Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi toshkеnt moliya instituti


Davlat qisqa muddatli qimmatli qogʻozlarining diskont stavkalari



Download 5,02 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/128
Sana30.10.2022
Hajmi5,02 Kb.
#858425
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   128
Bog'liq
Moliya bozori Darslik

Davlat qisqa muddatli qimmatli qogʻozlarining diskont stavkalari
6
 
Qimmatli qogʻozlar turlari 
11.04.2018 
holatiga 
03.2018 
holatiga 
03.2017 
holatiga 
Bir yillik qimmatli qogʻozlar 
boʻyicha 
2.09 
2.03 
1.04 
91
 kunlik qimmatli qogʻozlar 
boʻyicha 
1.72 
1.67 
0.83 
182
 kunlik qimmatli boʻyicha 
1.88 
1.85 
0.95 
Qayta sotib olinuvchi shartnomalar (Repurchase agreements). Korxonalar 
davlat qimmatli qogʻozlarini qayta sotib olish sharti bilan boshqa shaxsga sotishi 
mumkin. Bunda qancha miqdorda va qachon qaytarib sotib olish oldindan kelishib 
olinadi. Aksariyat qayta sotib olinuvchi shartnomalar 3 kundan 14 kungacha 
boʻlgan muddatga ega boʻlsada ayrim hollarda bu muddat 1 oydan 3 oygacha ham 
boʻlishi mumkin.
Depozit sertifikatlari bank tomonidan emissiya qilinuvchi qimmatli qogʻoz 
boʻlib, oʻzida muddatni hamda foiz stavkasini aks ettiradi. Ushbu turdagi qimmatli 
qogʻoz oraliq instrument boʻlib, belgilangan muddat tugagandan soʻng ushbu 
sertifikatni bankga taqdim etgan shaxs asosiy summani hamda foiz toʻlovini qoʻlga 
kiritadi. AQSH misolida koʻradigan boʻlsak, depozit miqdori $100 000 dan $10 
milliongacha boʻladi.
Real sektor korxonalari tomonidan emissiya qilinadigan pul bozori 
instrumenti bu tijorat qogʻozi (Sommercial paper) hisoblanadi. Tijorat qogʻozi 
taʼminlanmagan qarz majburiyatini ifodalovchi, korxonalari tomonidan emissiya 
qilingan qimmatli qogʻoz boʻlib, odatda muddati 270 kungacha boʻladi. Sababi 
ushbu qimmatli qogʻoz taʼminlanmagan boʻlib, buning muddatini uzaytirish 
bankrotlik riskini oshirib yuboradi. Faqatgina kreditga layoqatli korxonalar ushbu 
turdagi qimmatli qogʻozni emissiya qilish imkoniga ega. Ularni emissiya qilish 
talablari mavjud boʻlib, unga koʻra ularning muddati AQSH amaliyotida 270 
kundan oshmasligi lozim. Bundan koʻzlangan maqsad ushbu qimmatli qogʻozni 
registratsiyadan oʻtkazishdan qochish, yaʼni qonunchilikda 270 kundan ortiq 
muddatga ega boʻlgan qimmatli qogʻozlar Qimmatli qogʻozlar va ularni 
ayriboshlash komissiyasidan roʻyxatdan oʻtkazilishi lozim. Asosiy qimmatli 
qogʻozlar asosan 20 kundan 45 kungacha boʻlgan muddatga ega boʻlib, asosan 
diskontlash asosida emissiya qilinadi. Taxminan 60% tijorat qogʻozlari bevosita 
emitentdan investorga sotiladi. Bu turdagi qimmatli qogʻozlar uchun ikkilamchi 
bozor mavjud emas.
Shu oʻrinda savol tugʻilishi tabiiy. Pul bozori instrumentlarining 
daromadlilik darajasi qanday aniqlanadi? Ular emissiya qilingandan soʻng oʻzining 
nominal bahosidan past narxda sotiladi va muddati kelganda esa uni sotib olgan 
investor qimmatli qogʻozni emitentga taqdim etib, qimmatli qogʻozning 
6
https://www.bankrate.com/rates/interest-rates/treasury.aspx
 


19 
nominaliga teng boʻlgan summani qaytarib oladi. Shundan kelib chiqib, ularning 
daromadlilik darajasi quyidagicha aniqlanadi.
7
𝑖
discount
=
F−P
F
х
360
n
(1) 
Bunda: 
𝑖
discount
– yillik diskont stavka; 
𝐹
 – 
qimmatli qogʻozning nominal bahosi; 
𝑃
 – 
sotish bahosi; 
n– 
muddati (kunda); 
 
Bankir kafolati (Bankerʻs acceptance) XII asrdan boshlab qoʻllanila 
boshlagan. Aniqrogʻi shu turdagi operatsiyalar amalga oshirilishining ilk 
bosqichlari oʻsha davrga toʻgʻri keladi. Ushbu qimmatli qogʻoz sotuvchidan 
xaridorga hali yetkazilmagan mahsulotni moliyalashtirish uchun ishlatiladi. 
Tasavvur qilamiz, ABC kompaniyasi Yaponiyaning XYZ kompaniyasidan 
buldozer sotib olmoqchi, ammo XYZ kompaniyasi pulni qoʻlga kiritishdan oldin 
buldozerni yuborish niyatida emas, sababi u kompaniya haqida unda yetarli 
maʼlumot yoʻq. Oʻz navbatida ABC kompaniyasi ham buldozerni qabul qilishdan 
avval pulni oʻtkazib berish niyatida emas. Ushbu vaziyatda bank Bankerʻs 
acceptanceni emissiya qilish orqali eksport qiluvchi tomon nomidan import 
qiluvchi tomonga kafolat beradi. Ushbu qimmatli qogʻoz qisqa muddatli yaʼni 30 
kundan 180 kungacha boʻlib, ikkilamchi bozorda ushbu muddat tugaguniga qadar 
sotilishi ham mumkin. Bank bu vaziyatda oʻz xizmati uchun 2-3% atrofida haq 
oladi. 
Yevrodollar (Eurodollars). Dollarning barqaror valyuta ekanligini inobatga 
olgan holda aksariyat shartnomalar dunyo boʻyicha AQSH dollarida amalga 
oshiriladi. Shu sababdan koʻplab kompaniyalar va davlatlar dollarda zaxira 
saqlashni afzal koʻradi. Shu oʻrinda savol tugʻiladi. Yevrodollar nima? Yevrodollar 
xorijiy banklar yoki Amerika banklarining xorijiy filiallarida dollarda 
shakllantirilgan depozitlar hisoblanadi. 
Pul bozori instrumentlarini taqqoslaydigan boʻlsak, ularning foiz stavkalari 
orasida deyarli tavofut yoʻq. Ularning barchasi diskontlash amaliyotini qoʻllash 
orqali soʻndirilishini inobatga oladigan boʻlsak, diskont stavkalarining yuqori yoki 
past boʻlishi faqatgina ushbu qimmatli qogʻozlarning muddatiga bogʻliq 
hisoblanadi. 
Ularning likvidlilik darajasini taqqoslaydigan boʻlsak, davlat qisqa muddatli 
qimmatli qogʻozlarining likvidlilik darajasi tijorat qogʻozlarinikiga nisbatan 
yuqoriroq hisoblanadi, sababi, tijorat qogʻozlarini sotishning aksariyat hollarda 
imkoni yoʻq, shu sababli investorlar ushbu qimmatli qogʻozni soʻndirilish 
muddatini kutadi. 
Tijorat banklari tomonidan taqdim etiladigan overdraft, overnayt kreditlari 
ham 
pul bozorida keng qoʻllaniladigan amaliyotlardan 
hisoblanadi. 
7
Frederic S. Mishkin, Stanley G. Eakins, Financial Markets and Institutions, US Prentice Hall 2013, P. 261


20 
Mamlakatimizdagi tijorat banklari tomonidan overdraft kreditlari keng doirada 
qoʻllanila boshlanganligini ham shu oʻrinda qayd etib oʻtish zarur. 

Download 5,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish