7-Maruza. Neft quduqlarini ozlashtirish usullari.
Reja
1.
Quduqni o’zlashtirish va suyuqlik oqimini hosil qilish usullari
Oqim hosil qilish va qatlamning ma’lum hududi imkoniyatlariga mos
mahsuldorligini taminlashga bog‘liq texnologik jarayonlar majmuasi quduqni
o‘zlashtirish deb ataladi. Quduq qatlamni burg‘ilab o‘tgandan keyin,
mustahkamlovchi quvurlar tizmasini teshish ishlari ikkilamchi ochish ham deyiladi.
O‘zlashtirish maqsadi hosil qilingan perforasiya kanalchalarining tabiiy
o‘tkazuvchanligini saqlab, quduqning potensial imkoniyati bilan ishlashini
ta’minlashdan iborat. Oqim chaqirish va quduqni o‘zlashtirishga bog‘liq barcha
jarayonlar quduq tubida bosimlar farqini hosil qilish bilan, yani quduq tubi
bosimining qatlam bosimidan kichik bo‘lishini ta’minlab amalga oshiriladi.
Mustahkam kollektorlarda bu depressiya katta va unga tez erishilsa, yemiriluvchan
kollektorlarda kichik va bunga sekin erishiladi. Boshlang‘ich qatlam bosimi yuqori
bo‘lgan, favvoralanish kutilayotgan quduqlarni va kichik bosimli (ishlanayotgan
maydonda) ochiq favvoralanish xavfi yo‘q, mexanizasiyalashgan usulda ishlatilishi
kutilayotgan quduqlarni o‘zlashtirish usullari farq qiladi. Neft qazib olish
amaliyotida qatlamni ochish va o‘zlashtirish texnologiyasini buzib qo‘yish orqali
uzoq yongan boshqarib bo‘lmaydigan ochiq favvoralanish ko‘p kuzatilgan. Bunday
holat quduqning ishdan chiqarish bilan birgalikda konning qazib olinadigan
zaxirasini tugab qolishiga ham olib keladi. Oqim chaqirishning oltita asosiy
usullarga bo‘lish mumkin: Tartaniya, porshenlash, quduq suyuqligini yengilroq
suyuqlikka almashtirish, kompressor usuli, gazsuyuqlik aralashmasini haydash,
suyuqlikni chuqurlik nasosi bilan chiqarib tashlash. O‘zlashtirishdan oldin quduq
ustiga tavsiya qilinayotgan ishlatish usuliga qarab, quduq usti armaturasi yoki uning
qismlari o‘rnatiladi. Har qanday holatda mustahkamlovchi quvurlar tizmasi flansiga,
kerak bo‘lganda quduq stvolini yopish uchun, yuqori bosimli zadvijka o‘rnatiladi.
Tartaniya usuli– ingichka (16 mm) kanat yordamida tushirilgan jelonka bilan
quduqdan suyuqlikni lebedka orqali chiqarib olinadi. Jelonka pastki qismida shtokka
tayanib ochiladigan, shtokli klapan bilan jixozlangan, uzunligi sakkiz metr bo‘lgan
52 quvurdan tayyorlanadi. Jelonka yuqori qismida kanatni biriktirish uchun tutqich
ko‘zda tutiladi. Jelonka diametri mustahkamlovchi quvur diametrining 0,7 dan katta
bo‘lmasligi kerak. Jelonka bir marta tushib chiqqanda 0,06 m3 gacha suyuqlikni olib
chiqadi. Tartaniya usuli ish samarasi past, ko‘p mehnat talab qiladigan usul
hisoblanadi. Favvoralanish hosil bo‘lsa kanat va jelonkani chiqarib olmasdan turib
usti zadvijkani yopishning iloji yo‘q. Gilli eritmani chiqarish va quduqdagi suyuqlik
sathini nazorat qilish kabi yaxshi tomonlari ega. G‘armiston maydonidagi mahsuldor
qatlam 3440–3500 m gacha bo‘lgan oraliqdagi mahsuldor qatlam ochiladi.
Mahsuldor qatlamini ochganimizdan keyin diametri 140 mm bo‘lgan ishlatish
tizmasini tushiramiz va uni sementlaymiz. Sementlaganimizdan so‘ng perforatsiya
ishlarini olib boramiz. Oqim chaqirishdan oldin mahsuldor qatlamdan suyuqlikni
quduqqa sizib kirishini yaxshilash uchun kislotali vanna o‘tladi. Kislotali vanna
o‘tkazishdan maqsad qatlam g‘ovakliklarida kanallarni ochish va quduqqa kirib
kelishiga sharoit yaratish. G‘armiston maydonida mahsuldor qatlamining bosimi
365–370 atm., bundan kelib chiqadiki bizda quduqda gidrostatik bosimni
pasaytirishimizga to‘g‘ri keladi. Shuning uchun suvdan yengilroq suyuqlik bilan
quduq tubi bosimi pasaytiriladi, unda sulfanol reagenti orqali suyuqlik zichligi 1
g/sm2– pastga tushiriladi. Ayrim holda vazni yengil bo‘lgan AZOT gazi orqali
aerozatsiya ishlari ham olib boriladi. G‘armiston neft koni neftga boy bo‘lib,
aerozatsiya ishlari tugatilganda, sutkada 100 tn debit bilan neft olina boshlandi.
Porshenlash. Porshenlashda (svablashda) porshen yoki svab NKQ ga kanatda
tushiriladi. Porshen pastki qismida yuqoriga ochiluvchi klapani mavjud kichik
diametrli (25–37 mm) quvurdan tayyorlanadi. Quvurning tashqi yuzasi elastik
rezinali manjet (3–4 dona) bilan jixozlangan bo‘ladi. Porshenni suyuqlikka
tushirishda klapan orqali suyuqlik porshn ustki qismiga chiqadi. Porshen tepaga
harakatlanishida klapan yopiladi, suyuqlik ustuni bosimi ta’sirida manjet NKQ ga
53 zich boradi va suyuqlikni haydaydi. Porshenning bir ko‘tarilishida suyuqlik sathi
ostida botirilgan suyuqlik ustunini yer yuzasiga olib chiqadi. Tushirilish chuqurligi
tortuvchi kanat mustahkamligiga bog‘liq bo‘lib, odatda 75–150 m gacha bo‘ladi.
Porshenlash tartaniyadan 10–15 marta samarali. Porshenlashda ham quduq usti
ochiq bo‘ladi, tasodifiy otqinning oldini olish qiyin bo‘ladi.
Maxsuldor qatlamdan quduq tomon suyuqlik oqimini hosil kilish usullari,
shu qatlamning tavsifi, uni ochilish usuli va qatlam bosimidan kelib chiqib tanlanadi.
Oqim hosil kilish uchun quduq tubi bosimini tushirish quyidagi usullar orqali amlga
oshiriladi.
1)
Quduqdagi loyli eritmani suv bilan almashtirish.
2)
Quduqdagi suvni neft bilan almashtirish.
3)
Quduqdagi suyuqlik satxini porshenlash usulida pasaytirish.
4)
Quduqdagi suyuqlik satxini kompressorlar yordamida sikilgan gaz
orqali kamaytirish.
5)
Suyuqlik ogirligini aerosiya usuli yordamida kamaytirish. Bunda
sikilgan gaz va suyuqlik (neft’dagi suvni) birgalikda haydash orqali.
Loyli eritma suv bilan almashtirish yoki boshqacha qilib aytganda quduqni
yuvish quyidagicha amalga oshiriladi. Quduqda teshish ishlarini o’tkazilgandan
keyin favvora quvuri filьtirgacha tushiriladi. Keyin favvora quvuri va ishlatish
quvurlari tizmasi orasida suv haydaladi. Loyli eritma favvora quvuri orqali chiqib
ketadi. Quduqda loyli eritma to’lik suv bilan almashtirilganda ham oqim hosil
bo’lmasa, unda suv neft’ bilan almashtiriladi. Bu xolda ham oqim olinmasa
porshenlash yoki sikilgan gaz suyuqlik satxi pasaytiriladi.
Porshenlash usulida fil'tirgacha tushirilgan ko’taruvchi quvurga yuqoriga
oluvchi klapn bilan jixozlangan porshen po’lat kanatlar yordamida tushiriladi.
Kachon porshen pastga xarakat kilganda klapn ochilib suyuqlik yuqoriga
xarakatlanadi. Porshen yuqoriga xarakatlanganda suyuqlikni favvora quvuridan
yuqoriga xaydaydi va suyuqlik satxini kamaytiradi va shu tarzda oqimni hosil
kilishga yordam beradi. Bu usulni kamchiligi ochiq quduqda ish olib borilishidadir,
chunki ochiq quduqda favvoralanish ko’p kuzatiladi.
Quduqda oqimni hosil kilish uchun porshenlash usulida NKT tushiriladi.
Quduqka porshen diametri 16 mm yoki 19 mm bo’lgan po’lat kanat yordamida
tushiriladi. Porshen suyuqlik satxidan 75-150 m cho’qurlikkacha tushiriladi.
6-rasm.Porshenь: 1-quvursimonsterjin; 2-mufta; 3-varonka; 4-rezinali
manjet; 5-pastki nippelь.
Gazlashgan suyuqlik haydab quduqni o‘zlashtirish. Gazlashgan suyuqlikni
haydash yordamida o‘zlashtirishda, quvur orti qismiga gaz yoki havo
haydash o‘rniga gazsuyuqlik aralashmasi haydaladi. Bunday aralashmaning zichligi
haydalayotgan gaz va suyuqlikning miqdoriga bog‘liq bo‘ladi. Chuqur quduqni gaz
haydab o‘zlashtirishda kichik bosim hosil qilnib o‘zlashtirish qiyin bo‘lgan holatda
yaxshi natija beradi.
Qatlamdagi mustahkam jinslar sharoitida (qumoqtoshlar, ohaktoshlar)
g‘ovaklik muhitini kalmatatsiya materiallaridan jadal tozalashga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |