-4-
Fanning o'quv rejadagi boshqa fanlar bilan o'zaro
bog'liqligi va uslubiy jihatdan uzviy ketma-ketligi
«Dasturlash tillari » fani bir qator fanlar bilan uzviy bog'liqdir. Shu jumladan
«Informatika», «Ob'ektga yo'naltirilgan dasturlash tillari», «Dasturlash texnologiyasi»
va «Tizimli dasturiy ta'minot» fanlarini bilish juda muhimdir. Fanni o'rganish
natijasida ega bo'lingan bilimlar ixtisoslik fanlarini muvaffaqqiyatli o'zlashtirishda va
bitiruv malakaviy ishini bajarishda o'z ifodasini topadi.
Fanning ishlab chiqarishdagi o'rni
Hozirgi kunda kompyuter va kompyuter tarmoqlari yordamida talabalarga ta'lim
berish borasida davlatimiz tomonidan muayyan ishlar olib borilmoqda. O'qitishning
kompyuterlashgan, axborot va boshqa zamonaviy texnologik vositalardan (turli
animatsiyalar, virtual laboratoriyalar va boshqalar) foydalanish hozirgi zamon
talabidir.
Tajriba mashg'ulotlarini olib borishda, «Dasturlash tillari» fanidan tayyorlangan
elektron darslik, elektron qo'llanmalar va C++ dasturlash tili dasturiy ta'minotidan
foydalaniladi.
Bundan tashqari, tajriba ishlarini bajarishda C++dan foydalanib, dasturlar tuzish,
har bir topshiriqni amaliy dasturlar bog'lami ko'rinishiga
keltirish va kelajakda
foydalanish uchun yo'riqnomalar tayyorlanadi.
Fanni o'qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar
Ta'lim tizimini isloh qilish – bu ta'limning mazmunini yangilash, o'qitishning
zamonaviy
uslublarini tadbiq qilish, o'quv jarayonida yangi ta'lim vositalaridan
foydalanishni yo'lga qo'yish demakdir. SHu bois bugungi kunda ilg'or
pedagogik
texnologiyalarni qo'llash zaruriyati vujudga keldi. Biz orzu qilayotgan ilg'or pedagogik
texnologiyalar rivojlantiruvchi ta'lim tamoyillariga ega bo'lib, birinchi navbatda talaba
shaxsiga yo'naltirilgan bo'lmog'i lozim.
Ilg'or pedagogik texnologiyalar – bu Kadrlar tayyorlash milliy dasturida ko'zda
tutilgan vazifalarni bajarishda qo'llanadigan asosiy pedagogik usuldir. Bu usulni
qo'llash uchun quyidagi muammolarni hal qilish lozim:
- talabalarni mustaqil ta'lim olishlari uchun alohida
sharoitlar yaratish;
-5-
- dars mashg'ulotlarida talabaning faolligini orttirish, buning uchun ko'proq
interfaol uslublardan foydalanish;
- ta'lim jarayonida ta'limiy va tarbiyaviy maqsadlarni amalga oshirishda tarixiy
an'analarga, halqning boy ma'naviy me'rosiga tayanib
umuminsoniy qadriyatlarni
hisobga olgan holda ish yuritish;
- ta'lim jarayonida noan'anaviy dars shakllaridan (musobaqa, konkurs, amaliy
o'yinlar va h.k.) samarali foydalanish;
- dars jarayonida talabani o'qitish emas, ko'proq o'qishga bilim olishga o'rgatish;
- reproduktiv bilim berish usullaridan evristik uslublarga o'tish,
olinayotgan
natijalarni o'quvchining o'zi «ixtiro» qilishiga erishish.
Do'stlaringiz bilan baham: