1
“Young Scientist”
.
# 24.2 (158.2)
.
June 2017
Спецвыпуск
Chet tili fani darslarida mustaqil ishlarning bajarilishini nazorat qilishda ma'sofaviy
ta'lim tizimi bo'lgan Moodle tizimidan foydalanishning afzallik tomonlari
Abdullayev D. I., ilmiy rahbar;
Ismoilov A. A., talaba;
Allaberganova M. R., talaba
Urgench State University
O
'zbekiston respublikasida chet tillarni o'qitishga
bo'lgan katta e'tibor etishib chiqayotgan kadrlarning
nafaqat
respublika miqiyosida, balki halqaro miqiyosda
o'z ish faoliyatlarini olib borish imkoniyatini oshirishga
qaratilgan say harakat deb qarashimiz mumkin. Hozirgi
kunda jamiyatning har bir sohasida halqaro aloqalarga
qaratilayotgan e'tiborning kuchayib borayotganligini
kuzatishimiz mumkin. Shuning uchun ham turli sohalardagi
kadrlarning oldiga qo'yilayotgan talablar orasida chet tillarni
va kompyuter savodhonligiga qo'yilayotgan
talab juda
yuqoriligi bejizga emas. Yuqoridagi maqsadni amalga oshirish
maqsadida respublikamizda chet tillarni o'qitishda komyuter
texnologiyalardan foydalanishning turli samarali yo'llari va
metodlarini izlash yoki yaratish va chet tillarni o'qitishda
ularni tadbiq etish kabi vazifalarga e'tibor qaratilmoqda.
Komputer texnologiyalaridan foydalangan holda chet tillarni
o'qitish nafaqat talabalarning tilni o'rganishga bo'lgan
qiziqishini oshiradi, balki bir vaqtning o'zida talabalarda
kompyuter savodhonligini ham mustahkamlab borishga
hizmat qila oladi.
Uzluksiz ta'lim tizimida mahsus maqsadlar uchun horijiy
til (English for Specific Purpose) ni o'qitishga bo'lgan e'tiborni
va uni o'qitishdagi sifatni oshirish yo'lidagi say harakatlarni
respublikamizda amalga oshirilayotgan ta'lim
sohasidagi
turli islohotlardan ham kuzatishimiz mumkin. Respublikamiz
uchun muhim sohalardan deb hisoblangan iqtisod, ishlab
chiqarish, qishloq ho'jaligi, tibbiyot, texnologiya, fizika
kabi sohalarning rivojlanib borishida hozirgi kunda etishib
chiqayotgan bilimli va salohiyatli kadrlarning o'rni beqiyosdir.
Shunday ekan bu jarayon nolingvistik
fakultet talabalariga
chet tilini o'qitishda alohida metod va yondashuvni talab
etadi. Shu maqsadda, ushbu maqola mahsus maqsadlar
uchun horijiy tilni o'qitishda mustaqil ishlarning bajarilishini
nazorat qilishda ma'sofaviy ta'lim tizimi bo'lgan Moodle
tizimidan foydalanishning afzallik tomonlari haqida so'z
yuritadi.
«Moodle» tizimi zamonaviy axborot texnologiyalar
va masofaviy o'qitishning mumkin bo'lgan unumli
texnologiyalaridandir. Moodle tizimi o'qituvchilarga
yangi
texnologiyalar negizida individuallashgan ta'lim metodikasini
ishlab chiqish, talabaning bilimlarini shakllantirish va
takomillashtirish vazifalarini hal qiladigan mukammal
onlayn kurslarni tuzish imkonini beradi [1]. Moodle
tizimi «masofaviy o'qitish jarayonini mukammal qo'llab-
quvvatlovchi keng spektrdagi imkoniyatlarni taqdim etadi —
o'quv materialni taqdim etishning turli yo'llari, talabalar
bilimini baholash va o'zlashtirishni nazorat etish' [2].
Moodle tizimida mavjud bo'lgan keng spektrdagi
imkoniyatlar talabalarga turli ko'rinishdagi va maqsaddagi
mustaqil ishlarni bajarish yoki tizim orqali o'z o'qituvchisiga
topshirish imkoniyatini yaratib beradi. «Mustaqil ish'
tushunchasi ko'p
qirrali tushuncha hisoblanib, unga turlicha
izohlar berilgan. Chet tilini o'qitishda mustaqil ishlarning
maqsadi amaliy mashg'ulotlar davomida shakllangan
asosiy til va nutq ko'nikmalarini mustahkamlash, turli hil
adabiyotlar bilan ishlash ko'nikmalarini rivojlantirishdir.
Amaliy maqsadlar bilan bir qatorda mustaqil ishlarning
tarbiyaviy va umumta'lim maqsadlari ham mavjud:
dunyoqarashni o'stirish,
umumiy madaniyat darajasini
oshirish, mamlakatshunoslikka oid bilimlarga ega bo'lish,
zamonaviy informatsion texnologiyalarni o'zlashtirish, ijodiy
imkoniyatlarni rivojlantirish va ilmiy izlanish olib borish
metodlarini o'zlashtirish shular jumlasidandir.
Nolingvistik fakultetlarda chet tili uchun ajratilgan
soatlarning cheklanganligini inobatga olgan holda,
talabalarga auditoriyadan tashqarida bajariladigan uyga
vazifalar yoki mustaqil ishlarning ko'proq berilishi maqsadga
muvofiq bo'lar edi. Ammo bunday vazifalarning hajmidan
kelib chiqib ularning bajarilishini
nazorat qilish va baholash
o'qituvchi uchun biroz qiyinchiliklarni tug'dirishi mumkin.
Mustaqil ishlarning Moodle tizimi orqali topshirilishining
ham o'qituvchi ham talabala uchun bir qancha qulaylik va
afzallik tomonlari mavjud:
— talaba bajarilgan mustaqil ishni masofadan Moodle
tizimi orqali topshirish;
— talabalarning zamonaviy kompyuter texnologiyalari
orqali bilim olishga bo'lgan qiziqishini orttirish;
— talaba va o'qituvchining
kompyuter texnologiyalariga
oid savodhonligini oshirish;
— Mustaqil ishlarnining bajarilishini nazorat qilish
va ularni yig'ib olish bilan bog'liq muammolni bir joyda
kompyuter orqali hal etilishi;
— Moodle tizimidagi keng imkoniyatlarni inobatga
olgan holda talabaning mustaqil ishga ijodiy yondashuvini
ta'minlab berish;
Moodle tizimi orqali talabalar turli hildagi va ko'rinishdagi
mustaqil ishlarni elektron ko'rinishda o'qituvchi etiboriga
tagdim etishlari mumkin. Bu tizim orqali topshirilgan
ishlarning barchasi faqatgina o'qituvchi tomonidan ko'rib
chiqiladi va baholanadi. Agar talaba tomonidan topshirilgan