1.2.Urbanizatsiya darajasi-viloyatlar miqiyosida
O‘zbekiston Respublikasi aholisining 50,8 foizi shahar joylariga istiqomat
qiladi. Mutloq raqamda u 15748,0 ming kishi (2015 y). Shahar aholisining
o‘sish sur’ati ayniqsa 1970-1980 yillarda yuqori bo‘lgan. Bunga sabab 1972 yilda
aholi manzilgohlarining shahar maqomiga o‘tkazish
uchun talab etiladigan eng
kam aholi miqdorini 10 mingdan 7 minggacha tushirilishi va buning oqibatida
shaharlar sonining nihoyatda tez ko‘payishidir (agar 1970 yilda Respublikada 42
shahar mavjud bo‘lgan bo‘lsa, 1979 yilda ularning soni 90 taga etgan).1989-2006
yillar davomida shaharliklar sonining o‘sishi ancha susaygan. Natijada umumiy
urbanizatsiya ko‘rsatkichi 40,7 foizdan 36,1 foizga tushib qoldi. Viloyatlar
darajasida mazkur
jarayon ayniqsa Toshkent, Farg‘ona, Buxoro, Xorazmda
sezilarli bo‘lgan va u faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Jizzax va Namangan
viloyatlarida birmuncha ko‘tarilgan. Hozirgi kunda shahar joylarda
yashovchilarning nisbiy miqdori bo‘yicha Qoraqalpog‘iston hamda
Toshkent va
Navoiy viloyatlari oldinda turadi, uning eng past darajasi esa Surxondaryo
viloyatida kuzatiladi.
Ayni paytda respublikada 119 shahar va 1065 shaharcha mavjud bo‘lib,
ularning barchasida 15,7 mln. atrofida aholi yashaydi. Shaharlar soni bo‘yicha
Qoraqalpog‘iston Respublikasi (12), Qashqadaryo (12) va Toshkent (16)
viloyatlari ajralib turadi. Ularning to‘ri Jizzax, Xorazm va Sirdaryo
viloyatlarida
yaxshi rivojlanmagan.O‘rta Osiyo xususan, O‘zbekiston urbanizatsiyasining
o‘ziga xos xususiyati shaharlar to‘rida kichik shaharlar (shaharchalar)
sonining
ko‘pligidir. Kichik shaharlar toifasiga 1065 ta shahar manzilgohlari mansub
bo‘lib, ularning hissasiga O‘zbekiston shaharlar tizimining 4/5 qismidan
ko‘prog‘i to‘g‘ri keladi. Ammo bularning demografik salohiyati past bo‘lganligi
bois, jami shaharliklarni taxminan 14,6 foizi aholisi 20 minggacha bo‘lgan
shaharlarda mujassamlangan. ,,Yarim O‘rta" shaharlar (L.L.Trube iborasi) 69 ta
(20-50 ming.) bo‘lsa, aholisi 50-100 ming bo‘lgan-O‘rta shaharlar soni (50-100
ming ) 19 ta . O‘rta shaharlarda mamlakat shahar aholisining 11,1 foizi istiqomat
qiladi. Ushbu toifa asosan viloyatlarning 2-markazlaridan, ta’bir joiz bo‘lsa,
okrug markazlaridan tashkil topgan. Masalan, Shahrisabz, Kattaqo‘rg‘on, Denov,
Chust,
Shahrixon, Zarafshon, To‘rtko‘l, Bekobod. Bular orasida faqat Guliston-
viloyat markazidir. O‘rta shaharlar orasidan eng yiriklari Shahrisabz (91,5 ming)
va Bekobod (85,2 ming) shaharlaridir.O‘zbekistonda hammasi bo‘lib 17 ta katta
shaharlar (aholisi 100 mingdan ortiq) mavjud bo‘lib,
ularda jami shahar
aholisining 39.9 foizi to‘g‘ri keladi. Aholi soniga ko‘ra Toshkentdan (2309 ming
k.) keyingi o‘rinda Namangan (461 ming), Samarqand (363 ming), Andijon (394
ming), Buxoro, Nukus va Qarshi shaharlari turadi. Ayni vaqtda Sirdaryo
viloyatining mamuriy markazi –Gulistonda 63.2 ming kishi yashaydi.
Shuningdek, Chirchiq, Olmaliq, Angren, Qo‘qon, Marg‘ilon
shaharlarining
ham har birida 100 mingdan ortiq aholi bor. Shu bilan birga yirik markazlar
negizida shaharlar hududiy tizimining murakkab shakllari ham vujudga kelgan.
Chunonchi, Toshkent,
Samarqand, Farg‘ona-Marg‘ilon aglomeratsiyalari shular
jumlasidandir.
Do'stlaringiz bilan baham: