44
Bu ifoda J.Gordonning
nollik oʻsish modeli
sifitadi maʻlum va bu modeldan
qatʻiy belgilangan dividend toʻlanuvchi imtiyozli aksiyalarni baholash uchun
foydalanish mumkin.
Misol koʻrib chiqamiz.
Yillik 6 birlik dividend toʻlanadigan aksiyaning bozor bahosi 35 birlik. Agar
investor uchun daromadlilik meʻyori 20 foiz boʻlsa, aksiya qiymatini aniqlang.
𝑉 =
6
0,2
= 30 𝑏𝑖𝑟𝑙𝑖𝑘
Bundan koʻrinib turibdiki, aksiya ortiqcha
baholangan va boshqa shart-
sharoitlar teng boʻlganda uni sotib olishni rad etish kerak.
Nollik oʻsish modelida aksiya daromadliligi quyidagi formula boʻyicha
aniqlanadi:
𝑌 =
𝐷𝐼𝑉
𝑃
Yuqorida keltirilgan misol boʻyicha aksiya daromadliligi 6/35=0,1714 ga
teng va koʻrinib turibdiki talab qilinadigan daromadlilik meʻyori 20 foizdan past.
Bunday sharoitda operatsiyaning samarasizligi haqidagi xulosa tasdiqlanadi.
Aksiyalarni baholash boʻyicha oddiy va keng tarqalgan yondashuvlardan
yana biri doimiy oʻsish modeli hisoblanadi. Mazkur model asosida aksiyalar
boʻyicha dividend toʻlovlari proporsional tarzda qandaydir
g
miqdor (yaʻni bir xil
oʻsish surʻati)ga oʻsishi toʻgʻrisidagi taxmin (faraz) yotadi.
Shunda
DIV
t
= DIV
t-1
(
1+g
) yoki
DIV
t
= DIV
0
(
1+g
)
t
.
Bunday holatda aksiya qiymati quyidagicha aniqlanadi:
𝑉 = ∑
𝐷𝐼𝑉
0
(1 + 𝑔)
𝑡
(1 + 𝑟)
𝑡
= 𝐷𝐼𝑉
0
[∑
(1 + 𝑔)
𝑡
(1 + 𝑟)
𝑡
∞
𝑡=1
]
∞
𝑡=1
Koʻrish mumkinki, n→∞ sababli kvadrat qavs ichidagi ifoda
r˃g
boʻlganda
(1 + g)/(r – g) miqdorga intiladi:
Shunda doimiy oʻsish modeli quyidagi koʻrinishga keladi:
𝑉 = 𝐷𝐼𝑉
0
[
1 + 𝑔
𝑟 − 𝑔
] =
𝐷𝐼𝑉
1
𝑟 − 𝑔
Misol koʻrib chiqamiz.
Yuqoridagi misol boʻyicha dividendlarning doimiy oʻsishi yillik 5 foiz
boʻlishi kutilyapti. Boshqa shartlar oʻzgarmaganda aksiya qiymatini aniqlang.
𝑉 = 6 × [
1 + 0,05
0,2 − 0,05
] = 42 𝑏𝑖𝑟𝑙𝑖𝑘
Eslatib oʻtish kerakki, nollik oʻsish modeli doimiy oʻsish modelining g=0
boʻlgandagi alohida holati hisoblanadi.
Doimiy oʻsish modelida investitsiya daromadliligi quyidagi formula orqali
aniqlanadi:
𝑌 =
𝐷𝐼𝑉
0
(1 + 𝑔)
𝑃
+ 𝑔 =
𝐷𝐼𝑉
1
𝑃
+ 𝑔
Agar oldingi misolda aksiyaning bozor bahosi 35 birlik boʻlsa, boshqa
shartlar oʻzgarmagan holatda uning daromadliligi quyidagicha boʻladi:
45
𝑌 =
6 × (1 + 0,05)
35
+ 0,05 = 0,23 𝑦𝑜𝑘𝑖 23 𝑓𝑜𝑖𝑧
Gordon modeli aksiyalarni baholashda oddiy yondashuv boʻlsa ham, uning
qoʻllanilishi boʻyicha qator cheklovlar mavjud.
Bunda birinchi cheklov uzoq
muddat davomida (mohiyatiga koʻra muddatsiz ravishda) dividendlarning bir xil
surʻatda oʻsishi haqidagi faraz bilan bogʻliq. Korxonaning koʻrsatkichlari, xususan
foyda miqdorining bir xil surʻatda oʻsishi aniq emas va amaliyotda koʻpchilik
korxonalarda bunday farazlar oʻz isbotini topmaydi. Ikkinchi cheklov barqaror
oʻsish surʻatini belgilashda kuzatiladi. Umumiy holda barqaror oʻsish surʻatlarini
belgilashda oʻrtacha tarmoq koʻrsatkichi bilan muvofiqlashtirish
yoki farqli
jihatlarni asoslash talab etiladi.
Umuman Gordon modelini barqaror moliyaviy siyosatga va tarmoq boʻyicha
oʻrtacha oʻsish surʻatlariga yaqin oʻsishga erishayotgan aksiyadorlik jamiyatlariga
nisbatan qoʻllash maqsadga muvofiq.
Dividendlarni diskontlashning eng umumiy va reallikka yaqin modellaridan
biri
oʻzgaruvchan oʻsish modeli
hisoblanadi.
Bunday modelni amalga oshirishning mumkin boʻlgan yondashuvlarini
quyidagi rasmda keltiramiz (17-rasm)
17-rasm.
Do'stlaringiz bilan baham: