O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti “ davlatiy moliya


 Byudjet defitsiti va byudjet siyosati muammolariga kontseptual



Download 2,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/96
Sana26.10.2022
Hajmi2,91 Mb.
#856520
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   96
Bog'liq
22870c363bf3c6a372e0b13ea3f9df2e BYUDJET-SOLIQ SIYOSATI

 
4. Byudjet defitsiti va byudjet siyosati muammolariga kontseptual 
yondoshuvlar 
Hozirgi paytda iqtisod (moliya) ilmida va jahon amali-yotida byudjet 
defitsiti va byudjet siyosati muammolariga nisbatan bir necha kontseptual 
yondoshuvlar mavjud. Byudjet defitsitiga nisbatan byudjet siyosati ishlab 
chiqilayotgan paytda ularni hisobga olish yoki ularga e‘tibor berish muhim 
ahamiyatga ega. Shu munosabat bilan quyida ularning ayrimlari xususida, 
qisqacha, to‗xtalib o‗tishga harakat qilamiz. 
Byudjet defitsiti va unga daxldor bo‗lgan byudjet siyosatining birinchi 
kontseptsiyasi ostida mamlakatning davlat byudjeti har yili balanslashtirilgan 
bo‗lishi kerak, degan g‗oya yotadi. O‗z navbatida, bu g‗oyaning amaliyotda 
muvaffaqiyatli amalga oshirilishi byudjet defitsiti va u bilan bog‗liq bo‗lgan 
muammolarning barchasini, tabiiyki, kun tartibidan olib tashlaydi. Shu munosabat 
bilan ta‘kidlash joizki, bunday g‗oya o‗z-o‗zidan yoki sun‘iy ravishda paydo 
bo‗lmagan. Chunki o‗tgan XX asrning 30-yillaridagi (1929-1932 yillar) ―Buyuk 
depressiya‖ga qadar har yili balanslashtiriladigan byudjet davlat moliyasi va 
moliyaviy siyosatning istagan (ko‗zda tutgan) maqsadi sifatida umume‘-tirof 
etilgan edi.
Biroq, 
bu 
muammo 
atroflicha 
ko‗rib 
chiqilganda 
har 
yili 
balanslashtiriladigan byudjet antitsiklik, barqarorlash-tiruvchi yo‗nalishga ega 
bo‗lgan davlat fiskal siyosatining samaradorligini, asosan, yo‗qqa chiqarishi yoki 
uning bu darajasini keskin kamaytirishi mumkinligi ma‘lum bo‗ladi. Buning 
ustiga, har yili balanslashtiriladigan byudjet, aslida, iqtisodiy tsiklning tebranishini 
chuqurlashtiradi ham. Bir tasavvur qilib ko‗ring: iqtisodiyot ishsizlikning uzoq 
vaqt davom etishiga duch kelgan. Bunday sharoitda (vaziyatda) aholining 
daromadlari pasayadi, byudjetga borib tushuvchi soliq tushumlari esa, avtomatik 
tarzda, qisqaradi. Byudjet defitsiti va unga daxldor bo‗lgan byudjet siyosati 
kontseptsiyasining ostida mamlakatning davlat byudjeti har yili balanslashtirilgan 
bo‗lishi kerak, degan g‗oya yotgan hukumat byudjetni tezda balanslashtirishga 
harakat qilib, yo mavjud soliqlarning stavkasini oshirishi, yo davlat xarajatlarini 
qisqartirish yoki bir vaqtning o‗zida ana shu ikki varintning kombinatsiyasidan 


36 
foydalanishi kerak. Holbuki, bunday choralarning qo‗llanishi, oxir-oqibatda, jami 
talabning yanada ko‗proq qisqarishiga olib keladi. 
Davlat byudjetini har yili balanslashtirishga urinish, pirovardida, 
inflyatsiyani ham rag‗batlantirishi mumkin. Chunki inflyatsiya sharoitida aholining 
pul daromadlarini oshirish avtomatik tarzda soliq tushumlarini oshiradi. Buning 
natijasida byudjet daromadlari va xarajatlari o‗rtasida musbat farq vujudga kelib, 
davlat byudjetini balanslashtirish uchun hukumat yana quyidagi choralarni 
qo‗llashi lozim: yo amaldagi soliqlarning stavkasini pasaytirish, yo davlat 
xarajatlarining hajmini oshirish yoki ana shu ikki choraning kombinatsiyasidan 
foydalanish kerak. Bunday sharoitda byudjetni balanslashtirish maqsadida 
yuqoridagi choralarning qo‗llanilishi iqtisodiyotdagi inflya-tsion bosimni 
kuchaytiradi. 
Yuqoridagi mulohazalardan kelib chiqadigan asosiy xulosa quyidagidan 
iborat: har yili balanslashtiriladigan byudjet iqtisodiy jihatdan xolis hisoblanmaydi. 
Ana shu va boshqa muammolarning mavjudligiga qaramasdan dunyoning juda 
ko‗p mamlakatlarida byudjetni har yili balanslash-tirilgan bo‗lishini ko‗zda 
tutuvchi konstitutsion tuzatmani qabul qilish g‗oyasini qo‗llab-quvvatlovchilar 
mavjud
23

Byudjet defitsiti va unga daxldor bo‗lgan byudjet siyosati ikkinchi 
kontseptsiyasining asosiy yoki tub mazmunini mamlakatning davlat byudjeti har 
yili emas, balki iqtisodiy tsikl davomida balanslashtirilishi kerak, degan g‗oya 
tashkil qiladi. Bu kontseptsiyaga ko‗ra, mamlakat hukumati, bir tomondan, 
iqtisodiy jarayonlarga antitsiklik ta‘sirni amalga oshirsa, ikkinchi tomondan, bir 
vaqtning o‗zida, mamlakat byudjetini balanslashtirishga ham intiladi. Biroq, bu 
holda, yuqorida qayd etilganidek, byudjet har yili balanslashtirilmasligi mumkin. 
Aksincha, bunday vaziyatda iqtisodiy tsikl davomida byudjetning balanslashtiril-
ganligiga erishishning o‗zi etarli hisoblanadi. 
Bu kontseptsiya ham o‗zining mantiqiy asosiga ega. Uni oddiy, oqil va 
jozibador, deb hisoblash mumkin. Bularning sababi shundaki, bu kontseptsiyaga 
binoan ishlab chiqarishning qisqarishiga qarshi turish uchun hukumat, dastlab, bir 
tomondan, soliqlarni pasaytirishi va ikkinchi tomondan, davlat xarajatlarini 
oshirish evaziga ongli ravishda byudjet defitsitini vujudga keltirishi kerak. 
Navbatdagi inflyatsion yuksalish davrida esa aksincha, hukumat soliqlarni oshirishi 
va davlat xarajatlarini qisqar-tirishi lozim. Ana shu asosda vujudga keladigan 
byudjetning ijobiy qoldig‗i iqtisodiy pasayish davrida vujudga kelgan davlat 
qarzlarini (byudjet defitsitini) qoplashga sarf qilinishi mumkin. Shunday qilib, 
yuqoridagilardan ko‗rinib turibdiki, bunda mamlakat hukumati ijobiy (pozitiv) 
23
Bir tasavvur qilib ko‗ringchi, buning sabablari nimalardan iborat ekan? 


37 
antitsiklik siyosatni amalga oshira borib, bir vaqtning o‗zida, byudjetni ham 
balanslashtiradi. Faqat bunday balanslashtirish har yili emas, balki bir necha yil 
davom etgan davrda amalga oshiriladi. 
O‗zining bir necha ijobiy tomonlariga qaramasdan bu kontseptsiyada ham 
hisobga olinishi yoki hal etilishi kerak bo‗lgan bir necha murakkab muammolar 
bor. Iqtisodiy tsikldagi pasayish va yuksalishning o‗z chuqurliklari va davomiyligi 
jihatidan bir-birlaridan farq qilishi mumkinligi ana shunday muamolardan biridir. 
Masalan, amaliyotda ba‘zi hollarda chuqur va uzoq davom etgan pasayish 
yuksalishning qisqa davri bilan ham xarak-terlanishi mumkin. Bunday vaziyatda 
iqtisodiy pasayish davrida vujudga kelgan katta miqdordagi defitsitni qisqa 
muddatda davom etgan yuksalish davridagi byudjetning ijobiy qoldig‗i hisobidan 
qoplashning iloji bo‗lmaydi va demak, bu erda tsiklik xarakterdagi byudjet defitsiti 
mavjud bo‗lib qolaveradi. 
Va nihoyat, byudjet defitsiti va unga daxldor bo‗lgan byudjet siyosati 
uchinchi kontseptsiyasining negizida funktsi-onal moliya degan g‗oya yotadi. Bu 
kontseptsiyaning g‗oyasiga muvofiq byudjetni balanslashtirish to‗g‗risidagi masala 
– uni har yili balanslashtirish kerakmi yoki tsiklik asosda balanslashtirish zarurmi 
– bu printsipial ahamiyatga ega emas. U ikkinchi darajali ahamiyatga molik 
bo‗lgan masala. Chunki davlat moliyasining asosiy maqsadi byudjetni emas, balki 
eng avvalo, noinflyatsion to‗liq bandlilikni ta‘minlashdan, ya‘ni iqtisodiyotni 
balanslashtirishdan iborat. Agar ana shu maqsadga erishish byudjet daromadlari va 
xarajatlari o‗rtasidagi barqaror ijobiy saldo yoki katta, o‗sib boruvchi davlat 
qarzlari sharoitida amalga oshirilsa, mayli – oshirilaversin. Bu kontseptsiyaga 
muvofiq, Davlat byudjeti defitsiti yoki profitsiti bilan bog‗liq bo‗lgan muammo 
yuqori muqobil darajadagi uzoq davom etuvchi iqtisodiyotdagi pasayishlar yoki 
barqaror inflyatsiya bilan qiyoslaganda deyarli ahamiyatga ega emas. Chunki 
Davlat byudjeti, avvalo, makroiqtisodiy barqarorlikka erishish va uni qo‗llab-
quvvatlash instrumenti hisoblanadi. Ana shu maqsadga erishish uchun har qanday 
darajadagi byudjet defitsiti yoki profitsitiga borilishidan hukumat shubhaga 
tushmasligi lozim.
Byudjet defitsiti va unga daxldor bo‗lgan byudjet siyosatining ikkinchi va 
uchinchi kontseptsiyalari byudjet defitsitiga yo‗naltirilgan va mamlakat pul 
xo‗jaligining salohiyatiga tayanadigan moliyaviy siyosatning asosida yotadi. 
Bunday siyosat quyidagilarning bo‗lishini taqozo etadi: 

mamlakatning pul salohiyati doirasida moliyaviy tadbirlar aniq dasturining 
mavjudligi; 

byudjet defitsitining rivojlanishi ustidan nazorat va uni qoplash manbalarini 
qidirib topish; 


38 

eng yuqori iqtisodiy samara beradigan tadbirlarga byudjet mablag‗larini 
ajratish. 
Bu siyosatni egallash jamiyatga byudjet defitsitining optimal (oqilona) 
o‗lchamini topishga imkon beradi. Masalan, o‗tgan XX asrning 80-yillarida 
YaIMga nisbatan byudjet defitsiti Frantsiyada 9,6%ni, AQShda – 11,6%ni, 
Germaniyada – 14,0%ni, Yaponiyada – 15,6%ni, Belgiyada – 25,1%ni, Italiyada – 
25,2%ni va Gretsiyada – 31,2%ni tashkil etgan. Bu ko‗rsatkichning darajasi 2009 
yilda Rossiya Federatsiyasida – 9,4%, Ukrainada – 5,0%,Qozog‗istonda – 3,5%, 
Armanistonda – 8,1%ga teng bo‗lgan.
Biroq byudjet defitsiti bilan bog‗liq bo‗lgan siyosat, u qanchalik jozibador 
bo‗lmasin, nisbatan katta miqdordagi byudjet defitsitlari hatto iqtisodiy jihatdan 
―boy‖ sanalgan mamlakatlar uchun ham keskin salbiy oqibatlarga olib kelmoqda. 
Xususan, dunyoda eng kuchli iqtisodiyotga ega bo‗lgan AQSh iqtisodiyoti uzoq 
yillar davomida federal byudjetning barqaror defitsitli sharoitida faoliyat ko‗rsatib 
kelgan bo‗lishiga qaramasdan, o‗tgan asrning 90-yillari o‗rtalariga kelib, federal 
byudjet defitsiti shunday katta (yirik) darajaga etdiki, bu narsa unga qarshi 
kurashish uchun ta‘sirchan vositalarni qidirib topishga AQSh hukumatini majbur 
etdi. 

Download 2,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish