Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan



Download 2,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/462
Sana25.10.2022
Hajmi2,52 Mb.
#856021
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   462
Bog'liq
LUG\'AT (1)

AKKREDITLASH
(lot. 
accredere
– ishonch bildirish) — xalqaro huquqda 
davlatning diplomatik vakolatxona boshlig‗i yoki biror-bir xalqaro tashkilotda doimiy 
vakili lavozimiga tayinlanishi va lavozimni bajarishga kirishishi bilan bog‗liq hatti-
harakatlar majmui. Akkreditlash jarayoni quyidagilardan iborat: davlat vakolatli organi 
tomonidan muayyan shaxsni o‗z diplomatik vakili etib tayinlash to‗g‗risidagi ichki 
hujjatni e‘lon qilish, uning xorijiy davlat tomonidan qabul qilinishiga rozilik olish 
(agreman) hamda yangi ishga tayinlangan vakilning xizmat qiladigan davlat vakolatli 
organiga ishonch yorliqlarini topshirish. Biror bir davlatda mavjud tajribaga asosan, 
diplomatik vakolatxona boshlig‗i ishonch yorliqlarini topshirgan paytdan yoxud o‗z 
tashrifi haqida xabar bergan va xizmat qiladigan davlat tashqi ishlar vazirligiga 
tasdiqlangan ishonch yorliqlarining nusxalarini taqdim etgan vaqtdan e‘tiboran o‗z 
vazifalarini bajarishga kirishgan hisoblanadi. Davlatning xalqaro tashkilotdagi doimiy 
vakili xalqaro tashkilotning vakolatli organiga vakolat yorlig‗ini topshirgan paytdan 
boshlab o‗z vazifalarini bajarishga kirishgan hisoblanadi.
AKKULTURATSIYA
— 1) siyosiy hayotdagi turli xil tizimlar, siyosiy qadriyatlar 
va ularga bog‗liq ichki o‗zgarishlarning boshqa bir siyosiy tizimga ta‘siri natijasi. 2) Bir 
etnik javoa vakillarining boshqa bir etnik jamoa an‘analari, urf-odatlari, turmush tarzi va 
madaniyatiga ijtimioy-siyosiy adaptatsiya jarayonidir. Shun., A. natijasida ba‘zi bir 


13 
an‘analar, odatlar, norma va qadriyatlar hamda xulq atvor namunalari boshqa millat va 
etnik guruhlar vakillari dunyoqarashida o‗z ifodasini topadi va mustahkamlanadi. 
AKSESSION SHARTNOMA
(lot. qo‗shilish) —
 
biror davlat ilgari boshqa 
davlatlar qabul qilgan shartnomaga qo‗shilganligini tasdiqlovchi shartnoma. 
AKSIYA 
— 1) harakat, biror bir maqsadga erishishga yo‗naltirilgan chiqish yoki 
harakat (mas., siyosiy, diplomatik A.); 2) aksionerlik jamiyati kapitaliga mablag‗ 
qo‗yganligini tasdiqlovchi va uning egasiga dividend ko‗rinishida
 
foydaning bir qismini 
olishga huquq beruvchi qimmatli qog‗oz. Ko‗pchilik A. egalari aksionerlarning umumiy 
yig‗ilishlarida masala yechimidagi qaror qabul qilishda ovoz berish huquqini beradi. 
AKT
(lot. 
actus
– harakat, as turn – hujjat) — 1) harakat, amal; 2) ma‘lum shaklda 
tuzilgan rasmiy hujjat (k. Dalolatnoma). 

Download 2,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   462




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish