Vertushka metodi
Bu treningda 3 ta yoki 5 ta guruhga material tarqatiladi va har bir gurux yakka holda to`g`ri javobni belgilaydi. Keyin bu materiallar guruhlarga aralashtirilib beriladi, yana belgilanadi, 3 yoki 5 marta aylangandan keyin o`qituvchi va talabalar bilan umumiy va to`g`ri javob o`rtoqlashiladi.
№
|
Ildiz shakillari
|
Popuk ildiz
|
O`q ildiz
|
Ildiz meva
|
Ildiz tuganak
|
Tayanch ildiz
|
1
|
Makkajo`xori
|
|
|
|
|
|
2
|
Sabzi
|
|
|
|
|
|
3
|
Arpa
|
|
|
|
|
|
4
|
Yantoq
|
|
|
|
|
|
5
|
Sholg`om
|
|
|
|
|
|
6
|
Georgin (kartoshka gul)
|
|
|
|
|
|
7
|
Batat
|
|
|
|
|
|
8
|
G`o`za
|
|
|
|
|
|
9
|
Suli
|
|
|
|
|
|
10
|
O`rik
|
|
|
|
|
|
Mustaqil ishlash tartibi.
Har bir talaba gerbariy olib, undagi o`simlikning alohida organlarini morfologik tuzilishini sinchiklab tekshirib o`rganadi. O`simliklarning ta’rifini yozishda albatta, ma’lum rejaga rioya etish zarur.
Albomning chap tomoniga o`simlik vegetativ organlarining morfologik tuzilishini ta’rifi yoziladi. Morfologik analizning to`g`riligini talabalar, o`qituvchidan so`rab bilishlari kerak.
Albomning o`ng tomoniga ildiz, poya va barg rasmi chizib, qismlari yozib qo`yiladi.
O`simlik morfologiyasini ta’riflash rejasi:
1. Er osti organi:
a) Ildiz. Ildiz sistemasi tipini aniqlash (o`q ildiz, popuk ildiz) metamorfoz:
b) Ildizpoya. O`sish xususiyatlari (tik yoki yoniga)
v) Piyozbosh. Kattaligi, rangi.
g) Tuganak. SHakli, rangi, kattaligi
2. Poya. Poyaning turlari: yog`ochli, qisman yog`ochli, o`tli.
a) Shakli yumaloq, yumaloq bo`g`imli, uch qirrali, to`rt qirrali, ko`p qirrali, yassi;
b) O`sish yo`nalishi: tik o`suvchi, o`rmalab o`suvchi, ilashib o`suvchi, chirmashib o`suvchi, sudralib o`suvchi va boshqalar;
v) Shoxlanishlar: monopodial, simpodial, dixotomik, soxta dixotomik;
g) Poyaning metamorfozi: gajak, jingalak va tikanlarning necha mm yoki sm ekanligi o`lchab yoziladi.
3. Barg. Oddiy yoki murakkab bargligi aniqlanadi.
Agar oddiy barg bo`lsa:
a) Barg plastinkasining shakliga qarab lentasimon, lantsetsimon, ninasimon, tuxumsimon, teskari tuxumsimon, yumaloq, ellipssimon, panjasimon, yuraksimon, uchburchak, strelkasimon, buyraksimon, duksimon va boshqalar.
b) Tomirlanishi: parallel, yoysimon, to`rsimon, patsimon, panjasimon, yulduzsimon.
v) Barg plastinkasining qirralari: tekis, oddiy tishchali, qo`sh tishchali, arrasimon tishli, o`yiq, ilon izi va boshqalar.
g) Barg qirqilishi: bo`lakli, qirqilgan, ajralgan.
Endi murakkab barglarni ko`rib chiqamiz.
d) Uch bargchali, besh, etti bargchali (panjasimon), toq panjasimon, juft panjasimon. Qolgan qismlari oddiy barg singari aniqlanadi.
e) Barglarning poyalarda joylanishi: ketma-ket, qarama-qarshi va halqasimon.
Do'stlaringiz bilan baham: |