186
XVI bob. MOLIYA BOZORINI TARTIBGA SOLISH
16.1. Moliya bozorini tartibga solishning zarurligi va nazariy jihatlari
Moliya va uning alohida segmentlari hisoblangan qimmatli qogʻozlar bozori,
valyuta bozori, hosilaviy qimmatli qogʻozlar bozori boʻyicha
yangiliklar, mish-
mishlar, dunyo miyosida yoki alohida mamlakatdagi siyosiy yoki iqtisodiy
holatlarning oʻzgarishi, fors-major holatlari (katastrofalar, avariyalar, ob-havo
bilan bogʻliq holatlar) moliyaviy intrumentlar bahosida ham oʻz aksini koʻrsatadi.
Oʻz navbatida bu jihatlar bozor ishtirokchilari, investorlar,
emitentlar moliyaviy
holatiga bevosita taʼsir qiladi. Baholardagi bunday keskin reaksiya
yuqoridagilardan tashqari qonunchilikka zid xatti-harakatlar, turli koʻrinishdagi
moliyaviy firibgarliklar uchun asos hisoblanadi.
Moliya bozoridagi holat nafaqat alohida kompaniya va investorlar, balki
yaxlit iqtisodiyot,
davlatlar, mintaqalar, butun jahondagi holatga bogʻliq. Moliya
bozorlarini qonunchilikka zid xatti-harakatlar va firibgarliklardan himoya qilish
masalasi jahon hamjamiyati uchun nihotyada muhim hisoblanadi. Aynan shuning
uchun moliya bozori rivojlangan barcha davlatlarda birinchi navbatda davlat
tomonidan tartibga solishni ham oʻz ichiga olgan tartibga solish tizimi shakllangan.
Moliya bozorini tartibga solishning eng qatʼiy
tizimlaridan biri AQSHda
qoʻllaniladi. Mamlakatda moliya bozorida faoliyatning barcha jihatlari barcha
detallari bilan qonunchilik asosida tartibga solingan va unga amal qilish boʻyicha
qatʼiy nazorat oʻrnatilgan.
Moliya bozorini tartibga solish – moliya bozori barcha ishtirokchilari
(banklar, moliyaviy vositachilar, emitentlar, investorlar, qimmatli qogʻozlar bozori
professional ishtirokchilari va boshqalar) faoliyatini tartibga solishdir. Unda
moliya institutlari faoliyati turli davlat organlari tomonidan tartibga solinishi
mavjudligi holatlarida oʻzaro muvofiqlashtirilgan holda tartibga solish amaliyoti
qoʻllaniladi. Moliya bozorini tartibga solishda ichki va tashqi mexanizmlardan
keng foydalaniladi.
Ichki tartibga solish ichki meʼyoriy hujjatlar (ustav,
faoliyatni amalga
oshirish qoidalari, faoliyatga doir standantlar, etika qoidalari va boshqalar) asosida
moliya bozori ishtirokchilari faoliyati tashkil etilishini nazarda tutadi.
Moliya bozorini tartibga solishning tashqi mexanizmlari sifatida
megaregulyator va makroregulyator keng qoʻllaniladi. Moliya bozorini
megaregulyator orqali tartibga solish xalqaro tashkilotlar tomonidan belgilangan
talablar, prinsiplar asosida amalga oshiriladi. Makroregulyator esa bevosita davlat
tomonidan tartibga solishni nazarda tutadi va odatda qimmatli qogʻozlar bozorini
tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi belgilanadi. Jamoatchilik
tashkilotlari orqali moliya bozorini tartibga solish amaliyoti ham jahon amaliyotida
tashqi mexanizm sifatida keng qoʻllaniladi.
Moliya bozorlarini tartibga solishning bosh maqsadi bozorning shaffofligi va
samaradorligini taʼminlash uchun ishtirokchilar huquqlarini himoya qilishdir.
Bunda maqsaddan kelib chiqqan holda belgilanadigan
vazifalar quyidagilardan
iborat:
187
- moliya bozori va uning barcha ishtirokchilari samarali ishlashi uchun
sharoit yaratish;
- moliya bozoridagi tartibni saqlab turish;
- moliya bozorining barcha ishtirokchilarini alohida shaxslarning
firibgarliklaridan, jinoyatlaridan, umumiy holda noqonuniy xatti-harakatlaridan
himoya qilish;
- moliya bozorining barcha segmentlarida moliyaviy instrumentlar boʻyicha
baholar shakllanishini erkin talab va taklif asosida tashkil etish;
- pul mablagʻlarini qayta taqsimlash mexanizmi sifatida moliya bozori va
uning yangi segmentlari rivojlanishini ragʻbatlantirish;
- moliya bozori ishtirokchilari zimmasidagi majburiyatlar (masalan,
axborotlarni oshkor qilish boʻyicha)ning bajarilishi boʻyicha
nazoratni amalga
oshirish qilish va boshqalar.
Moliya bozorining regulyativ infratuzilmasi moliya bozorining normal
ishlashini taʼminlovchi tizimlardan biridir. Unga quyidagilarni kiritish mumkin:
- tartibga soluvchi organlar (davlat tartibga soluvchi organlari va oʻzini oʻzi
tartibga soladigan tashkilotlar);
- tartibga soluvchi funksiyalar va jarayonlar (registratsiya, litsensiya,
attestatsiya, nazorat);
- huquqiy infratuzilma (moliya bozori ishlashi uchun meʼyoriy-huquqiy
baza);
- moliya bozoridagi kasbiy etika;
- amaliy odatlar va anʼanalar.
Moliya bozorini tartibga solish davlat va oʻzini oʻzi tartibga solishga
boʻlinadi. Oʻz navbatida qimmatli qogʻozlar bozorini davlat tomonidan tartibga
solish toʻgʻridan-toʻgʻri (maʼmuriy) va bilvosita (iqtisodiy) tartibga solishga
ajratiladi.
Davlat tomonidan toʻgʻridan-toʻgʻri (maʼmuriy)
tartibga solish moliya
bozori ishtirokchilariga nisbatan majburiy talablarni belgilash, faoliyat turlarini
litsenziyalash (bank faoliyati, qimmatli qogʻozlar bozorida professional faoliyat,
sugʻurta faoliyati, investitsiya fondlari faoliyati va boshqalar),
qimmatli
qogʻozlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish, oshkoralik va bozor ishtirokchilarining
oʻzaro teng holatda xabardorligini taʼminlash va hokozolar orqali amalga
oshiriladi.
Moliya bozorini bilvosita (iqtisodiy) tartibga solish esa byudjet-soliq
siyosati, pul-kredit siyosati, xususiylashtirish (davlat mulkini boshqarish) siyosati
kabilar vositasida amalga oshiriladi.
Umumiy holda moliya bozorini tartibga
solishda davlat quyidagi
funsiyalarni bajaradi (16.1-jadval).
16.1-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: