Jurnal 1918-yil dekabr oyidan chiqa boshlagan



Download 1,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/121
Sana13.10.2022
Hajmi1,3 Mb.
#852976
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   121
Bog'liq
pdffox.com xalq-talimi

Ключевые слова. 
Информатизация, компетентный, современное образование, 
медиакоммуникация, интеграция, медиакомпетентность.
The article deals with approaches to the formation of media competence of students of 
higher educational institutions. The author determined the scientific-theoretical and methodical 
bases of development of creative and critical thinking, communicative abilities of students 
through the use of the classes in computer science and information technology and the mass 
media.
Key words
. Informatization, competent, modern education, mediacommunication, 
integration, media competence.
Salohiddin BABADJANOV, 
Nizomiy nomidagi TdPU 
katta ilmiy xodim-izlanuvchisi
PеdAGOGikA OLiY TA’LiM MUASSASALAri 
TALABALAriNiNG MеdiAkOMPеTеNTLiGiNi 
rivOJLANTiriSHNiNG NAZAriY-MеTOdik 
ASOSLARI
I
jtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yuz berayotgan, inson omilining roli kuchayib bora
-
yotgan sharoitda ilmiy texnikaviy taraqqiyot talablariga mos holda oliy ta’lim mu
-
assasalari talabalarining mediakompetentligini rivojlantirish hozirgi zamon talab
-
laridan hisoblanadi. Shu bilan birga informatika va axborot texnologiyalari fani dars 
jarayonlarida media vositalaridan foydalanish, talabalarda media vositalariga bo‘lgan 
munosabat, ijodiy va tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini, kommunikativ qobiliyatlarni rivoj
-
lantirishning ilmiy nazariy va metodik asoslarini ishlab chiqish bugungi kunning dolzarb 
mavzularidan biri hisoblanadi.
Jamiyat rivojlanishining hozirgi bosqichi asosan, axborot texnologiyalari va mu
-
loqotning kommunikativ vositalarini rivojlantirish sohasida globallashtirish jarayonini 
kuchaytirish hisoblangan jiddiy o‘zgarishlar bilan tavsiflanadi. Jamiyatdagi talablar oliy 


25
kasbiy ta’lim maktabi oldiga mutaxassislarni integratsiyalashgan mehnat bozori sha
-
roitidagi faoliyatga tayyorlash kabi yangi vazifalarni qo‘ydi. Oliy pedagogika makta
-
bining asosiy vazifasi, istalgan iqtisodiyot sohasida samarali kasbiy faoliyat yuritish 
uchun zamonaviy medialardan foydalanishda yetarlicha bilimga ega bo‘lgan bo‘lajak 
mutaxassislarni tayyorlash hisoblanadi. Bo‘lajak mutaxassislar mediakompetentligini 
rivojlantirish uchun rejalashtirilgan ish bugungi kunda butun jahonda amalga oshirila
-
yotgan oliy darajadagi mutaxassis egallashi lozim bo‘lgan yangi sifatlar va ko‘nikma
-
larga yangi yondashuvlarni ishlab chiqish zaruriyatini tug‘dirdi. Ushbu yondashuvlarni 
samarali o‘zlashtirish bo‘lajak mutaxassislarga o‘z shaxsiy va ijtimoiy hayoti asosini 
qurishga imkon beradi, amaliy ko‘nikma va malakalar bilan uni kasbiy faoliyatda qo‘l
-
lash uchun asos bo‘ladi. 
Yagona axborot makonini yaratish mediaaxborotni qabul qila olish va medialash-
gan muloqotni amalga oshira bilishni talab qiladi. Hozirgi vaqtda mediakompetentlik 
shaxsning muhim sifatlaridan biridir, uni shakllantirish esa, umumiy pedagogikaning 
dolzarb muammolaridan biri bo‘lib qolmoqda. Bugungi kunda jamiyatimiz va bo‘lajak 
mutaxassislar oldida turgan murakkab ijtimoiy va iqtisodiy vazifalarni muvaffaqiyatli 
hal qilishda, faqatgina o‘qituvchi tomonidan berilgan yaxlit bilimlarni talabaning shax
-
san egallashiga urg‘u beriladi. v.P.Zinchenkoning ta’kidlashicha, shaxsiy bilimlar va 
tushunchalar bilan teng bo‘lib, faqatgina o‘zlashtirilganlardan foydalanish emas, balki 
ta’lim tizimi sohasida ahamiyatli natijalarga olib keluvchi bir necha muhim o‘qib o‘rga
-
nilgan bilimlardan ham foydalanishni ko‘zda tutadi.
OTM (oliy ta’lim muassasasi) talabalari mediakompetentligini shakllantirish mu
-
ammosini hal qilishdagi kompetentli yondashuv quyidagicha xulosaga olib keladi:
– 
talabaning axborotga ega bo‘lganlik darajasiga emas, balki uning shaxsiy-kas
-
biy tajribasiga yo‘naltirish;
– 
tajriba refleksi asosida mediali mustaqil ta’lim usullarini rivojlantirish;
– 
mediakompetentlikni shakllantirish jarayonida talabaning shaxsiy shakllanish 
traektoriyasini tanlash imkoniyati;
– 
mediakommunikatsiya jarayonini kuzatishni ta’minlovchi pedagog-translyator 
bilimlarini pedagog-fasilitator bilan almashtirish;
– 
amaliyotda mediakommunikatsiya tajribalarini tayyorgarlik va qobiliyatlar bilan 
mujassamlashtirish.
Biz tomondan tanlangan ikkinchi nazariy-metodik asos – semiotik yondashuv 
bo‘lib, r.karnap, Ch.U.Morris, Ya.r.Mukarjovskiy, Ch.O.Pirs, F.de Sosyur va bosh-
qalarning ishlarida nutq madaniyatini amaliyot bilan bog‘lashga imkon beradi. inson 
kommunikatsiyasi, hayvonlar munosabati, turli axborot va ijtimoiy jarayonlar, madani
-
yatning rivojlaniishi, barcha san’at turlari semiotika qiziqishlari doirasiga kiradi.
A.A.veryayev fikrlari bilish predmeti dinamikligi va statistikasiga kiruvchi belgili 
tizim fikrlash jarayonining mahsuldorligini oshiradi. Shuningdek, umuman ta’lim
-
ning semiotik komponentiga, xususan, kommunikativ ta’limga katta e’tibor qaratish 
zarur.
Semiotik yondashuv media xabarlarni aniq tushunish imkonini beradi. Matn so‘z
-
lashuv mahsuloti tizimi bo‘lib, til o‘rganuvchilarga mavzu, kontekst, vaziyat, muammo, 
muomala janri va qobig‘i doirasida, ma’lum bir ijtimoiy faoliyat fonini aks ettiruvchi aniq 
manzilga yo‘naltirilganlik, ijtimoiy, kasbiy, shaxsiy vaziyatlarni ajratib ko‘rsatish kabi 
til harakatining tizimlashtirilgan obrazi sifatida alohida ahamiyat kasb etadi. Shunday 
qilib, ta’lim tizimi matn atrofiga quriladi.


26

Download 1,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish