V ВОВ. Т О Л К XALQI ETNOLOGIYaSI
* ---------------------------
Mavzugn oid tayanch so‘z va iboralar: Tojikiston Respublikasi,
Salavkiylar davlati
,
eroniy tillart tojik tili, Obimozor, yag'nobliklar
,
pomirliklar, uy-joylari, transports Badaxshon madaniyati.
5.1. Tojik xalqining etnogenezi va etnik tarixi
Tojiklar - Markaziy Osiyodagi qadimgi xalqlardan biri bo‘lib,
Tojikiston Respublikasining asosiy aholisi (7,8
milliondan ortiq,
2020) hisoblanadi. 0 ‘zbekistonda (1 mln. 500 ming nafardan ortiq,
asosan, Buxoro va Samarqand shaharlari hamda Urgut atroflari,
Surxondaryo, Sheroboddaryo, Katta va Kichik 0 ‘radaryo bo‘ylari,
Qashqadaryoning yuqori oqimi,
Qarshi vohasi, Nurota tog‘lari, Jizzax
vohasi, F arg‘ona vodiysining So‘x daryosi bo ‘ylari, Farg‘ona va
Q o‘qon shaharlarining janubiy qismlari, Namangan viloyatining
shimoliy va qisman g ‘arbiy hududlari), Q irg‘izistonning
Tojikiston
bilan chegaradosh hududlarida ham tojik qishloqlarini uchratish
mumkin, A fg‘onistonda (13.5 mln. nafar), Xitoyning g ‘arbiy qismi,
Eron Xurosoni, Rossiya, QozogMston va Turkmanistonda, shuningdek
Pokistonda yashaydi. Tojiklarning umumiy soni 35 mln. dan ortiq.
Asosiy qismi tojik-dariy tilida so‘zlashadi. Davlat tili - tojik tili.
T og‘li Badaxshon muxtor viloyati hamda Yag‘nob
aholisining asosiy
qismi sharqiy eron tillari guruhiga kiruvchi maxsus shevalarda
so ‘zlashadi.
Adabiy tojik tilida qadimgi fors-tojik tili (IX -X V asriar)ga - fors,
tojik va dariy tillarida so‘zlashuvchilar uchun umumiy manbaga borib
taqaladi. XX asrda adabiy tilning so‘zlashuv tili bilan yaqinlashuvi
natijasida uning leksikasida jiddiy o ‘zgarishlar ro ‘y berdi.
Tojiklar asosan, islom
dinining sunniy mazhabiga, Badaxshon
vohasi aholisining aksariyati esa shia mazhabining ismoiliya oqimiga
e'tiqod qiladi.
Yirik shaharlari - Dushanba, X o‘jand, Qo‘rg‘ontepa, Ko‘lob
(Amudaryoning o ‘ng
sohilida joylashgan viloyat; qadimda Xuttalon
(Xatlon), XVI asrdan К о4lob nomi bilan ma'lum; XVI-XV1II asrlarda
103
Balx xonligi tarkibiga kirgan. G ‘arbda V axsh va Q abodiyon, sharqda
qirg‘izlar yerlari bilan tutash), Ustrushona, X orug4 va boshqalar.
1925-yilda Tojikistonni ham da undan
tashqarida yashayotgan
eroniy xalqlam i o‘rganish jam iyati tuzildi. U ning tarkibiga rus
olimlari A. A. Sem yonov, M. S. Andreev va boshqalar kiritildi.
Jamiyat tom onidan qator ilmiy ekspeditsiyalar tashkil etilib,
tojik
xalqining tarixi, arxeologiyasi, etnografiyasi va antropologiyasiga doir
bir qator asarlar yaratildi.
T ojiklar tarixini o ‘rganishda
rus olim lari V . V. B artold va
A. Yu. Y akubovskiylam ing
hissasi k atta b o ‘ldi.
L
Do'stlaringiz bilan baham: