LOYIHA
— 1) biror hujjatning oldindan tuzilgan matni; 2) reja, mo‗ljal, g‗oya.
LYUKSEMBURGIZM
— sotsial-demokratik yo‗nalishdagi inqilobiy-marksistik
oqim. Bu oqimning asoschisi nemis radikal sotsialisti Roza Lyuksemburg. Ular faqat
saylovlar orqaligina hokimiyatga kelish mumkin deb hisoblashdi. Lyuksemburgchilar
fuqarolarning huquqlarini, demokratik erkinliklarini izdoshi, himoya qiluvchilari
hisoblanadi. Siyosiy erkinlik va sotsializm ular uchun ajralmas atributlardir.
170
M
MADANIYAT (siyosiy madaniyat)
— insonning siyosat va hokimiyat
xodisalariga nisbatan shaxsiy munosabatini ifodalovchi baholash hukmlari eng
ahamiyatga molik ma‘naviy hodisadir. Bunday shaxsiy munosabatlarning mavjudligi
insonning o‗z fuqarolik burchini anglab etgan siyosat subyekti sifatida faoliyat yurita
olishini ifoda etadi. Umuman, M.s. insonning siyosiy hodisalar haqidagi qadiryatlarga
doir tasavvurlari va uni amaliyotda namoyon bo‗ladigan xulqining kodeksi yoki uning
siyosiy hokimiyat subyekti sifatidagi faoliyatining uslubidir. M.s. insonning jamiyatda
mavjud bo‗lgan siyosiy tajriba va an‘analarini o‗zlashtirish darajasi ham bo‗lib, uni
qo‗llash siyosiy hayotdagi vorisiylikni ta‘minlay olishi lozim.
MADANIY-INFORMATSION ELITA
— tarkibini jamiyatda ijtimoiy fikr
shakllanishiga jiddiy ta‘sir o‗tkazuvchi ko‗zga ko‗ringan fan va madaniyat arboblari,
taniqli jurnalistlar, yuqori martabali din peshvolari tashkil etadi. Ushbu guruhning bosh
vazifasi omma ongida elita manfaatlariga mos keladigan ijtimoiy fikrni shakllantirish,
elita hukumronligi va u qabul qilayotgan qarorlarning to‗g‗ri ekanligini mafkuraviy
asoslab berishdan iboratdir.
MAFIYA
(lot.
maffi
a, ital.
mafia
– maxfiy) — zo‗rlik, qo‗rqitish, terror, qotillik,
ig‗vogarlik usuli bilan iqtisodiy va siyosiy maqsadlarga erishish uchun tuziladigan
maxfiy uyushma; uyushgan jinoyatchilik tashkiloti. Bir-biri bilan o‗zaro bog‗langan va
poraga sotilgan davlat amaldorlari, davlat organlaridan yordam oladigan jinoyatchi
guruhlar. XVIII a. oxiri – XIX a. boshlarida Italiyaning Sitsiliya orolida paydo bo‗lgan.
XX a.da M. tashkilotlari faoliyati shaharlarda avj oldi. M., odatda, qimorbozlik, bangilik,
fohishabozlik kabi ijtimoiy axloqsizlikni uyushtiradi va o‗z homiyligiga oladi, siyosiy
hayotga faol aralashadi. M. davlat idoralari, sud va politsiya amaldorlari, muayyan
siyosiy doiralar bilan birikib ketadi. Keyinchalik uyushgan jinoyatchilikning davlat
hokimiyati, sud, prokuratura va b. idoralar xodimlari bilan til biriktirishi va o‗zaro bir-
birini himoya qilishi M. deb ataladigan bo‗ldi.
MAFKURA
(arab. fikrlar majmui) — muayyan ijtimoiy guruh, qatlam, millat,
jamiyat, davlatning manfaatlari, orzulari, maqsadlari ifodalangan qarashlar va ularni
amalga oshirish tizimi. Unda manfaatlari ifodalanayotgan guruh va qatlamlarning
o‗tmishi, bugungi kuni va istiqboli o‗z ifodasini topadi. M. har qanday jamiyat hayotida
zarur. Insoniyat tarixida turli-tuman M.lar bo‗lgan. Turli xalqlar va ijtimoiy kuchlarning
g‗oyaviy rahnamolari, mutafakkir va arboblari o‗zlarining manfaat va maqsadlaridan
kelib chiqib mafkuraviy ta'limot va dasturlar ishlab chiqqanlar. Har qanday M. jamiyatda
yangi paydo bo‗lgan ijtimoiy-siyosiy kuchlarning talab-ehtiyojlari, maqsadlarini ifoda
etuvchi yangi g‗oyaviy tizim sifatida vujudga keladi va asosan, quyidagi vazifalarni o‗z
oldiga qo‗yadi: muayyan g‗oyani odamlarning ongiga va ruhiyatiga singdirish; aholining
turli guruhlarini birlashtirish; ko‗zlangan maqsad va niyatlarga erishish uchun odamlarni
safarbar etish; ularni ma‘naviy-ruhiy rag‗batlantirish; aholini, ayniqsa, yosh avlodni
g‗oyaviy tarbiyalash va mafkuraviy immunitetni shakllantirish; boshqa mafkuraviy va
g‗oyaviy ta'sirlardan himoya qilish va shu kabilar M. muayyan falsafiy, diniy ta'limotlar
171
asosida yaratiladi, ma'lum ilmiy qarashlar, ahloqiy tamoyillarga tayanadi. M. o‗z
mohiyati va ta'sir kuchiga ko‗ra, jamiyatni birlashtirishi yoki uni bir-biriga qarama-qarshi
taraflarga bo‗lib yuborishi, davlatning jahondagi obro‗ va mavqeini oshirishi yoki
tushirishi, xalqlarni yuksaklikka ko‗tarishi yoki tanazzulga duchor etishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |