B. B. Berkinov, Ye. A. Yarmolik, Q. Q. Quvnoqov


-bob. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA IJTIMOIY – IQTISODIY



Download 2,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/126
Sana17.10.2022
Hajmi2,22 Mb.
#853638
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   126
Bog'liq
13ab082b6aa0697ba7521f82e74e7ae4 INDIKATIV REJALASHTIRISH

12-bob.
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA IJTIMOIY – IQTISODIY 
RIVOJLANISHNI INDIKATIV REJALASHTIRISHNING 
HOLATI
 
 
12.1. Ishlab chiqarish va uning asosiy sohalarini indikativ 
rejalashtirishning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi . 
12.2. Indikativ reja tuzishda iqtisodiy organlarning funksional 
hamkorligi. 
12.3. Rejalarni amalga oshirish mexanizmlari va vositalari. 
 
 
12.1. Ishlab chiqarish va uning asosiy sohalarini indikativ 
rejalashtirishning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi 
 
1 bosqich – Vazirlar Mahkamasi tomonidan o’rta muddatli istiqbolga 
O’zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning indikativ 
rejasini ishlab chiqish haqidagi qarorining qabul qilinadi. Hukumat qarori 
bilan vazirliklar va idoralardan ma’sul ijrochilarni belgilangan holda o’rta 
muddatli istiqbol uchun indikativ rejani ishlab chiqish bo’yicha tashkiliy 
chora-tadbirlar ro’yxati va muddatlari o’rnatiladi. 
Vazirlar Mahkamasi Iqtisodiyot vazirligi bilan hamkorlikda indikativ 
rejani ishlab chiqishning birinchi bosqichini amalga oshiradi. Hukumat 
bo’linmalari va Iqtisodiyot vazirligi aniq maqsadlar, asosiy vazifalarni va 
dasturlarni shakllantirish va asoslash yo’li bilan ijitmoiy-iqtisodiy 
rivojlanishining istiqbollarini ishlab chiqadi. 
2 bosqich – Prognoz ishlarini tashkil etilishida o’zaro kelishuvni va 
ketma-ketlikni ta’minlash maqsadida Iqtisodiyot vazirligi boshqa 
vazirliklar, idoralar va korxonalar bilan hamkorlikda O’zbekiston 
Respublikasining Davlat byudjeti va rivojlanishining ohirgi 3-5 yil 
makroiqtisodiy ko’rsatkichlarini muammoli savollarni aniqlagan holda 
kompleks tahlilni amalga oshiradi. 
Kompleks tahlil quyidagilarni ochib berishi zarur: 
-
tasdiqlangan dasturlarni amalga oshirish va yangilarini ishlab 
chiqish bo’yicha xukumat qarorlarining ijro etilishini; 
-
ishlab chiqarish quvvatini, iqtisodiyot rivojlanishining ichki va 
tashqi tendenstiyalarini, iqtisodiy siyosat va davlat me’yorlashtirish 
tizimlari natijaliligi holatini; 


164 
-
ishlab chiqarish quvvatlarining tarkibi va dinamikasini, shuningdek 
shu jarayonlarga ta’sir etuvchi omillarni hamda jahon iqtisodiyoti 
rivojlanishi bilan taqqoslanishi; 
-
mahsulot ishlab chiqarish bo’yicha korxonalarning maqsadlari va 
imkoniyatlarini, 
ularni 
eksportga 
chiqarish, 
quvvatlarni 
texnik 
ta’minlashni. 
3 bosqich – strategik maqsadlarni va ustuvorliklarni aniqlash hamda 
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish konsepsiyalarini ishlab chiqish birinchi olti 
oylikda Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va boshqa iqtisodiy 
organlar, ilmiy tashkilotlar bilan hamkorlikda o’rta muddatli istiqbolda 
ijtimoiy-iqtisodiy siyosatning asosiy yo’nalishlari, ustuvorliklari va 
maqsadli ko’rsatkichlarini ishlab chiqadi. 
4 bosqich –makroiqtisodiy prognozlarni, maqsadli yo’nalishlarni va 
rivojlanish 
indikatorlarini 
ishlab 
chiqish. 
Iqtisodiyot 
vazirligi 
makroiqtisodiy siyosatning muvofiqlashtirilishiga javobgar markaziy 
iqtisodiy organlari bilan hamkorlikda ro’y berayotgan o’zgarishlarni 
hisobga olgan holda o’rta muddatlarga ssenariyli makroiqtisodiy 
prognozlarni va iqtisodiy siyosatni aniqlashtirishga oid takliflarni ishlab 
chiqadilar. 
Prognoz variantlarida: 
-
iqtisodiyot rivojlanishining maqsadlari va ustuvorliklari; 
-
tarkibiy va investistion siyosatning yo’nalishlari; 
-
ilmiy texnik taraqqiyoti rivojlanishi; 
-
Respublkada iqtisodiyotning ijtimoiy chegarlari va boshqa tayanch 
savollari qayta ko’rib chiqiladi. 
O’rta muddatli istiqbol uchun ssenarli makroiqtisodiy prognozlarni 
ishlab chiqishga asosiy talabalar bo’lib iqtisodiy organlar tomonidan 
makroiqtisodiy muvozanatni ta’minlanishi hisoblanadi. 
Mazkur bosqich vazifalarini amalga oshirish uchun markaziy 
iqtisodiy organlarning ilmiy ekspertlar, rahbar xodimlar hamda tajribali 
mutaxassislari tarkibida tashkilotlararo ishchi guruh tashkil etiladi. 
Tashkilotlararo ishchi guruh vazifalariga prognozning bir qancha 
ssenarli variantlarini ishlab chiqish va har xil maqsadli ustuvorliklarini 
hamda siyosat vositalari o’zgarishi negizida ularning muvozanatini 
ta’minlash kiradi. 
Vazirlar Maxkamasida maqsadli yo’nalishlar, ustuvorliklar, ijitmoiy-
iqtisodiy rivojlanish konsepsiyalari, iqtisodiy siyosatning asosiy 
yo’nalishlari hamda makroiqtisodiy prognoz variantlari ko’rib 
chiqilganidan keyin belgilangan tartibda asosiy yo’nalishlar sifatida 


165 
vazirliklarga, tashkilotlarga, mahalliy ma’muriyatlarga, korxonalarga 
etkaziladi. 
5 bosqich – maqsadli va tarmoq ko’rsatkichlarini amalga oshirish 
shartlari va indikatorlarini hamda rivojlanish dasturlarini aniqlash 
Iqtisodiyot vazirligi va tarmoq vazirliklari, tashkilotlar va korxonalar 
iqtisodiy siyosatning ehtimolli yo’nalishlarini va hukumat yo’nalishlarini 
hisobga olgan holda mustaqil ravishda o’z rivojlanishining prognoz 
ko’rsatkichlarini aniqlaydilar hamda bashorat qilinayotgan davr uchun o’z 
faoliyatlari haqida ularni umumlashtirish uchun hududiy va tarmoq 
organlariga taqdim qiladilar. 
Boshqaruvning hududiy va tarmoq organlari korxonalar bajarmoqchi 
bo’lgan ishlarini umumlashtiradilar va keyinchalik Iqtiosdiyot vazirligiga 
taqdim etadilar. 
6 bosqich – makroiqtisodiy prognozlarni maqsadli va tarmoq 
ko’rsatkichlari hamda rivojlanish dasturlari bilan muvofiqlashtirish. Bu 
bosqichda Iqtisodiyot vazirligining makroiqtiosdiy bashoratlarni real 
sektorning tarmoq tashkilotlari, hududiy organlar, vazirliklar va ijtimoiy 
soha tashkilotlari rivojlanish prognozlari bilan muvofiqlashtirish va 
integrastiyalashtirishga oid ishlari amalga oshiriladi. 
Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi hamkorlikda davlat 
ehtiyojlarini resurs ta’minotini tavsiflovchi iqtiosdiy muvofiqlashtirgich 
va ko’rsatkichlar tizimini hisobga olgan holda, keyingi yilgi davlat 
byudjeti loyihasi va bashorat ko’rsatkichlarini o’zaro bog’liqligini amalga 
oshiradilar. 
7 bosqich – Vazirlar Mahkamasiga indikativ rejaning oxirgi 
variantini taqdim etish. Vazirlar Mahkamasiga indikativ rejaning oxirgi 
variantini taqdim etishi uni Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi Birlashgan 
Hay’atda ko’rib chiqilganidan keyin Iqtisodiyot vazirligi tomonidan 
amalga oshiriladi. Vazirlar Mahkamasi Oliy Majlisga ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlanishning indikativ rejasini Davlat byudjeti bilan bir vaqtda kiritadi.
Oliy Majlisda o’rta muddatli indikativ reja ko’rib chiqilishidan keyin 
ommaviy axborot vositalarida chop etiladi. 
 

Download 2,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish