170
12.3. Rejalarni amalga oshirish mexanizmlari va vositalari
Indikativ rejalashtirishning samaradorligi, uning iqtisodiyotga
umumiy ijobiy ta’sir darajasi bilan aniqlanadi. Bunda indikativ rejaning
maqsadlariga erishish mexanizmlari va vositalarini to’g’ri tanlash
ahamiyatli rolni o’ynaydi. Jahon tajribasini o’rganish O’zbekistonda ham
foydalanish mumkin bo’lgan inidkativ rejalarni samarali amalga oshirish
uchun davlat tomonidan foydalaniladigan quyidagini ahamiyatli
mexanizm va vositalar sifatida ajratishga imkon beradi.:
1. Qatnashish. Indikativ rejalashtirish jarayoniga davlat tuzilmalari
bilan bir qatorda xususiy biznes, jamoa tashkilotlari, aholi va hatto siyosiy
partiyalar vakillarini jalb etish. Yuqorida ta’kidlanganidek, bunday
yondashuv barcha “o’yin qatnashuvchilarining” qiziqishlari va holatini
hisobga olishga imkon beradi.
Shuning bilan birga, juda ahamiyatli bo’lgan narsa, rejani, uning
kuchli va zaif tomonlarini uzoq muhokama qilish mobaynida, bu jarayon
qatnashchilari yangi sharoitlar doirasida ishlash shartlari belgilanadi.
Shuning natijasida bu ularga yangi sharoitlarga tez moslashishga,
shuningdek bashorat davrida davlatning yangi strategiyasini hisobga olib
unga mos xo’jalik xarakati uchun zaruriy institustional, moliyaviy va
boshqa choralarni amalga oshirish imkonini beradi.
2. Habardor qilish. Axborot berilishi kutilayotgan strategiyalar, fiskal
va pul-kredit siyosati haqida jamiyatning barcha qatlamlarini keng tarzda
o’z vaqtida xabardor qilish, nafaqat indikativ rejalashtirish jarayoni
ishtrokchilariga,
balki
ko’pchilik
faoliyat
yurituvchi
xo’jalik
subyektlariga va aholiga, majbur bo’lmagan xatolardan qochish, o’z
biznes-strategiyasini oqilona yaratish, yangiliklardan yoki konyuktra
o’zgarishidan keyingi bo’lishi mumkin bo’lgan noxush oqibatlarni oldini
olish imkonini yaratadi.
3. Me’yorlashtirish. O’rta muddatli indikativ rejalar direktiv
(to’g’ridan to’g’ri) topshiriqlar o’rniga, makroiqtisodiy siyosatning
belgilangan sharoitlarini: aniqlovchi soliq yuklari, Markaziy Bankning
qayta moliyalashtirish stavkasi, banklarning majburiy zaxira me’yorlari,
ayirboshlash kursi, bojxona to’lovlari, cheklovlar, byudjet tizimi
darajalari bo’yicha daromadlarning taqsimlanish me’yorlari, byudjet
tashkilotlarida ish haqi jamg’armasi limitlari, ijtimoiy me’yorlar
aniqlovchi belgilangan me’yoriy hujjatlar tizimiga ega bo’lishi kerak.
Me’yoriy hujjatlarni joriy qilish mumkin bo’lmagan hollarda, mos
171
ko’rsatkichlar (valyuta koridori, qayta moliyalashtirish foiz stavkasining
tebranish koridori) tebranish uzunligini cheklash usuli qo’llaniladi.
4. Moliyalashtirish. Maqsadli dasturlarni davlat byudjeti, jalb
qilinadigan kreditlar, shu jumladan, davlat kafolati orqali mablag’lar
hisobidan moliyalashtirish indikativ rejalarni amalga oshirishning
to’g’ridan-to’g’ri vositasi hisoblanadi. Odatda, bu vosita byudjet siyosati,
davlat maqsadli dasturlari, investistion dasturlar, shuningdek indikativ
rejalar maqsadlariga erishish uchun ahamiyatli bo’lgan strategik sohalar
va loyihalarga imtiyozlar va har xil subsidiyalar mexanizmlari orqali
amalga oshiriladi.
5. Davlat maqsadli dasturlari. Indikativ rejalarning ustuvor
yo’nalishlari bo’yicha qo’yilgan vazifalarni moliyaviy manbalar bilan
bog’lovchi, muddatlar va ma’sul ijrochilarni aniqlovchi mukammal
maqsadli dasturlarni ishlab chiqish maqsadga muvofiq. Bu mexanizm
indikativ moliyalashtirishdan foydalanuvchi barcha mamlakatlarda
foydalaniladi.
6. Davlat xaridlari. Xaridlar ko’pincha maqsadli dasturlar doirasida
amalga oshiriladi, ularni bajarish uchun davlat va xususiy korporaiyalar
o’rtasida byurtmalarni joylashtiruvchi va ularning faoliyatini nazorat
qiluvchi maxsus davlat kompaniyalari tashkil etiladi.
7. Davlat sektorini rejalashtirish. Bu mexanizm Franstiyada keng
qo’llaniladi va to’liq davlat ixtiyoridagi korxonalarni boshqarish vositasi
bo’lib xizmat qiladi. Odatda bu – xususiy sektor korxonalaridan farq
qiladigan, davlatning qat’iy nazorati ostida bo’lishi kerak bo’lgan tabiiy
monopoliya tarmoqlaridagi katta korxonalar hisoblanadi.
8. Investistion dastur. Bu mexanizm Yaponiyada shuningdek
Osiyoning rivojlanayotgan mamlakatlarida nisbatan keng qo’llaniladi.
Yaponiya tajribasi ko’rsatishicha 1953 yildan buyon davlat byudjetiga
nisbatan investistiyalar va zayomlarning muvaqqat dasturi ishlab
chiqiladi,
mamlakatning “ikkinchi byudjeti” ishlab chiqarishga
investistiya kiritishning va iqtisodiy rivojlanishning kuchli vositasi
hisoblanadi. Undan ajratiladigan kreditlarning real ahamiyati nafaqat
ularning o’zlariga, balki ular xususiy korporastiyalar iqtisodiyotini
rivojlantirishni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlashning yo’nalishlari
sifatida namoyon bo’lishidadir.
9. Baho siyosati. Bozorlardan baho siyosati, inflyastiyani ushlab
turish maqsadidagi tabiiy monopoliya tariflarini qattiq tartibga solish,
innovastion va texnologik rekonstrukstiya davrida mahalliy ishlab
chiqarishning raqobatbardoshligini oshirish. Ishlab chiqaruvchilar
172
tomonidan, bu misol uchun rejalashtirilayotgan davr uchun ishlab
chiqariladigan mahsulotning narx o’zgarishi chegaralarini kafolatlashning
iste’molchilari tomonidan – mazkur mahsulotni o’z vaqtida sotib olish
majburiyatlarini kafolatlash.
10. Byudjet siyosati. Amalga oshirilayotgan byudjet siyosati indikativ
rejalarda namoyon bo’lgan ustuvorliklar va yo’nalishlarga mos kelishi
zarur. Davlat byujetini shakllantirish tamoyillari rivojlantirishga
yo’naltirilgan iqtisodiyotni tartibga solish tizimining ususiy mantig’iga
mos ravishda qayta ko’rib chiqilishi zarur. Uni ishlab chiqish asosiga
muayyan
yo’nalishlar bo’yicha byudjet xarajatlari darajalarini
aniqlashtiruvchi qonuniy belgilangan normativ hujjatlarini, shuningdek
xarajatlarni rejalashtirish va amalga oshirish dasturli maqsadli
tamoyillarini qo’yish kerak. Bunda asosiy ustuvorlik birinchi navbatda,
fan va ITT rivojlantirish xarajatlariga, shuningdek, kelgusi rivojlanish
mustaxkamligi asosini tashkil etadigan ta’lim va milliy xavfsizlikka
berilishi zarur. Yuqori usutvorlik, yana investistion dasturlarga berilishi
lozim.
11. Pul kredit siyosati. Indikativ rejalarni samarali amalga oshirish
ahamiyatli sharti bo’lib pul kredit organlari faoliyatining shaffofligi
hisoblanadi. Xukumat pul-kredit siyosatidagi o’zgarishlar haqida
ommaviy habar berish ularning sabablarini tushuntirishlari lozim.
Shaffoflik amalga oshirilayotgan siyosatning samaradorligini oshirishga
yordam beradi.
Harakatlar
shaffoflik
kutish
mexanizmlari
orqali
bozor
ishtrokchilariga ta’sir ko’rsatadi hamda monetar vositalarni qo’llash vaqti
va iqtisodiy agentlar javobi o’rtasidagi masofani qisqartiradi.
12. Tashqi savdo. Tashqi savdo siyosati tanlangan iqtisodiy
strategiyani amalga oshirish uchun eksport va import qiluvchilar
faoliyatini zaruriy tomonga yo’naltiruvchi bojxona to’lovlarini, notarial
to’siqlarni, cheklov va listenziyalarni, eksport (import) qiluvchilarga
ochiq va yashirin subsidiyalarni joriy qilish.
13. Ijtimoiy siyosat. Indikativ rejalarda nazarda tutilgan ijtimoiy
siyosat. Maqsadli ijtimoiy dasturlar, ijtimoiy normativlar (eng kam ish
haqi, nafaqa va x.k.), shuningdek ijitmoiy sohalarni rivojlantirishga
byudjet xarajatlari orqali amalga oshiriladi. Demak qat’iy aytadigan
bo’lsak, davlat xo’jalik yurituvchi subyektlar va aholi tomonida indikativ
rejalarni tushunish mexanizmini shunga mos ravishda ularni to’g’ridan-
to’g’ri usullarini emas, balki kengaytirish-cheklash-yo’naltiruvchi
mexanizmi orqali amalga oshirish shartlarini ishlab chiqadi.
173
Kengaytiruvchilar bo’lib indikativ rejalarni ishlab chiqishda keng
ishtirok etish va ular haqida ma’lumot berish nazarda tutiladi.
Cheklovchilar bo’lib, belgilanadigan normativlar va byudjet chegaralari
hisoblanadi. Yo’naltiruvchilar bo’lib – makroiqtisodiy siyosatning
prognozi va shakllanuvchi shartlari maqsadli va investistion dasturlar
hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |