372
ruhiyatini ko’tarish va ular uchun shart – sharoitlarni yaratish, bugungu
tarbiya tizimining kelajagi o’qituvchilarga bog’liq dedilar.
O’qituvchilarning kasbiy pedagogik faoliyatini “O’qituvchi –
o’quvchi” o’zaro kommunikativ aloqasida olib boriladi,
shu jarayonda
ta’limiy – tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlari amalga oshiriladi.
Bugungi
kunda
ta’limni
tarbiyaviy
jarayonida
o’qituvchilarning
kommunikativ
muloqoti
o’qituvchining
kasbiy
kommunikativ
kompetentligi muhim ahamiyat kasb etadi. Zamonaviy psixologiyada
kommunikativ kompetentlik va uning tarkib topishi, shart – sharoitlari va
omillarini o’rganishga e’tibor beriladi. Kommunikativ kompetentlik shaxs
xulq – atvorini boshqalar tomonidan to’g’rilanishi bilan bog’liqdur.
O’qituvchi xatti – harakatlari o’quvchilar, ota – onalar va hamkasblari
bilan bo’lgan muloqotlarda ko’zga tashlanadi. Muloqot davomida
o’qituvchi har – bir o’quvchiga
hurmat bilan yondashish, uning shaxsini
hurmat qiladi.
O’qituvchining yuqori saviyasi o’qituvchi ekanligini namoyon qiladi.
O’qituvchilar malakasini oshirish va qayta tayyorlash hududiy markazida
biz ko’plab o’qituvchilar kommunikativ muloqotga kirishamiz, shu sababli
ular uchun bir qator pedagogik va psixologik tavsiyalar beramiz.
1.
Bugungi o’qituvchilar uchun muloqot madaniyati,
muomala
madaniyati juda zarur va u tarbiyaviy ahamiyat kasb etishi lozim;
2.
Pedagogik muloqot jarayonida yuzaga keladigan har qanday nizoli
muammolarni zudlik bilan yechimini topish zarur;
3.
O’quvchi holatini his qilishda kognetiv malakalarga ega bo’lishi;
4.
Pedagog o’zining pedagogik faoliyatida ijtimoiy kompetentligni
shakllantirishi zarur;
5.
Ijtimoiy kompetentlik negizida o’qituvchi va o’quvchini
jamiyatda
o’rni, ijtimoiy mavqeyi e’tiborga olinadi.
Bugungi globallashuv davrida o’qituvchi va o’quvchilar yangicha
shart – sharoitlarga moslashuvi jarayonida insonlardagi ijtimoiy
kompetentlik darajasining shakllanganligi alohida ahamiyat kasb etadi.
Psixologik va pedagogik kompetentlik negizida insonning professional
faoliyati va hayoti davomida uchrashi mumkin bo’lgan muammolar turadi,
zamonaviy kompetensiya o’qituvchi bu muammolarni
psixologik nuqtai
nazardan tahlil qilib yechimini topishi kerak.
Ayrim tadqiqotchilar fikricha o’qituvchining intim – pedagogik jihatdan
salohiyatini shakllantirishga ijtimoiy – kasbiy pedagogik madaniyat va
malakasining maqsadga muvofiq ravishda o’z muddatida oshirishga turtki
beradi.
373
O’qituvchining kasbiy kompetensiyaga ega mutaxassis sifatida
shakllanishi
eng
avvalo
professional
jamoada
mazkur
jarayon
refleksiyasini o’zlashtirgach amalga oshadi.
Kompetentlik ikki yo’nalishda rivojlanadi.
1.
Psixologik madaniyatni va psixologik amaliyotning madaniy –
tarixiy belgilari tizimini o’zlashtirish;
2.
Yangi tajribalarni o’zlashtirish muhitida
konstruktiv harakat qilish,
malaka, ko’nikmalarni rivojlantirish.
Shunday qilib, pedagogik jarayonlarda o’qituvchi kompetentligi
o’quvchiga maqsadga muvofiq ta’sir ko’rsatib, unda ijobiy motivatsiyani
hosil qilishda iboratdir.
Do'stlaringiz bilan baham: