82
Bayon etilgan yondashishlar bandlikni prognozlashtirishda keng
qoʻllaniladi, ammo bozor iqtisodiyoti asosida xoʻjalik yuritishga oʻtish
bu muammoni mehnat unumdorligi oʻsishining
berilgan foizi emas,
balki tovarlarga talab nuqtayi nazaridan oʻrganishni taqozo etadi.
Bunday yondashishning mohiyati shundan iboratki, qishloq xoʻjaligi va
sanoat tarmoqlarida xodimlar soni ushbu tarmoqlarda ishlab chiqarilgan
tovarlarga boʻlgan talablardan kelib chiqqan holda belgilanadi. Bozor
iqtisodiyoti qishloq xoʻjaligi va sanoatning har bir tarmog‘ida YaIM ni
eng koʻp ishlab chiqarishni ta’minlash va yakuniy natijada bandlikni
oshirish boʻyicha imkoniyatlarni baholash uchun haqiqiy ishlangan ish
vaqtini aniqlash masalasiga alohida munosabatni talab qiladi.
Fikrimizga koʻra, aholi bandligi
prognozini aniqlash uchun
qishloq xoʻjaligi va sanoatning har bir tarmog‘ida YaIMning yillik
ishlab chiqarilishi va bir ishlovchining oʻrtacha yillik ishlangan kunlar
miqdorini baholash talab qilinadi.
Yillik YaIMni
prognozlashtirishda
iqtisodiy-statistika va
ekonometrik tadqiqotlarning turli xil uslublaridan foydalanish mumkin
[3,4]. Kobb-Duglasiiig ishlab chiqarish
funksiyasi ushbu barcha
uslublarning asosi boʻladi. Yondashishlardan biri shundan iboratki, bir
yillik YaIM – T vaqti orqali, tarmoq YaIMini ishlab chiqarishi – X yor-
damida, mehnat sifati sarfining koʻrsatkichi qishloq xoʻjaligi va sanoat
tarmoqlarida band boʻlganlar ishchilar sonini (S) ularning umumiy
soniga (N) nisbati (CFN) sifatida aiiqlanadi:
bu yerda, O – bir yildagi YaIMning a
0
, a
1
, a
2
, a
3
– parametrlaridir.
YaIM yillik ishlab chiqarilishining
prognozi belgilangandan
keyin, tarmoqlarda uning ishlab chiqarishini ta’minlash uchun zarur
boʻlgan soatlarning umumiy miqdorini aniqlash mumkin. Keyin
bandlikning prognozi uchun qishloq xoʻjaligi
va sanoat tarmoqdarida
bir ishlovchiga ishlangan kunlarning oʻrtacha yillik miqdorini baholash
zarur. Bunday prognozni oʻtgan yillarda ma’lum boʻlgan tendensiyalar
asosida, matematik statistikaning yaxshi ishlab chiqilgan uslublarini
qoʻllab amalga oshirish mumkin.
83
Shunday qilib, yuqorida koʻrsatilgan
baholarni hosil qilib, band
boʻlganlar miqdorini YaIMni eng koʻp qishloq xoʻjaligi mahsulotlari
ishlab chiqarilishini ta’minlash uchun zarur kunlarning umumiy sonini
prognozda belgilangan oʻrtacha yillik ishlangan kunlar soniga alohida
boʻlish sifatida aniqlash mumkin.
Mazkur tarmoqlardagi bandlikning prognozi mulkchilik shakllari
boʻyicha band boʻlganlar umumiy soni taqsimlanishini rognozda koʻzda
tutish uchun boshlang‘ich nuqta boʻladi. Ushbu prognozlashtirish koʻp
omillik modellardan foydalanishga asoslangan uslublarni qoʻllash bilan
amalga oshiriladi. Koʻp omillik modellarni tuzishning
Do'stlaringiz bilan baham: