3. Byudjet defitsitini moliyalashtirish manbalari
Byudjet defitsiti vujudga kelgan paytda uni moliyalash-tirish manbalarini
aniqlab olmoq zarur. Uni moliyalash-tirishning asosiy manbalaridan biri davlatning
qarz olishidir.
Davlatning qarzlarni olishi jismoniy va yuridik shaxslar, xorijiy davlatlar,
xalqaro moliyaviy tashkilot-lardan jalb qilinadigan zayom va kreditlarni olishdan
iborat bo‗lib, ular bo‗yicha qarz oluvchi yoki boshqa qarz olganlarning qarzlarni
qaytarish bo‗yicha kafolatchi sifatida hukumatning qarz majburiyatlari vujudga
keladi.
Davlatning ichki qarzlarni olishi jismoniy va yuridik shaxslar, xorijiy davlatlar,
xalqaro moliyaviy tashkilot-lardan jalb qilinadigan zayom va kreditlarni olishdan iborat
bo‗lib, ular bo‗yicha qarz oluvchi yoki boshqa qarz olganlarning qarzlarni qaytarish
bo‗yicha kafolatchi sifatida hukumatning o‗z milliy valyutasida ifodalangan qarz
majburiyatlari paydo bo‗ladi.
32
Davlatning tashqi qarzlarni olishi jismoniy va yuridik shaxslar, xorijiy davlatlar,
xalqaro moliyaviy tashkilot-lardan jalb qilinadigan zayom va kreditlarni olishdan iborat
bo‗lib, ular bo‗yicha qarz oluvchi yoki boshqa qarz olganlarning qarzlarni qaytarish
bo‗yicha kafolatchi sifatida hukumatning xorijiy valyutada ifodalangan qarz
majburiyat-lari vujudga keladi.
Byudjet defitsitini moliyalashtirishning barcha manba-lari jalb qilingan
mablag‗larning barcha asosiy turlari bo‗yicha navbatdagi moliyaviy yilga mo‗ljallangan
byudjet to‗g‗risidagi qonunda qonunchilik hokimiyati organlari tomonidan albatta
tasdiqlanishi kerak.
Byudjet defitsitini moliyalashtirishning manbai sifatida mamlakat
Markaziy bankining kreditlari va Markaziy bank tomonidan hukumatning sotib
olingan qarz majburiyatlari maydonga chiqishi maqsadga muvofiq emas
22
.
Byudjet defitsitini moliyalashtirishning barcha manba-larini ikki guruhga
bo‗lish qabul qilingan:
1)
ichki manbalar;
2)
tashqi manbalar.
Byudjet
defitsitini
moliyalashtirishning
ichki
manba-lari
sifatida
quyidagilarni ko‗rsatish mumkin:
mamlakat hukumati tomonidan shu mamlakatning milliy valyutasida kredit
tashkilotlaridan olingan kreditlar;
mamlakat hukumati nomidan qimmatbaho qog‗ozlarni chiqarish orqali
amalga oshirilayotgan davlat zayomlari;
davlat mulkiga tegishli bo‗lgan mol-mulkni sotishdan olingan tushumlar;
davlat zahiralari va rezervlari bo‗yicha daromad-larning xarajatlardan o‗sgan
qismi summasi;
byudjet mablag‗larini hisobga oluvchi hisob varaq-laridagi mablag‗lar
qoldig‗ining o‗zgarishi;
va boshqalar.
Byudjet defitsitini moliyalashtirishning tashqi manba-lari qatoriga
quyidagilar kiradi:
mamlakat hukumati nomidan qimmatbaho qog‗ozlarni chiqarish orqali
xorijiy valyutada amalga oshirilgan davlat zayomlari;
xorijiy valyutada taqdim etilgan va mamlakat hukumati tomonidan jalb
qilingan xorijiy davlatlar, banklar va firmalar, xalqaro moliyaviy tashkilotlarning
kreditlari.
Yuridik va jismoniy shaxslar, xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar va
xalqaro huquqning boshqa sub‘ektlari oldidagi (davlat kafolatlari bo‗yicha
22
Nima uchun?
33
majburiyatlarni qo‗shgan holda) mamlakat hukumatining qarz majburiyatlari
hukumatning davlat qarzini vujudga keltiradi. Bu qarz davlat xazinasini tashkil
etadigan davlat mulki bilan to‗liq va hech qanday shartsiz ta‘minla-nishi kerak.
Bunda davlat hokimiyati organlari mamlakat hukumatining qarz majburiyatlari va
davlat qarziga xizmat qilish uchun respublika byudjetining daromadlarini
shakllantirish bo‗yicha barcha vakolatlardan foydala-nadilar.
Mamlakatning qarz majburiyatlari quyidagi shakllarda bo‗lishi mumkin:
qarz oluvchi sifatida mamlakat hukumati nomidan kredit tashkilotlari,
xorijiy davlatlar va xalqaro moliyaviy tashkilotlar bilan tuzilgan kredit bitimlari va
shartnomalari;
mamlakat hukumati nomidan qimmatbaho qog‗ozlarni chiqarish orqali
amalga oshirilgan davlat zayomlari;
mamlakat hukumati tomonidan davlat kafolatini berish to‗g‗risidagi
shartnomalar;
o‗tgan yillardagi mamlakatning qarz majburiyat-larini restrukturizatsiya
qilish va muddatini o‗zgartirish to‗g‗risidagi mamlakat hukumati nomidan tuzilgan
(shu jumladan, xalqaro) bitimlar va shartnomalar;
va boshqalar.
Mamlakatning qarz majburiyatlari o‗zining muddatiga qarab qisqa muddatli (bir
yilgacha), o‗rta muddatli (bir yildan ortiq va besh yilgacha) va uzoq muddatli (besh
yildan yuqori) bo‗lishi mumkin. Ular zayomning konkret shartlariga muvofiq ravishda
(zayom shartlarini, jumladan, to‗lov muddatlari, foiz to‗lovlarining miqdori, muomala
muddatlarini o‗zgartir-masdan) qaytarilishi kerak.
Mamlakat hukumatining davlat ichki qarzlari quyidagi-lardan iborat bo‗lishi
mumkin:
hukumat davlat qimmatbaho qog‗ozlari bo‗yicha qarzining asosiy nominal
summasi;
hukumatga taqdim etilgan kreditlar bo‗yicha asosiy qarzning hajmi;
mamlakat hukumati tomonidan berilgan kafolatlar bo‗yicha majburiyatlar
hajmi;
va boshqalar.
O‗z navbatida, hukumatning davlat tashqi qarzlari:
xorijiy davlatlar hukumatlari, kredit tashkilotlari, firmalar va xalqaro
moliyaviy tashkilotlarga mamlakat hukumati tomonidan taqdim etilgan davlat
kafolatlari bo‗yicha majburiyatlar hajmi;
xorijiy davlatlar hukumatlari, kredit tashkilotlari, firmalar va xalqaro
moliyaviy tashkilotlardan hukumat olgan kreditlar bo‗yicha asosiy qarz hajmidan
iborat bo‗ladi.
34
Byudjet defitsitini moliyalashtirish jarayonini quyida-gi yo‗llardan
foydalangan holda boshqarish mumkin:
moliyalashtirish manbalarining u yoki bu turlarini tanlash yordamida;
davlat qimmatli qog‗ozlarini muomalaga chiqarish shartlari (hajmi,
muomalada bo‗lish muddatlari, daromad-lilik darajasi va sh.k.) bilan manyovr
qilish orqali;
ichki va tashqi qarzlarning o‗zaro nisbatlaridan foydalangan holda;
aholining ichki jamg‗armalarini saqlash uchun qulay sharoitlarni yaratish
asosida;
qimmatli qog‗ozlar va omonatlarni indeksatsiya qilish yo‗li bilan;
davlat qarzlariga xizmat qilish bo‗yicha cheklovlarni o‗rnatish orqali;
va boshqalar.
O‗z navbatida, byudjet defitsitini samarali boshqarish davlat xarajatlarini
ishlab chiqarishni kengaytirish va aholi bandligini oshirish yo‗nalishlarida
sarflanishini ko‗zda tutadi. Shunga muvofiq ravishda byudjet ajratmalari va
kreditlar ma‘lum bir samaraga erishiliga qarab va mablag‗larning qaytarilishi
uchun kafolatlar etarli bo‗lgan taqdirda aniq dasturlar ostida ajratilmog‗i lozim.
Ana shuni hisobga olgan holda, byudjet defitsitini moliya-lashtirish bilan bog‗liq
bo‗lgan operatsiyalar davlatning umumiy iqtisodiy, moliyaviy va byudjet siyosati
bilan muvofiqlashtirilmog‗i maqsadga muvofiq. Bundan tashqari, xalqaro
amaliyotda byudjet defitsitini kamaytirish uchun uning mamlakatga xorijiy
kapitalni jalb qilish shaklidan ham foydalanish mumkinligi e‘tiborga olinmog‗i
lozim.
Bu jarayonda deflyatsion tadbirlarning o‗ta murak-kabligi shunda namoyon
bo‗ladiki, ularning amalga oshiri-lishi davlat xarajatlarining qisqarishini, kredit
resurs-larining qimmatlashuvini, pul massasining kamayishini taqozo etadi.
Bularning barchasi, o‗z navbatida, yalpi talabning kamayishiga, kapital
quyilmalarning qisqarishiga va demak, ishbilarmonlik faolligining pasayishiga va
ishsizlikning ortishiga o‗z ta‘sirini ko‗rsatadi.
Va nihoyat, yuqoridagilar byudjet defitsiti muammosi pul muomalasi,
byudjet siyosati, iqtisodiy faollik va sotsial sohadagi jarayonlarga davlat
ta‘sirchanligining samaradorligi bilan bog‗liq bo‗lgan murakkab muammolar bilan
o‗zviy ravishda bog‗lanib ketganligidan darak beradi.
Shunday qilib, byudjet defitsitini kamaytirish byudjet siyosatining markaziy
masalasi ekan, uni muvaffaqiyatli uddalamoq uchun, eng avvalo, yuqorida bayon
etilganlarning har biriga, ya‘ni a) byudjet defitsiti vujudga kelishining eng umumiy
sabablariga; b) byudjet defitsiti vujudga kelganda unga nisbatan ishlab chiqilishi
va amalga oshirilishi lozim bo‗lgan strategik yondoshuvga; v) byudjet defitsitining
35
darajasini kamaytirish yoki unga barham berish borasidagi amalga oshirilishi lozim
bo‗lgan chora-tadbirlarning eng asosiy yo‗nalishlariga; g) byudjet defitsitini
moliyalashtirish manbalarini aniqlashga jiddiy e‘tibor bermoq lozim. Bularni
to‗liq va uzil-kesil hisobga olmagan holda ishlab chiqilgan va byudjet defitsitini
kamaytirishga qaratilgan byudjet siyosati, o‗z-o‗zini aldash bilan barobar bo‗lib,
albatta, muvaffa-qiyatsizlikka uchraydi yoki kutilgan natijani bermaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |