“Meyorlashtirish asoslari” fanidan ma’ruzalar matni



Download 1,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/66
Sana17.10.2022
Hajmi1,18 Mb.
#853604
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   66
Bog'liq
“Meyorlashtirish asoslari” fanidan ma’ruzalar matni

7.2. Kuzatish asboblari


59 
Ish vaqti sarfini o‘lchash uchun strelkali va Raqamli priborlar, yozuvchi yoki 
avtomatik registratorlar ishlatiladi. Sekundomer, xromoskop, xrograflar strelkali 
priborlar jumlasiga kiradi. Sekundomerning sekund strelkasi knopkani bosish bilan 
yurgizib yuboriladi, ikkinchi bosishda strelka to‘xtaydi, uchinchi bosishda esa 
strelka noll xolatiga keltiriladi. Strelkaning to‘xtashi vaqtni o‘lchashni uzib qo’yib 
o’lchangan vaqt bo‘lsa, qancha davom etganini qayd etib qo’yish imkonini beradi. 
Xronoskop - qisqa vaqt bo‘laklarini o‘lchashda ishlatiladi. Uning aosiy 
strelkasi 3,6 sekund yoki 10 sekundda, qo’shimcha strelka esa 3 minutda bir 
aylanib chiqadi. Xronoskop ham sekundomer singari ishlaydi. Uni qisqa ish 
usullarini o‘lchashda ishlatgan ma’quldir. Xronograf - bu bir strelkali sekundomer 
prinsipida ishlaydigan strelkali qo‘l soatidir. 
Strelkali priborlarda vaqtni ikki usulda o‘lchash mumkin: alohida sanash 
usuli (takrorlama usul) va joriy vaqt usuli (uzluksiz usul) vaqtni alohida sanash 
usulida o‘lchash quyidagilardan iborat. 
Mehnat jarayonidagi o’lchanadigan elementning boshlanish paytida sekund 
strelkasi yurgizib yuboriladi. Tugash paytida esa to‘xtatiladi, strelka ko‘rsatkichi 
yozib olinadi va u yana nol xolatiga qaytarib qo‘yiladi. Navbatdagi o‘lchashlarning 
har qaysisi yana shu tartibda bo‘ladi. Joriy vaqt bo’yicha o‘lchash usuli shundan 
iboratki, bunda sekund strelkasini sur’atga olish boshlanishida yurgizib yuboriladi, 
kuzatish payti kuzatilganda esa to‘xtatiladi, alohida protsess elementlari 
chegaralari esa ular tugashi paytida bir strelkali sekundomerning yurib to‘rgan 
sekund strelkasi ko‘rsatishga qarab qayd etiladi. Strelkali priborlar yordamida vaqt 
o‘lchash sermehnat ish. Kuzatuvchi juda ko‘p yozib borishi bilan birga ish qanday 
kechayotganini kuzatib turishi kerak, bu esa xatolarga sabab bo‘ladi. Yozish 
natijalarini avtomatik qayd etadigan priborlar kuzatuvchi ishini yengillashtiradi. 
Ko‘pssiferbilatli strelkali priborlar qayd qilish protsessida yozib borishni 
talab qilmaydigan, eng oddiy priborlardan hisoblanadi. Ularda ikki xil schetchik 
bo‘lib, ulardan bittasi protsessning alohida elementlari bajarilishi vaqtini jamlab 
boradi, ikkinchi esa ularning takrorlanishi hisoblab boradi. Bunday priborlar bir 


60 
yo‘la 10-13 kg turli elementlar vaqtini qayd etish imkonini beradi. Vaqt schetchigi 
ko‘rsatishi protsess elementlarining har qaysisi bo’yicha takrorlanish schetchigi 
ko‘rsatishga bo‘lish yo‘li bilan elementlarning davom etish vaqti aniqlanadi. 
Vaqtni alohida sanashlar qayd etilmasligi, shuningdek xatoga yo‘l qo’ymaslikning 
iloji yukligi bunday priborlarning kamchiligi hisoblanadi. 
Xronograflar protsessning har bir o’lchanadigan elementi qancha davom 
etishini avtomatik qayd etib boradi. Ular yozish qurilmasidan va qog‘oz lentaning 
o‘zgarmas tezlikda harakterlanib turadigan mexnanizmdan iborat. Boshqaruv 
knopkasi bosilganda yozish qurilmasining perosi (qalami) lentaga belgi qo’yadi. 
Lentani ikkita belgi oralig’idagi uzunligiga qarab alohida o’lchanadigan vaqtlar 
qancha davom etgani aniqlanadi. Bunda kuzatuvchi vaqtni yozib borishdan ozod 
bo‘ladi. 
Raqam yozish (bosish) priborlarda protsessning uzatiladigan har elementi 
uchun mo’ljallangan soat mexanizmi raqamli barabanchalar bo‘ladi. Raqamli 
barabanchaning tegishli joylari bosilganda qayd qilish haqidagi ma’lumotlar 
mahsus lentaga bosilib qoladida, natijada tayyor kuzatish kartasi xosil bo‘lib 
chiqadi. Ommaviy ishlab chiqarishdagi mehnat jarayonlari normativlarini tadqiq 
etish hamda ishlab chiqarish uchun hisoblash mashinalar va elektron hisoblash 
mashinalari ishlatilgani ma’quldir. Bunda vaqt sarfi magnit lentasiga perfolenta 
yoki perfokartaga yozilib boriladi, natijalar esa mahsus programmaga binoan EXM 
da ishlanib olinadi. Bevosita ish joyida kuzatishning yuqorida bayon etilgan 
usullarining hammasida ham ijrochining ham ishdan chalg’itadi va psixologik 
ta’sir ko‘rsatadi, bu esa kuzatish natijasiga ta’sir ko‘rsatadi. 
Sanoat televizion qurilmalaridan foydalanish bu kamchiliklarni bartaraf etish 
imkonini beradi. Ularni ishlash vaqti fotografiyasi gruppali bo‘lganda ishlatish eng 
samarali chiqadi. Biroq ijrochining ish joyida yo’qligi sababini, ayrim xollarda esa 
bajarilayotgan ish harakterini bilib bo‘lmasligi bu usulning muhim kamchiligi 
hisoblanadi. Kinoga olish va ossilografiyalash yordamida mehnat jarayonini to‘liq 
tadqiq etish mumkin. Bo‘lar mehnat jarayonidagi hamma elementlar bajarilishining 
mazmuni va ketma-ketligini, shuningdek barcha vaqt sarfini batafsil va nihoyatda 


61 
aniq qayd etish imkonini beradi. Kinogrammaning keyin o‘rganish va amal qilish 
uchun qayta-qayta qo’yib ko’rib, ortiqcha va noratsional bajarilgan harakatlarni, 
amallar va usullarni topish shuning natijasida bekor ketgan vaqtni aniqlash 
mumkin. Bunday tadqiqotga asoslanib, mukammalroq mehnat uslublarini ishlab 
chiqish va uning hamma elementlariga vaqt normativlari belgilab chiqish mumkin. 
Kinoga olish shuningdek ilg‘or tajribani o‘rganish, ko‘rsatishi va tarqatishda ham 
samarali usul xizmati o’tashi mumkin. 
Ossillografiyalash usuli operatsiyalarning mashina elementlarini va 
mashinani qo‘l elementlarini tadqiq etishda ishlatiladi. U mashinalarning turli 
organlaridan ularga ulab qo‘yiladigan elektr datchiklar tizimi orqali signallar olib, 
protsess qanday o’tayotganini kuzatuvchining ishtirokisiz, avtomatik ravishda qayd 
etish imkonini beradi. 
Ish vaqtini ishlatish turlari va uslublarini bilgan xolda har bir kuzatish turini 
alohida-alohida ko’rib chiqamiz. 

Download 1,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish