FEDERATIV DAVLAT
(fr. birlashma, ittifoq) — ma'lum siyosiy mustaqillikka
ega davlatlarning birlashishi natijasida vujudga keladi. Federativ davlat milliy yoki
hududiy tamoyillar asosida tuzilishi mumkin. Federatsiyaning subyektlari: respublika,
viloyat, o‗lka (Rossiya), shtat (AQSH va Hindistonda), yerlar (Germaniyada) deb ataladi.
Federativ davlatlarda bir necha Konstitutsiya, bir necha fuqarolik bo‗ladi. Unitar
davlatdan farqli o‗laroq federatsiya hokimiyat oliy organlarining 2 tizimiga ega: 1)
federal organlar; 2) federatsiya a‘zolarining tegishli organlari. Federatsiya a‘zolarining
tegishli organlari, federal organlar o‗z vakolatlari va funksiyalarini butun mamlakat
hududida amalga oshiradilar. Federatsiyani tashkil etuvchi tuzilmalar tom ma'nodagi
davlatlar emas. Federatsiya hududiy va milliy turlarga bo‗linadi. Jahonda 20 dan ko‗proq
federatsiyalar bor. Xususan, AQSH, Germaniya, Braziliya, Rossiya, Hindiston (Bir
vaqtlar sobiq SSSR, Chexoslavakiya, Yugoslaviya) kabi.
FEDERATSIYA
(lot.
foederatio
–
birlashma, uyushma) — 1) davlat tuzilishi
shakli; yuridik jihatdan muayyan siyosiy mustaqilligi bo‗lgan davlat tuzilmalaridan
tashkil topgan murakkab (uyushma) davlat. Federativ davlatni tashkil etuvchi davlat
tuzilmalari (shtatlar, o‗lka, kontonlar) F. subyektlari hisoblanadi va o‗z ma'muriy-
hududiy bo‗linishlari bo‗ladi. F.da yagona konstitutsiya, yagona ittifoq (federal) davlat
hokimiyati organlari bo‗ladi, yagona fuqarolik, pul birligi va shu kabilar amal qiladi.
Unitar davlatdan farqli ravishda F. hokimiyat oliy organlarining 2 tizimiga
–
federal
organlar va F. a‘zolarining tegishli organlariga ega bo‗ladi. Federal organlar
mamlakatning hamma qududida o‗z vakolat va vazifalarini amalga oshiradi. F.ni tashkil
etuvchi davlat tuzilmalari tom ma'noda davlat hisoblanmaydi. Ular suverenitetga,
ittifoqdan bir tomonlama chiqish huquqiga ega bo‗lmaydi, yuridik jihatdan xalqaro
munosabatlarda qatnashish huquqidan mahrum. Ittifoq konstitutsiya yoki qonunlari
buzilgan taqdirda markaziy hokimiyat F. subyektiga nisbatan majburlash choralarini
ko‗rish huquqiga ega. F.ning eng zarur belgilaridan biri
–
federal parlamentning 2 palatali
tuzilmasidir. Odatda, F. a‘zolarining o‗z mustaqil konstitutsiyasi bo‗ladi. Milliy (til)
omilning ahamiyatiga qarab F. tuzilishini belgilashda hududiy asosdagi F. (AQSH,
Avstraliya, Avstriya, GFR, Argentina, Venesuela, Braziliya, Meksika), milliy asosdagi F.
(Hindiston, Belgiya, Nigeriya, Pokiston) va aralash milliy-hududiy asosdagi F. (Rossiya
Federatsiyasi, Shveytsariya, Kanada) farqlanadi. Jahonda 21 ta federativ davlat bor 2)
xalqaro yoki milliy jamoat tashkiloti (mas., Xalqaro shaxmat F.si).
FE'L-ATVOR
, xarakter — shaxsning atrof muhitga va o‗z-o‗ziga munosabatida
namoyon bo‗ladigan individual xususiyati. Har bir kishining F.a.ida uning bosib o‗tgan
hayot yo‗li aks etadi. Kishining F.a.ini bilib, ma'lum vaziyatda o‗zini qanday tutishini
oldindan ko‗rish va uning xatti-harakatini to‗g‗ri yo‗naltirish mumkin. F.a.
xususiyatlarining 4 ta tizimi bor: 1) ayrim insonga, guruhga, jamoaga nisbatan
munosabatlarni ifodalovchi xususiyatlar (yaxshilik, mehribonlik qilish, talabchanlik va
b.); 2) mehnat faoliyatiga nisbatan munosabatni aks ettiruvchi xususiyatlar
(mehnatsevarlik, dangasalik, vijdonlilik, mehnatga mas'uliyat yoki mas'uliyatsizlik bilan
munosabatda bo‗lish va b.); 3) narsa va ashyolarga nisbatan munosabatni ifodalovchi
xususiyatlar (ozodalik yoki ifloslik, narsalarni ayash yoki ularga ehtiyotsizlik bilan
yondashish va b.);
92
Do'stlaringiz bilan baham: |