Shovot tumani xalq ta’limi bo‘limi


MATEMATIKA FANI MASHG`ULOTLARIDA INTERFAOL METODLARDAN



Download 312,61 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/9
Sana26.10.2022
Hajmi312,61 Kb.
#856819
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Aniq fanlar oyligini o\'tkazish bo\'yicha Shovot tuman XTB xati

MATEMATIKA FANI MASHG`ULOTLARIDA INTERFAOL METODLARDAN 
FOYDALANISH 
 
Qisqa vaqt orasida muayyan nazariy bilimlarni o‘quvchilarga yetkazib berish, ularda 
ma`lum faoliyat yuzasidan ko`nikma va malakalarni hosil qilish, shuningdek, o‘quvchilar 
faoliyatini nazorat qilish, ular tomonidan egallangan bilim, ko`nikma va malakalar darajasini 
baholash o`qituvchidan yuksak pedagogik mahorat hamda ta`lim jarayoniga nisbatan yangicha 
yondashuvni talab etadi.
“Kichik guruhlarda ishlash” metodi. Kichik guruhlarda ishlash orqali o`rganish -
ma`lum muammoning yechimini topishga va o`quvchilar faolligini oshirishga qaratilgan 
darsdagi ijodiy hamkorlikdagi ish. Bosqichlari: guruhlarga bo`lish, muammoni guruhlarda 
muxokama qilish, muammoning yechimlari taqdimoti, xulosalash. Bu yondashuvda kichik 
guruhlar 4 ta o`quvchidan tashkil topadi. O`qituvchi avval mavzuni tushuntiradi, so`ngra 
o`quvchilarning mustaqil ishlari tashkil etiladi. O`quvchilarga berilgan o`quv topshiriqlari 4 
qismga ajratilib, har bir o`quvchi topshiriqning ma`lum qismini bajaradi. Topshiriq yakunida har 
bir o`quvchi o`zi bajargan qism yuzasidan fikr yuritib, o`rtoqlarini o`qitadi, so`ngra guruh 
a`zolari tomonidan topshiriq yuzasidan umumiy xulosa chiqariladi. O`qituvchi har bir kichik 
guruh axborotini tinglaydi va test savollari yordamida bilimlarni nazorat qilib baholaydi. 
O`quvchilarning kichik guruhlardagi o`quv faoliyati o`yin (turnir, musobaqa) shaklida, 
individual tarzda ham tashkil etilishi mumkin. Bu metodda ko`proq o`quvchilarning mustaqil va 
ijodiy ishiga e`tibor qaratiladi. O`quvchilar alohida-alohida yoki 6 kishilik kichik guruhlarda 
ijodiy izlanish olib boradilar. Ijodiy izlanish kichik guruhlarda tashkil etilganda darsda o`rganish 
lozim bo`lgan o`quv materiali kichik qismlarga ajratiladi. Keyin bu qismlar yuzasidan 
topshiriqlar har bir o`quvchiga taqsimlanadi. Shunday qilib, har bir o`quvchi umumiy 
topshiriqning bajarilishiga o`z hissasini qo`shadi. Kichik guruhlarda topshiriq yuzasidan 


munozara o`tkaziladi. Guruh a`zolari birgalikda ma`ruza tayyorlaydi va sinf o`quvchilari 
o`rtasida o`z ijodiy izlanishlari natijasini e`lon qiladi. Kichik guruhlar o`rtasida o`tkazilgan 
o`quv bahsi, munozara o`quvchilar jamoasining hamkorlikda bajargan mustaqil faoliyatining 
natijasi, yakuni sanaladi. Hamkorlikda ishlash natijasida qo`lga kiritilgan muvaffaqiyatlar sinf 
jamoasining har bir o`quvchining muntazam va faol aqliy mehnat qilishiga, kichik guruhlarni, 
umuman sinf jamoasini jipslashtirishga, avval o`zlashtirilgan bilim, ko`nikma va malakalarni 
yangi kutilmagan vaziyatlarda qo`llanib, yangi bilimlarning o`zlashtirishiga bog`liq bo`ladi.
Charxpalak metodi. “Charxpalak” texnologiyasidan o`quv mashg`ulotlarining barcha 
turlarida, dars boshi va oxirida, biror bo`lim tugatilganidan keyin, o`tilgan mavzularni 
o`zlashtirganlik darajasini baholashda, takrorlash, mustahkamlash, oraliq va yakuniy nazoratlarni 
o`tkazishda foydalanish mumkin. Mashg`ulotlarni yakka va guruh shaklida tashkil etsa bo`ladi. 
O`tkazish tartibi:o`quvchilar texnologiya mexanizmi bilan tanishtiriladi; sinf kichik guruhlarga 
ajratiladi; guruh a`zolariga tarqatma materiallar tarqatiladi; topishriqlar avval yakka holda 
bajariladi; tarqatma materiallar guruh tomonidan biror belgi bilan belgilanadi; topshiriq 
bajarilgandan keyin (charxpalak aylanmasidek) material keyingi guruhga uzatiladi; yangi guruh 
materiallarni o`rganib, kerakli joylariga o`zgartirish kiritadi; keyin tarqatma material keyingi 
guruhga uzatiladi; tarqatma material shu tartibda guruhlar orasida aylanib chiqadi; har bir guruh 
a`zosi o`zi ilk bor to`ldirgan tarqatma materialni (qo`yilgan beligiga) tanlab oladi; har bir guruh 
a`zosi javoblarini boshqalarning tuzatishlari bilan taqqoslab o`rganib chiqadi; o`qituvchi aytgan 
to`g`ri javobni o`z javoblari bilan solishtiradi; har bir o`quvchi to`g`ri va noto`g`ri javoblarni 
aniqlaydi va o`zini-o`zi baholaydi.
“Zinama-zina” metodi. “Zinama-zina” texnologiyasidan foydalanish darsning yanada 
qiziqarli va tushunarli bo`lishiga xizmat qiladi. Mazkur usuldan ma`ruza, seminar, amaliy va 
laboratoriya mashg`ulotlarida yakka yoki kichik guruhlarga bo`lingan holda foydalanish 
mumkin. Bu o`qituvchining qo`ygan vazifasiga qarab belgilanadi. Ahamiyatli jihati, sinfdagi har 
bir o`quvchining bilimini individual baholashda “Zinama-zina” usuli qo`l keladi. Qolaversa, 
vaqtni tejashga yordam beradi. Quyida ikki o`quvchini bir vaqtda baholashga misol keltirilgan: 
matematika fanining biror bo`limida o`tilgan mavzularga doir savollar tanlanadi; doskaga ikki 
tomondan bir xil chiqib boriladigan pog`onasimon chizma chiziladi, har bir pog‘onaga savollar 
yoziladi; har ikki tomondagi pog`onalar soni teng bo`lishi kerak; ikki o`quvchi doskaga 
chiqariladi va topshiriqni bir vaqtda bajarishga kirishadi; har ikki o`quvchiga berilgan 
topshiriqlar o‘tilgan mavzu yuzasidan bir-biriga yaqin hamda o‘xshash bo‘lishi kerak; 
topshiriqni birinchi va to‘g‘ri bajargan o‘quvchi nisbatan yuqoriroq baholanadi; baholash tartibi 
pog`onalar soniga qarab quyida keltirilgan mezon asosida amalga oshiriladi. Pog‘onalar 9 ta 
bo‘lsa: 8-9 ta to`g`ri javobga “a‘lo”, 6-7 ta to‘g‘ri javobga “yaxshi”, 5 ta to‘g‘ri javobga 
“qoniqarli” baho qo‘yiladi. O‘qituvchilarning matematika fani asoslarini o‘qitishda yo‘naltirilgan 
mashg‘ulotlar jarayonini noan`anaviy shakllarda tashkil etish, ta`lim jarayonini mukammal 
andoza asosida loyihalashga erishish, mazkur loyihalardan oqilona foydalana olish 
ko‘nikmalariga ega bo‘lishi ta‘lim oluvchilar tomonidan nazariy bilimlarning puxta, chuqur 
o‘zlashtirilishi, ularda amaliy ko‘nikma va malakalarning hosil bo‘lishining kafolati bo‘la oladi. 

Download 312,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish