R. X. Karlibayeva, A. A. Temirov korxonalarni



Download 1,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/81
Sana25.10.2022
Hajmi1,35 Mb.
#856044
TuriУчебное пособие
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   81
Bog'liq
Армат KB Kaf 12.KORXONALARNI RAQOBATINI BAHOLASH 10ta

Qisqacha xulosalar 
Investitsion muhit - muayyan mamlakatga (yoki hududga) investitsiyalar 
kiritishning maqsadga muvofiqligi va jozibadorligini belgilaydigan, iqtisodiy, 
ijtimoiy, tashkiliy, siyosiy va boshqa shart-sharoitlar mavjudligining ijobiy yoki 
salbiy tomonlarini anglatadi. 
Investitsion jozibadorlik –mamlakat, tarmoq yoki 
alohida olingan biror bir korxona investitsiyalarining daromadliligi, rivojlanish 
istiqbollari va investitsion risk darajasi nuqtai nazaridan baholanishi hisoblanadi.
 
 
 
Nazorat savollari 
 
1.
Investitsion muhitning iqtisodiy mohiyatini qanday tushunasiz? 
2.
Qaysilar investitsion muhitning asosiy tashkil etuvchilari hisoblanadi? 
3.
Iinvestitsion faollik nima?
4.
Investitsiya salohiyati deganda nimani tushunasiz?
5.
Investitsion risk darajasini qanday tushuncha?
6.
Investitsion jozibadorlik nima?
7.
Investitsiya muhitiga ta‘sir etuvchi omillarga nimalar kiradi? 


100 
6-bob. 
KORXONALAR RAQOBATBARDOSHLIGINI OSHIRISHDA 
PUL OQIMLARINI BOSHQARISH
 
6.1. 
Pul oqimlari tushunchasi va uning ahamiyati
 
Korxonalarning moliyaviy faoliyatini boshqarishda va moliyaviy resurslaridan 
samarali foydalanishda pul oqimlarini to‗g‗ri rejalashtirish va boshqarish muhim 
ahamiyatga egadir. Pul oqimlari korxonalarning ma‘lum davr (ko‗p hollarda bir yil) 
davomidagi barcha kelib tushgan va sarflangan pul mablag‗lari harakatini ifodalaydi. 
Korxonaning kelib tushadigan va chiqim qilinadigan pul mablag‗lari harakati 
moliyaviy menejmentda pul oqimlari deb nomlanadi va u moliyaviy hisobotning 
tarkibiy qismi sifatida muhimdir. Pul oqimlarining tahlilning asosiy maqsadi avvalo, 
kichik korxonaninng moliyaviy barqarorligi va daromadliligining tahlil qilishga asos 
bo‗lib hisoblanadi.
Pul oqimlari korxonaning o‗z-o‗zini moliyalashtirish, moliyaviy salohiyatini va 
daromadliligini xarakterlab beradi.
Pul oqimlari to‗g‗risidagi hisobot korxona boshqaruvi uchun moliyaviy 
qarorlarini qabul qilishda muhim manbalardan biri bo‗lib hisoblanadi. Bu 
ma‘lumotlardan korxona rahbariyati kichik korxonaning likvidliligini hisoblashda, 
dividendlarni hisoblashda, korxona faoliyati uchun muhim bo‗lgan loyihani 
moliyalashtirishda moliyaviy holatini tahlili uchun foydalaniladi. Shuningdek, 
korxona menejmenti uchun korxonaning investitsion va moliyaviy siyosatini 
rejalashtirishda ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Pul oqimlari ikki ko‗rinishda bo‗lib, ijobiy va salbiy turlari mavjud. Pul 
oqimlarining yalpi tushumi va chiqimi o‗rtasidagi farq sof pul oqimini tashkil etadi. 
Sof pul oqimi ijobiy yoki salbiy bo‗lishi mumkin. 
Korxonalarning barcha pul oqimlari uchta asosiy guruhdan iborat, ya‘ni 
operatsion, investitsion va moliyaviy faoliyatdan tashkil topadi. Pul oqimlarining 
bunday taqsimlanishi moliyaviy menejmentning talabidan kelib chiqqan. Bunday 
taqsimot ishlab chiqarish va noishlab chiqarish xarajatlarining bo‗linishini talab 


101 
qilmaydi
27
.
Pul oqimlarini boshqarish pul oqimlarini sinxronlash, debitorlik qarzlarini 
tezroq qoplash, pul mablag‗larini tez sotiladigan qimmatli qog‗ozlarga investitsiya 
qilish va xarajatlarni boshqarish va nazorat qilishdan iboratdir.
O‗zbekiston Respublikasida pul oqimlarini tartibga solish Adliya Vazirligida 
4.11.1998 yilda 519-son tartib raqam bilan ro‗yxatdan o‗tgan 9-BHMS ―Pul oqimi 
to‗g‗risidagi hisobot‖ orqali amalga oshiriladi
28
. Pul oqimlari to‗g‗risidagi hisobot 
undan foydalanuvchilarga xo‗jalik yurituvchi subyektning moliyaviy ahvolidagi 
o‗zgarishlarni baholashga imkon beradi, ularni hisobot davrida qancha pul tushgani 
va qancha pul chiqqani to‗g‗risidagi axborot bilan ta‘minlaydi. Standartga ko‗ra pul 
oqimlari - pul mablag‗lari hamda ular ekvivalentlarining oqimi (tushumi) va chiqimi 
(sarflanishi, chiqishi)dan iborat
29

Korxonalar pul oqimlari tushunchasi moliyaviy boshqaruvning alohida obyekti 
sifatida nafaqat mahalliy, balki xorijiy adabiyotlarda ham moliyaviy boshqaruv 
bo‗yicha yetarli darajada o‗z aksini topmagan. Pul oqimlarining asosiy tarkibida pul 
aktivlarini boshqarish, moliyaviy resurslarni shakllantirishni boshqarish va bankrotlik 
xavfi sharoitida inqirozga qarshi korxonalar boshqaruvi masalalari ko‗rib chiqiladi. 
Shuningdek, moliyaviy hisobotlar, korxona pul mablag‗larini harakat dinamikasini 
xarakterlovchi buxgalterlik hisobini yuritish kabilar kiradi. Pul oqimlarini to‗g‗ri 
rejalashtirish va boshqarish nisbatan murakkab vazifa bo‗lib hisoblanadi. Kichik 
biznes korxonalarining pul oqimlari ma‘lumotlaridan foydalanish quyidagi 
vazifalarni echishga yordam beradi: 
-tadbirkorlik subyektining «moliyaviy qon aylanish tizimi» sifatida uni samarali 
tashkil etilganda moliyaviy barqarorlikni ta‘minlaydi; 
-pul oqimlarini oqilona shakllantirish xo‗jalik operatsion faoliyatining bir 
maromda va doimiy amal qilishini ta‘minlaydi; 
27
Васильева Л.С, Петровская М.В. Финансовый анализ.– М.: КНОРУС, 2010. – с.80
28
O‗zbekiston Respublikasi buxalteriya hisobining milliy standartlari. Norma Hamkor. -T. 2018. 
29
O‗zbekiston Respublikasi buxalteriya hisobining milliy standartlari. Norma Hamkor. -T. 2018. 


102 
-pul oqimlarini samarali boshqarish qarz mablag‗lariga, ya‘ni jalb qilingan 
kapitallariga bo‗lgan ehtiyojlarni qisqartiradi;
-pul oqimlarini boshqarishning faol tizimiga ega bo‗lishi o‗z mablag‗laridan 
samarali foydalanishni, ichki moliyaviy manbalarini shakllantirishni ta‘minlaydi;
-pul 
oqimlarini 
to‗g‗ri 
boshqarish 
xo‗jalik 
kapitalining 
aylanishini 
tezlashtiruvchi moliyaviy dastak hisoblanadi;
-pul oqimlaridan samarali foydalanish tadbirkorlik subyektining to‗lov 
qobiliyatini oshiradi va maqsadli foyda miqdoriga erishishga yordam beradi; 
-pul oqimlarini samarali boshqarish shakllariga ega bo‗lish, qo‗shimcha foydani 
olishni, bevosita pul aktivlarini ijobiy natijalarga erishishni, ya‘ni vaqtincha bo‗sh 
turgan pul mablag‗laridan samarali foydalanishnilarni ta‘minlaydi. O‗zbekiston 
Respublikasida korxonalar faoliyatinining pul oqimlari to‗g‗risidagi hisoboti pul 
mablag‗larining harakati nuqtai nazaridan korxonaning mulki bo‗lgan moliyaviy 
resurslarining o‗zgarishi aks ettiradi. Bu hisobot yordamida boshqa moliyaviy hisobot 
shakllarini to‗ldirishda va hisoblash usulidan foydalanishni e‘tiborga olgan holda, 
korxonaning likvidligini obyektiv baholash imkoni yaratiladi. 

Download 1,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish