Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan



Download 2,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet275/462
Sana25.10.2022
Hajmi2,52 Mb.
#856021
1   ...   271   272   273   274   275   276   277   278   ...   462
Bog'liq
LUG\'AT (1)


PAGUOSH HARAKATI 
– olimlarning tinchlik, qurolsizlanish, xalqaro xavfsizlik 
va ilmiy qamkorlik uchun yo‗naltirilgan ijtimoiy harakati. Tashabbuskorlari (1955): 
A.Eynshteyn, F.Jolio-Kyuri, B.Rassel. P. h. tarafdorlarining birinchi konferensiyasi 
1957-yilda Paguosh shahrida (Kanada) bo‗lgan. P.h. qat‘iy ro‗yxatga olingan a‘zolarga 
ega emas. Konferensiyalari yiliga bir-ikki marta chaqiriladi. Ularda yadro urushining 
oldini olish, keskinlikni yumshatishni chuqurlashtirish va unga qaytarilmaydigan xarakter 
berish, rivojlanayotgan mamlakatlar muammolari kabi va b. muhim masalalar muhokama 
qilinadi. P.h.ning qarorgohi London shahrida joylashgan.
PAKT 
(lot. 
pactum
– shartnoma, bitim) — yirik siyosiy ahamiyatga ega xalqaro 
bitim; xalqaro shartnomalar nomlaridan biri. P. xavfsizlik, xujum qilmaslik, o‗zaro 
yordam kabi va b. tashqi siyosiy masalalarni tartibga solib turadi. 
PALATA
— 1) qonun chiqaruvchi ba‘zi bir vakolatli organlar yoki ularning ayrim 
tarkibiy qismlarining nomi (Qonunchilik P.); 2) Davlat va jamoat tashkilotlarining nomi 
(mas., Savdo P.). 
PALATALARNING QO„SHMA MAJLISI
— ikki palatali tuzilmaga ega bo‗lgan 
parlamentlar ish shakllaridan biri. Qator mamlakatlarda birlarida parlamentning qo‗shma 
majlisi parlament vakolatiga kiradigan eng muhim masalalarni: urush holati yoki 
safarbarlikni e‘lon qilish, davlat budjetini tasdiqlash, respublika prezidentini saylash va 
shu kabilarni hal qilish maqsadida, boshqalarida esa faqat davlat boshlig‗i maktubini 
tinglash va boshqa tantanali holatlar o‗tkaziladi. 
PALLIATIV 
(lot. yashirmoq) — qo‗yilgan mas.,i to‗liq hal qilmaydigan yarim 
chora. 
PAMFLET
(ing. 
pamphlet
– qo‗ldagi bir varaq) — biror siyosiy tuzum, ijtimoiy 
voqelik, u yoki bu to‗da hamda guruhlar faoliyatini, xatti-harakatlarini fosh qiluvchi 
hajviy-tanqidiy publitsistik asar. P. boshqa hajviy janrlardan badiiy to‗qimaning ozligi, 
aniq hujjatlarga, tarixiy hujjatlarga asoslanishi bilan farq qiladi. P.da jamiyatdagi, turli 
shaxslar xarakteridagi nuqsonlar achchiq kinoya, o‗tkir sarkazm vositalari bilan fosh 
etiladi. P.ning ilk namunalari antik davrda yaratilgan. P.lar ko‗pincha kichik xajmdagi 
asarlar (maqola, ocherk va b. tarzda) bo‗lgan. Keyinchalik katta hajmdagi badiiy asarlar 
ham P. usulida yaratildi. 
PANAMERIKANIZM 
(
pan
– hamma va Amerika) — tarixiy jarayonni go‗yo 
AQSH hamda Amerika qit‘asi boshqa mamlakatlar tarixiy taqdiri, iqtisodiyoti va 
madaniyati mushtarakligi mavjudligi to‗g‗risida dalillarga zid hamda buzib talqin etishga 
qurilgan siyosiy doktrina. P. Shimoliy Amerika imperializmi tomonidan AQSHning 
Lotin Amerikasi davlatlariga iqtisodiy, siyosiy, qator hollarda esa to‗g‗ridan-to‗g‗ri 
harbiy ekspansiyasini ―asoslash‖ uchun qo‗llab kelingan. AQSH imperialistlarining 
siyosiy doktrinasi bo‗lib, u Amerika qit‘asidagi mamlakatlar va xalqlarning soxta tarixiy, 
iqtisodiy va madaniy ―birligi‖ni tashviqot qiladi. AQSH o‗zlarining manfaatlari yo‗lida 
olib borgan siyosatlarini ―Amerika amerikaliklar uchun‖ va b. shiorlari bilan 


209 
niqobladilar. ―Manfaatlar birligi‖ shiorlaridan AQSH Kubaga, Meksikaga, Gaiti va b. 
Lotin Amerikasi mamlakatlariga intervensiya qilish uchun foydalandi. 

Download 2,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   271   272   273   274   275   276   277   278   ...   462




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish