283
Аннотация:
в данном тезисе описывается развитие
образовательного процесса, значение образования в образовательном
процессе, их взамимообусловленность,
взгляды великих мыслителей
на воспитание, значение образования в жизни человека.
Ключевые слова:
общество, оброзование, поведение, обучение,
счастие,
совершенство,
упражняться,
опыт,
органическая
зависимость.
Ta’lim asosida jamiyat rivojlanishining obyektiv ehtiyojlari turadi.
Ta’lim insonning mehnat olamiga samaraliroq kirishini, jamiyat
hayotiga
qo`shilishini ta’minlaydi. Mustaqillikka erishib, erkin bozor
munosabatlari asosida demokratik huquqiy davlat sifatida shakllanish
yo`liga o`tgan O`zbekistonda hozirgi bosqichda xalq ta’limi
tizimiga,
pedagogika faniga, yosh avlodda mustaqillik va faollikni, ishbilarmonlik
va tadbirkorlikni shakllantirishga jiddiy e’tibor berilmoqda.
Ta’lim – jarayon bo’lib, u natija va tizimdir. Ta’lim jarayon sifatida
bilimlar, ko`nikma va malakalarning ma`lum yig`indisini
faoliyat va
munosabatlarning tegishli tajribasini o`zlashtirishga qaratilgan maxsus
ishlarning tashkil qilinishidir. Ta’lim tizim sifatida davlat muassasalari va
boshqarish organlarining majmuasi bo`lib, ular doirasida insonni
tarbiyalash jarayoni amalga oshiriladi. Shu tariqa, ta’lim doimo bir yo`la
tarbiyalash
jarayonini ham, o`qitish jarayonini ham ifodalaydi. [1]
Jadidchilik harakatining asoschisi va yetuk namoyondalaridan biri
Abdulla Avloniy:
“Tarbiya bizlar uchun yo hayot – yo mamot, yo najot – yo halokat, yo
saodat – yo falokat masalasidir!” , - deydi har bir avlodni tarbiya va
ma’rifat yo`liga yetaklovchi mashhur o`gitlarining birida. [2]
“Tarbiya qancha mukammal bo`lsa, xalq shuncha baxtli yashaydi”, -
deydi donishmandlar. Tarbiya mukammal bo`lishi uchun esa bu masalada
bo`shliq paydo bo`lishiga mutlaqo yo`l qo`yib bo`lmaydi. [3]
Ta’lim faqat so`z va o`rganish bilan bo`ladi. Tarbiya esa amaliy ish,
tajriba bilan bo`ladi.
Har doim tarbiya haqida so`z ketganda
dadam aytgan bir hikoya
yodimga tushadi:
Bir maktab o`quvchisi maktab devoriga yomon so`zlarni yozgan. Ana
o`sha o`quvchining tarbiyasi yuzasidan uning otasini maktab ma’muriyati
chaqirtirgan va o`g`lining qilmishini aytganlar. O`quvchining otasi
bosiqlik bilan maktab ma’muriyatidan o`g`lini chqirib berishlarini
so`raydi. O`g`li kelgach, undan bu ishni chindan ham u qilgan yoki
284
qilmaganligini so`raydi. “Ha” degan javobni olgach o`g`lining qulog`iga:
“Agar mening obro`yimni ko`tarish qo`lingdan kelmasa,
sendan iltimos,
obro`yimni to`kadigan ish ham qilma!”, - deya pichirlaydi. So`ng
bo`yoqchilarni chaqirib maktab devoridagi yozuvlarni o`chirtiradi va
maktab ma’muriyatidan uzur so`rab, u yerni tark etadi. Otasining so’zlari
qattiq ta’sir qilgan maktab o`quvchisi yosh oqqan ko’zlarini kaftlari bilan
yashirib, ustozlaridan uzur so`raydi va boshqa bunday qilmaslikka va’da
beradi. Farzandining kamolotini o`ylaydigan va uning tarbiyasini komil
bo`lishini xoxlaydigan otaning aybdor bo`lgan farzandiga qilgan
muomalasi taqsinga sazavordir. Jigarbandining aybini go`zal tarzda
uqtirib, uni to`g`ri yo`lga boshlagani sababli, ana o`sha o`quvchi maktabni
a’lo baholarga tamomladi.
Komil insonni kamol toptirish yo`lida ta’lim bilan birga tarbiyani
ham shakllantirmoqlik hozirgi kunning ustuvor yo`nalishlaridan biridir.
Bir insonning komil shaxs sifatida ulg`aymog`i uchun avvalo ota – ona,
so`ng har bir pedagog o`z mas’uliyatini his qilgan holda harakat qilmog`i
darkor!
Shaxsning ma’nan shakllanishida tarbiya eng muhim o`rinni egallaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: