
S&P 100 indeksi boʻyicha opsion koll ijro etilish bahosi 980 dollarga teng.
Qachonki indeks bahosi 982 dollarga koʻtarilganda opsion bajariladigan boʻlsa
opsion sotuvchi uning egasiga (992 – 980) x 100 = 1200 dollar toʻlaydi. Naqd
hisob-kitoblar kun oxirida qayd etilgan indekslar qiymatiga asoslanadi. Yaʻni koʻp
holatlarda opsion egalari oʻz sotish yoki sotib olish huquqidan foydalanishga
ishonch hosil qilgandagina sotish yoki sotib olishini eʻlon qiladi va odatda
investorlar kun oxirigacha kutib turadi.
Fyuchers opsionlari
yoki
fyuchers boʻyicha opsionlar
(
futures option
)da
bazaviy aktiv sifatida fyuchers shartnomalari qoʻllanadi. Bunday opsion aniq
belgilab qoʻyilgan bazis aktiv boʻyicha fyuchers shartnomasini sotish yoki sotib
olish huquqini beradi. Hozirgi vaqtda asosida oddiy fyuchers shartnomalari
boʻlgan aksariyat aktivlar boʻyicha fyuchers opsionlari koʻpchilik uchun qulay.
Qoidaga koʻra, fyuchers shartnomalari va fyuchers opsionlar bitta birjada
kotirovkalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |