Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan



Download 2,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet298/462
Sana25.10.2022
Hajmi2,52 Mb.
#856021
1   ...   294   295   296   297   298   299   300   301   ...   462
Bog'liq
LUG\'AT (1)

PRESS-KONFERENSIYA
(ing. 
press-conference
, fr. 
presse 
– vaqtli matbuot va 
lot. 
conferentia
– yig‗ilish, kengash) — rasmiy, davlat, davlat arboblari, olimlarning va 
h.k. matbuot, radio, televidenie, telegraf-axborot agentliklari bilan keng ijtimoiy qiziqish 
tug‗dirayotgan masalalar bo‗yicha uchrashuvi, suhbati. 
PRESTIJ 
— individ yoki guruhning mavqeiga asosan ko‗rsatiladigan hurmat. 
PRETSEDENT
(lot
. praecedens 
– oldingi, oldinda ketuvchi) — o‗tmishda bo‗lib 
o‗tgan va hozirgi vaqtda ana shunday harakatlar qilish uchun namuna yoki asos bo‗lib 
xizmat qiluvchi hol, ish, voqea. Mas., sudning biror murakkab ish yuzasidan qarori sud P. 
bo‗lib xizmat qilishi mumkin; keyin shunga o‗xshash ishlarni ko‗rayotganda ana shu 
qarorga amal qilinadi. 
PREVENTIV
(lot. 
praevenire 
– biror narsaning oldini olish, ogohlantirish) - 
boshqa tomonning xavfli harakatlarining oldini olish. P. yadro zarbasi, P. yadro urushi – 
AQSH tomonidan ―sovuq urush‖ davrida sotsialistik mamlakatlarga qarshi qaratilgan 
doktrinasi. 
PREZIDENT 
(lot. 
praesidens
– oldinda o‗tiruvchi) — 1) hozirgi ko‗pchilik 
(respublika shaklida idora qilinadigan) mamlakatlarda saylab qo‗yiladigan davlat 
boshlig‗i. Parlamentar respublikalarda prezident parlament tomonidan saylanadi. 
Prezidentlik respublikalarida to‗g‗ridan-to‗g‗ri yoki bavosita saylov natijasida saylanadi. 
Prezidentlik lavozimi – siyosiy tabiatga ega; prezident vakolatlari muddati cheklangan. 
Prezidentlar 
konstitutsion
va 
ijrochi
bo‗lishi mumkin. Konstitutsion prezident maqomi 
Konstitutsiya bilan belgilanadi. Bunga misol qilib Hindiston, Isroil, Germaniya 
prezidentlarini keltirish mumkin. Bu turdagi prezidentlar parlament respublikalari uchun 
xos bo‗lib, ular asosan mamlakatni tashqi siyosatda taqdim etishga doir vazifalarni 
bajaradilar. Bu yerda ijro hokimiyati to‗laligicha premer-ministr yoki vazirlar mahkamasi 
tomonidan boshqariladi. Ijrochi prezident o‗zida davlat boshlig‗i va hukumat boshlig‗i 
lavozimlarini birlashtirgan shaxs va u ijro hokimiyatini to‗liq nazorat etadi. Ijrochi 
prezident hokimiyati Konstitutsiya, parlament tomonidan cheklanishi mumkin. Bunday 
cheklovlar bo‗lmagan hollarda mutloq prezidentlik boshqaruvi amal qila boshlashi va u 
bir kishining ustunligini o‗rnatishi mumkin. Prezident jamiyatda bajaradigan asosiy 
funksiyalar: a) kafolot funksiyasi. Prezident Konstitutsiya, mustaqillik, davlat yaxlitligi, 
suverenitet, inson erkinliklari va huquqlarining kafolotidir. Fransiyada prezident sud 
organlari mustaqilligini kafolotlaydi. Bu funksiyaga ko‗ra jamiyat aynan prezident 
jamiyat barqarorligi va Konstitutsiya amal qilishini ta‘minlashiga ishonadi; b) hakamlik - 
integrativ funksiyasi. Bu funksiyaning mavjudligi davlat hokimiyatining bo‗linishi, 
ularning uyg‗unlikda faoliyat ko‗rsatishini ta‘minlash zarurati bilan izohlanadi. Buning 
uchun prezident munozarali mas.,i sud (Konstitutsion sud) e‘tiboriga qaratishi, 
saylovchilarga murojaat etib, referendum orqali ularning fikrini bilishi, parlamentni 
muddatidan avval tarqatib yuborishi mexanizmlariga tayanadi; c) nazorat funksiyasi. Bu 
funksiya hukumatning prezident oldida hisobotliligi, ba‘zi vazirliklarning bevosita davlat 
rahbariga itoat etishi, hukumatning me‘yoriy aktlarini bekor qila olishi huquqlari orqali 
amalga oshadi. BMTga a‘zo bo‗lib kirgan 189 mamlakatning 140 dan ortigida P. 
lavozimi joriy qilingan (2000). Bunday boshkaruv shakli ilk bor 1787 y. AQSHda davlat 
va hukumat boshlig‗i lavozimlarini bir shaxsda birlashtirish natijasida vujudga kelgan. U 
xuddi shu yerda davlat boshlig‗ini umumiy saylovlar orqali saylash an‘anasi kiritildi. 


226 
Hozirgi kunda prezident - ko‗pgina siyosiy tizimlarning ajralmas qismi. Ammo har bir 
davlat o‗z prezidentining siyosiy hayotdagi o‗rnini o‗zi belgilaydi. Prezidentning siyosiy 
tizimdagi o‗rni odatda Konstitutsiyada belgilab beriladi. O‗zbekiston tarixida birinchi 
P.lik lavozimi 1990 y. 24 martda ta‘sis etildi. 1991 y. 29 dekabrda esa alternativ asosda 
o‗tkazilgan umumxalq saylovida I.A.Karimov O‗zbekiston Respublikasining P.i etib 
saylandi. 2) ayrim ilmiy va jamoat tashkilotlarida, partiyalar, jamiyatlar, uyushmalar (shu 
jumladan, xalqaro uyushmalarda ham) ijrochi organ boshlig‗i. 

Download 2,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   294   295   296   297   298   299   300   301   ...   462




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish