98
13-amaliy mashg’ulot. Internet xizmatlaridan maqsadli foydalanish
.
Ishdan maqsad:
Milliy tarmoq xizmatlaridan foydalanishni o‘rganish,
internetda WWW xizmati, elektron pochta, FTP fayllar almashish protokoli,
internetda milliy qidiruv tizimlaridan foydalanishni o‘rganish. Internet xizmatlaridan
maqsadli foydalanishni o’rganish
I uslubiy ko’rsatmalar
Internet tarmog‘i resurslari – bu internetning ajoyib imkoniyatlaridan biridir. WWW
(World Wide Web) HTTP bayonnomasida amerikalik
dasturchi Tim Berners-Li tomonidan 1990 yilda
yaratildi. Veb saytlar elektron hujjatlarni va fayllarni
o‘z ichiga oladi. Internetning resurslaridan foydalanish
uchun biror brauzer dasturiga kiring va manzil
maydoniga resurs nomini yozing. Masalan Ziyonet.uz
yozuvini kiriting
Sahifa,
fayl yoki boshqa resursning Internetda joylashishini
aniqlovchi manzil – URL deb ataladi. Internetdagi manzil odatda quyidagi
elementlardan tarkib topadi: resursdan foydalanish protokoli (masalan, http://, ftp://)
va domen nomi (masalan, domain.uz). Internetdagi manzil, Shuningdek, URL-manzil
deb ham ataladi.
O‘ng tomondan manzilning birinchi qismi (namunada uz) domenning birinchi
sathi deb qabul qilinadi, keyingisi (namunada tuit) – domenning ikkinchi sathi va
hokazo. Internetda manzillar ko‘p qavatli domen tizimida qurilgan. Birinchi sath
domenlar umumjahon mavzular yoki geografik joylar bo‘yicha nomlanadi.
Saytlar
nomlari
quyidagicha
umumiy
ko‘rinishda
ifodalanadi:
http://www. sayt nomi. sayt sohasi. davlat kodi.
Internet tarmog‘i xizmatlari:
WWW (World Wide Web) - internet tarmog‘idagi veb
sahifalarni o‘qish xizmati. Bu xizmat eng asosiy xizmat turi bo‘lib hisoblanadi. Bu
xizmat turi Brauzer dasturlari yordamida internet sahifalarini ko‘rishimizni ta’minlab
beradi.
Elektron pochta (E-mail) xizmati bu Internetning qulay sohalaridan biri
hisoblanadi. Elektron pochta kompyuterlarda o‘zaro ma’lumotlar ayirboshlash
maqsadida kompyuter tarmog‘iga birlashtirishdir. Elektron pochta orqali xat jo‘natish
oddiy pochta orqali jo‘natishdan arzon, ham tez amalga oshiriladi (bir necha
daqiqalarda). Internetning bu xizmat turidan foydalanishni siz keyingi amaliy
mashg‘ulotlarda o‘rganasiz.
FTP (File transfer Protocol) fayllar almashish protokoli xizmati. FTP fayl
almashish protokoli internet standarti bo‘lib, internetda boshqa kompyuterlar bilan
fayl ma’lumotlarini jo‘natish va yuklashga ruxsat beradi. Ma’lumotlarni jo‘natish
yuklashning aksidir: ma’lumotlarni jo‘natish internetda kompyuteringizdan serverga
hujjatlar, grafiklar va boshqa predmetlarni o‘tkazish jarayonidir. Web sahifa
Do'stlaringiz bilan baham: |