Tadqiqot natijasida, agar raqamlarni topish davomiyligi 150 sekunddan kam bo'lsa, unda
reaktsiya o'rta darajadan yuqori, agar 150 sekunddan ortiq bo'lsa, bu yomon natija
Xulosa:
Reaksiya vaqti xaydovchining muhim ko'rsatkichidir, shuning uchun tizimli
mashg'ulotlar orqali vaqt oralig’ini imkon qadar kamaytirish kerak.
3.Amaliy mashg’lot yuzasidan xisobot tayyorlash
Amaliy mashg’ulot savollari
1.
Haydovchi reaktsiyasi nimah
2.
Oddiy sensomotor reaktsiya.
3.
Murakkab sensomotor reaktsiya.
4.
Reaktsiya vaqtini aniqlash yo’llari
AMALIY MASHG’ULOT
MAVZU: Haydovchining diqqatini Shulte Platonov usuli bilan aniqlash
Maqsad:
Diqqatni aniqlash usullari bilan tanishish
Amaliy mashg‘ulot rejasi:
1. Diqqatni aniqlash usullari bilan umumiy tanishish
2. Diqqatni Shulte-Platonova qizil-qora jadvali yordamida o’rganish
Qo’llaniladigan jihozlar: Shulte-Platonova qizil-qora jadvali, kompyuter, protokollar
uchun shakllar.
Nazariy qism
Diqqat inson ongining biror narsa yoki xodisaga jamlanishidir. Haydovchining diqqati
pasayishi sababli ko’pincha yo’l transport xodisalari sodir etilmoqda. Diqqatni blankalar,
maxsus asboblar yoki коmpyuterda tadqiq qilish mumkin. Diqqatni tekshirish bilan
xaydovchining avtomobilni boshqarishga xavfli psixofiziologik xolatini aniqlash va uni oldini
olish imkoniyatini beradi.
Ixtiyoriy (passiv) diqqat odamning ongli niyatisiz paydo bo'ladi va undan hech qanday
xarakat talab etmaydi. Ixtiyorsiz diqqatni kuchli tovushlar, chaqnagan yorug'lik yoki ularning
to'satdan to'xtashi jalb qiladi.
Ixtiyoriy (faol, irodaviy) diqqat - bu ongli ravishda tartibga solinadigan oldindan
belgilangan maqsadga qaratilgan ob'ektga kontsentratsiya. Haydovchining ishida ixtiyoriy
e'tibor katta rol o'ynaydi. Diqqatning ma'lum xususiyatlari haydovchining muvaffaqiyatli
ishlashi uchun muhimdir.
Diqqat hajmi - bu juda qisqa vaqt ichida diqqatni jalb qiladigan narsalar soni.
Diqqatning taqsimlanishi bir vaqtning o'zida ikki yoki undan ortiq harakatlarni bajarish,
ularning muvaffaqiyatli natijalariga erishish qobiliyati bilan ifodalanadi.
Diqqatning barqarorligi uning ob'ektga kontsentratsiyasi davomiyligida namoyon bo'ladi.
Haydovchinining kuzatuvchanligi - bu yo'l sharoitining asoratini o'z vaqtida aniqlash.
Kuzatuvchanlikning asosi –diqqat xajmini, taqsimlanishini va bo’linishini to'g'ri harakatlar
ketma-ketligi bilan olib borishdir. Haydovchi faoliyatida diqqatni tashkil etish muhim
ahamiyatga ega. U, avtomobilni boshqarishda e'tiborga olinishi muxim bo'lgan obektlar haqida
yaxshi ma'lumot beradi.
Diqqatni o'rganish haydovchilarning xolatini aniqlashga, yo'l harakati xavfsizligiga
tahdid soluvchi diqqatdagi nuqsonlarni aniqlashga va oldini olish choralarini ko’rishga yordam
beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: