Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi


Tayyorlovchi tashkilotning huquqlari



Download 28,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/338
Sana26.10.2022
Hajmi28,41 Mb.
#856399
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   338
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II qism.Абдусаломов (2)

Tayyorlovchi tashkilotning huquqlari.
Tayyorlovchi:
-tasdiqlangan jadvalga muvofiq shartnom ada belgilangan m uddatlarda 
m a h s u lo tla r n in g m u a y y a n t u r l a r i n i b e lg ila n g a n m iq d o r d a va 
assortim entda, tegishli sifat bilan o'z vaqtida topshirishni talab qilish;
- qishloq xo'jaligi mahsulotlari avans summasida nazarda tutilgan 
hajm larda topshirilmagan taqdirda tuzilgan shartnom aga muvofiq ilgari 
berilgan avans mablag'lari qoplanishini xo'jaliklardan talab qilish huquqiga 
ega, qishloq xo'jaligi mahsulotlarining ayrim turlarini davlat ehtiyojlari 
uchun xarid qilish bundan mustasno.
Tayyorlovchining majburiyati va uning bajarilishi.
Tayyorlovchi:
- xo'jaliklar bilan o'z vaqtida shartnom alar tuzish va shartnom a 
m ajburiyalarini bajarish;
- xo'jaliklar tomonidan taqdim etilgan barcha mahsulotni shartnom ada 
nazarda tutilgan m uddatlarda xarid qilishni va uzluksiz qabul qilib olishni


ta ’minlashni tashkil etadi. Taqdim etilgan mahsulot deganda tayyorlovchining 
qabul punktiga topshirish, qabul qilib olish punktiga qabul qilinganda esa 
bu yerga keltirilgan mahsulot tushuniladi;
- qayta ishlash sanoati va savdo korxonalarining xo‘jaliklar bilan 
to‘g ‘ridan-to‘g ‘ri va uzoq m uddatli aloqalarira h a r tomonlama rivojlantirish 
va m ustahkam lash, qishloq xo'jalik mahsulotlarini bevosita xo'jaliklarda 
qabul qilib olishni ham da o'zining ixtisoslashtirilgan transporti, um umiy 
foydalaniladigan tran sp o rt yoki xo'jalik ijaraga olgan tran sp o rt bilan 
kelishilgan grafik bo'yicha tashishni ta ’minlash;
- xarid qilinayotgan m ahsulot sifatini amaldagi standartlar talablariga 
m u v o fiq an iq lash , s h a rtn o m a d a b elgilangan n a rx la rg a asosan va 
m uddatlarda mahsulot uchun hisob-kitoblarni amalga oshirish;
- ta y y o rla n a y o tg a n q ish lo q x o 'jaligi m a h s u lo tla rin i saq lash , 
tayyorlash, transportda tashish, saqlash va dastlabki q ay ta ishlashda 
uning nobud bo'lishining oldini olish, qisqartirish;
- xo'jaliklarni shartnom alar bo'yicha idish, o'rash m ateriallari va 
norm ativ-texnik hujjatlar (standartlar, texnik shartlar, mahsulotlarning 
ayrim turlarini xarid qilish, qabul qilib olish, sifatini baholashni tartibga 
soluvchi qoidalar) bilan ta ’minlash;
- xo'jaliklar ixtiyorida qoldirilgan mahsulotlar sifatining yomonlashishi 
oqibatida xo'jaliklarga yetkazilgan zararni qoplash;
- shartnom ada nazarda tutilgan hollarda xo'jaliklarni urug'lik va 
ekish m ateriallari bilan ta ’minlashi lozim.
Tayyorlovchining asosiy m ajburiyati kontraktatsiya shartnomasiga 
m uvofiq ko'rsatilgan qishloq xo'jalik mahsulotini o'z vaqtida qabul qilib 
olish yoki tashib olib ketish ham da xo'jalikka topshirilgan qishloq xo'jaligi 
m ahsuloti uchun va transport ham da boshqa xarajatlam i to'lashdan iborat.
A gar qishloq xo'jaligi m ahsuloti tayyorlovchi joylashgan yerda yoki 
u ko'rsatgan boshqa yerda qabul qilinsa, tayyorlovchi 
yetishtiruvchi 
tom onidan k o ntrak tatsiya shartnom asiga m uvofiq va shartlashilgan 
m uddatda keltirilgan qishloq xo'jaligi mahsulotini qabul qilishdan bosh 
tortishga haqli emas. Shuningdek, tayyorlovchi (sotib oluvchi) qishloq 
xo'jaligi mahsulotini olib ketishni yoki qabul qilib olishni t a ’minlamasa, 
mahsulotni xo'jalikning o'zi tayyorlovchiga (sotib oluvchiga) yetkazib berishi 
m um kin. B unday holda tayyorlovchi m ahsulot qiym atiga qo'shim cha 
rav ish da xo'jalikning uni yetkazib keltirish bilan bog'liq xarajatlarini 
ham to'lashi kerak.
M ahsulotni m iqdori va sifati bo'yicha qabu l qilish m uddatlari 
tom onlar uchu n m ajb u riy bo'lgan qoidalar yoki yo'riqnornalar bilan


belgilanadi. Mahsulotni qabul qilishdan bosh tortganda tayyorlovchi bu 
haqda xo'jalikka yozma shaklda x ab ar berishi k erak (tovar-transport 
nakladnoyiga belgi qo'yish, tele g ra f orqali va sh u kabilar). A garda 
tayyorlovchi mahsulotni qabul qilishni rad etganligini yozma ifodalashdan 
bosh tortsa, xo'jalik inspektori yoki tum andagi yuqori tu rg a n boshqa 
tashkilot vakili ishtirokida tayyorlovchining rad etganligini tasdiqlovchi 
dalolatnoma tuziladi.
X o‘jalik larda saqlanayotgan m ah su lo tlarga h aq 
k o n tra k tatsiy a
sh artn o m asid a belgilangan s h a rtla rd a to'lanadi. X o'jalik tom onidan 
shartnom ada belgilangan m uddatlarda topshirilmagan m ahsulot miqdori 
tom onlar kelishilgan boshqa m u d d a tla rd a topshirilishi va u haqiqiy 
to p sh irish d a v rid a hisobga olinishi k e ra k , u n d a n m a h su lo tla rn in g
yetishtirilishi m avsum iy tusda bo'lgan ham da ularning topshirilm agan 
miqdori o'rnini to'ldirish m um kin bo'lm agan turlari istisnodir.
A g ar sta n d a rtlar, texnik s h a rtla r yoki tuzilgan sh artn o m alard a 
m ahsulotning idishda yoki o'ram da yetkazib berilishi nazarda tutilgan 
bo'lsa, tayyorlovchi zarur idish, mix va o'rash m ateriallari bilan xo'jalikni 
ta ’minlaydi. Xo'jaliklarning tayyorlovchi-lardan va tayyorlovchilam ing 
xo'jaliklardan oladigan idishlari uchun haq tomonlar kelishuviga ko'ra 
to'lanadi va ulardan belgilangan m aqsadda foydalaniladi.
A yrim mahsulot turlariga m o'ljallangan idish va o'rash materiallarini 
sotish, ulard an foydalanish xususiyatlari, shuningdek, ularni qaytarish 
tartibi ham da m uddatlari tegishli m ahsulot turlarini xarid qilishni tartibga 
soluvchi yo'riqnom a-larda, qoidalarda yoki tuziladigan shartnom alarda 
nazarda tutiladi.
Mahsulot tashish, jo'natish va tushirish bilan bog'liq barcha xarajatlar 
ta y y o rlo v c h i zim m asid a b o 'la d i. M a h su lo t x o 'ja lik tr a n s p o r tid a
yetkaziladigan bo'lsa, tayyorlovchi xo'jalikka m ahsulot tashish xarajatlarini 
haqiqiy vazni bo'yicha qoplaydi. M ahsulotni tashish x arajatlari bu tu n
masofa uchun qoplanadi. K ontraktatsiya shartno-m asi bo'yicha xarajatlar 
m ahsulot xo'jalikdan jo'natilgan joydan boshlab (saralash punkti, bo'lim, 
b rig a d a , c h o rv a c h ilik fe rm a si, y a y lo v , m a rk a z iy o m b o r v a h.k.) 
shartnom ada nazarda tutilgan qabul qilish punktlarigacha qoplanadi.
Tashish va tushirish xarajatlari amaldagi norm a va tariflarga yoki 
tomonlar kelishuviga ko'ra m ahsulotni yetkazib berish am alga oshirilgan 
transport turi uchun erkin narxlarda aniqlanadi. Tayyorlovchi xo'jaliklarga 
qishloq xo'jaligi mahsulotlari va xomashyoni xo'jaliklar, jam oa xo'jaligi 
a ’zolari va boshqa fu q aro lard a n q a b u l qilib olish, sh u n in g d e k , bu 
m ahsulotning tayyorlov punktlariga yetkazib berish xarajatlarini tomonlar


kelishuviga asosan qoplaydi. M ahsulotni tem ir yo‘l, havo va suv transporti 
yoki a ralash aloqa vositalarida yetkazib berish x arajatlarin i qoplash 
yuklarni shu transport turlarida tashishning amaldagi tariflari bo‘yicha 
amalga oshiriladi. Qishloq xo'jaligi mahsulotini tayyorlovchining qo'shimcha 
talablarga rioya qilib jo'natishga aloqador xarajatlar tayyorlovchi hisobidan 
to'lanadi.
X o'jaliklar va tayyorlovchilar o'rtasida hisob-kitoblar tayyorlovchi 
tom onidan xo'jalik topshirgan m ahsulot qiymatini uning shartnom ada 
ko'rsatilgan hisob-kitob, m axsus hisob-kitob yoki m axsus ssuda hisob 
raqam ida to'lov topshiriqlari bilan hisoblab o'tkazish, cheklar bilan to'lash 
orqali am alga oshiriladi. Hisob-kitoblar mahsulot qabul qilib olingandan 
so'ng uch kundan kechiktirm ay, tayyorlovchi va unga xizmat ko'rsatuvchi 
b ank m uassasasi aholi yashaydigan har xil joylarda joylashgan bo'lsa, 
shuningdek, aloqa shart-sharoitlarini hisobga olib m ahsulot qabul qilib 
olingandan keyin besh kundan kechiktirm ay amalga oshirilishi kerak.

Download 28,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   338




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish